Sulfidli mis boyitmasini yallig‘ pechda eritishning amaliyoti
Yallig‘ pechda yuqori haroratda eriydigan shixta moddalari qo‘llaniladi. Shuning uchun jarayonga nisbatan katta yoqilg‘i sarflanadi. Qattiq, suyuq (mazut) va tabiiy gaz ishlatilishi mumkin. Yallig‘ pechning asosiy yoqilg‘isi – tabiiy gazdir.
Yallig‘ pechga shaxta yuklash
Zamonaviy pechlarda shixta dastgohning ikki yonidan joylashgan maxsus teshiklar orqali yuklanadi. Devorning yonida joylashgan shixta uni yuqori harorat va eritma ta’siridan saqlaydi. Bunday tartibda changning ajralib chiqishi shixtaga nisbatan 1,09 % dan oshmaydi. Agarda shixta tarkibida 14,4 % mis bo‘lsa, chang tarkibida faqat 8,1 % bo‘ladi. Shixta pechning yonbog‘ida joylashadi. Yonbog‘ning burchagi 45–60 ° bo‘lsa normal hisoblanadi. Pechga shixtani yuklash tezligi va takrorlanishi uni ishlab chiqarish unumdorligiga bog‘liqdir. Bunday sutkada 1500–2000 t shixta qayta ishlaydigan pechlarda, bir yuklanganda 200–250 t shixta yuklanadi. Qoidadagiday, zavodda 6 soatda smenada 2–3 marta shixta yuklanadi. Shixtaning uzluksiz yuklanishi pechning yaxshiroq ishlashiga olib keladi. Ammo bunda teshiklardan texnologik gazlar va issiqlikning chiqib ketishi pechning issiqlik tarkibini o‘zgartiradi va ishlab chiqarish unumdorligi pasayadi. Masalan, Olmaliq zavodida bir smenada 3 marta o‘rishga 4 marta yuklash ishlab chiqarish unumdorligini 10 % ga pasaytiradi.
Konverter shlakini pechga, agregatning bosh tomonida joylashgan maxsus oynadan (jelob) tarnov yordamida quyiladi. Shlak kichkina oqim bilan quyiladi, chunki katta oqimda quyilishi yallig‘-qaytaruvchi pechda ketishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |