Olmosova sevinch abdusalimovna



Yüklə 17,22 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü17,22 Kb.
#204015
TELEVEDINIYA



TELEVEDINIYA -KO’NGILOCHAR SANOAT SIFATIDA


OLMOSOVA SEVINCH ABDUSALIMOVNA
navoiy innovatsiyalar universiteti,Milliy boshlang'ich talim
yo'nalishi 1-guruh talabasi


Anotatsiya: Ushbu maqolada Televidiniyaning mazmun -mohiyati ,uning yaratilish tarixi va etimologiyasi haqida malumotlar beriladi.Televidiniyaning jahon hamjamiyati va mamlakatimizda tutgan o'rni yoritiladi.
Kalit so’zlar: Axborot/Televidiniya,jamiyat/ijtimoiy/televizion/xalqaro/kadr/ televi
zor,elektrotexnika,muhandislik,axborotlashuv.
Televediniya hozirgi kunda insonlarning ijtimoiy,siyosiy,iqtisodiy va madaniy-manaviy hayotida muhim o'rin eggallagan axborot vositasidir.Inson mavjud ekan unda o'zini qiziqtirgan atrof-olam undagi voqea -hodisalar,jarayonlar va narsalar haqidagi malumot va axborotlarni bilishga bo'lgan qiziqish va ehtiyoj har doim ham mavjud bo'lgan.Hozirgi kunda insonlarning axboriy extiyojini qondiradigan vositalarniga eng kattasi bu Ommaviy axborot vositalari,OAV o'z tarkibi insonlarni turli axborotlar bilan ta'minlaydigan ko'plab tarmoqlarni qamrab olgan.Bular Televidiniya ,radio,gazeta, junallar,internet tarmoqlari ,tur xil ko'rinishdagi ijtimoiy tarmoqlar shular jumlasidandir.Shulardan Televediniya OAV tizimida eng kenjasi hisoblanadi.Insonda mavjud bo'lgan moddiy va ma'naviy ehtiyojlarni qondirishda televediniyaning ahamiyati kattadir.Televidiniyaning inson ma'naviy dunyosini shakllantirishda va tarbiyalashdagi o'rni beqiyosdir.Har bir davlat televidiniyasining maqsad va vazifalari shu davlat milliy va ma'naviy manfaatlaridan kelib chiqib belgilanadi.Endi esa Televidiniya nima? Uning funksiyalari qanday?kabi savollarga to'xtaladigan bo'lsak.Dastlab Televediniya so'zining leksikasiga ya'ni ma'no ,mazmuniga to'xtaladigan bo'lsak, televediniya o'zi "Televizion"so'zidan olingan bo'lib g'arb manbalarida qayd etilishicha yunonchadan olingan so'z bo'lib ,"tele" uzoq va lotincha "visio"ko'rish degan manolarni anglatadigan, tasvir va tovushlarni uzoq masofaga uzatib beruvchi vositadir."Televizion" atamasi birinchi marta 1900-yilda fransuz tilida Parijdagi Butun jahon ko'rgazmasi doirasida o'tkazilgan 6-Xalqaro elektrotexnika kongressida rus olimi Konstantin Perskiy tomonidan qo'llangan.Televidiniya so'zi hali u paytda qo'llanilmagan,faqat SSSRda bo'lgan va 1930-yillarning o'rtalariga kelib kengroq atamalar bn qo'llanila boshlagan.Tabiiyki , sizni televediniyaning qanday funksiyalari mavjudligi qiziqtirsa kerak , bu albatta tabiiy holdir.
Uning eng asosiy bajaradigan vazifasi harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir.Televediniyaning ishlash prinsipi tasvir kadrlarlarini satrlarga bo'lib uzatishga asoslangan.Kadrlar almashinish chastotasi tasvir o'zgarish tezligiga qarab tanlanadi.Televediniya fan, texnika va madaniyatning ko'rinadigan axborotlar, harakatlanuvchi tasvirlarni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish


bilan bog'liq sohasi bo'lib, axborotlarni tarqatish vositalaridan biridir. Televediniya murakkab texnikaviy jarayon bo'lib , uning manbalarini uzoq o'tmishdan izlaymiz. Ishonch bilan ayta olamizki televidiniya taraqqiyoti uchun son-sanoqsiz insonlar o'z hissalarini qo'shishgan.19-asr o'rtalari va butun boshli 20-asr mobaynida ko'plab olim va muhandislar bu vosita ustida bosh qotirdilar va insoniyat hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan televediniyani ixtiro qilishdi.Tasvirni bir manzildan boshqa manzilga uzatish ishlari 19-asr o'rtalaridan boshlangan bo'lsada , lekin televidiniya ustidagi muhim kashfiyotlardan biri o'tgan asrning 20-yillari oxiriga kelib bizning o'lkamizda yuz berdi.
1928-yilga kelib Toshkentdagi Eski shaharda yashovchi rus olimlari Boris Grabovskiy va Ivan Belyanskiylar tarafidan Toshkent tramvay trestida tivush va tasvirni uzoq masofaga uzatishga asoslangan qurilmani ixtiro qilishga muaffaq bo'lishdi.Va yana shuni aytib o'tishim joizki,televidiniya bilan uzviy bog'liq bo'lgan yana biri vosita bu "televizor",bu qurilma telestudiyalardan uzatilgan teleeshittirlarning signallarini qabul qilishni kuchaytirish hamda tasvir va tovushga aylantirishga mo'jallangan qurilmadir. Birinchi televizorlar 1938-yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan , dastlab ular oq-qora tasvirda lampali bo'lgan , keyinchalik esa rangli statsionar va ko'chma xillari yaratilgan.
Hozirgi kunga kelib ,O'zbekistonda televizion dasturlar efirga uzatila boshlaganiga ham 60 yildan oshdi.Televediniya shu davr mobaynida labarator tekshiruvdan tortib telekommunikatsion indusyriyagacha bo'lgan uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tdi.O'zbekistonda birinchi telestudiya 1956-yilda "Toshkent telestudiyasi " tashkil etildi. Bu telestudiya o'z ko'rsatuvlarini 180m balandlikdagi Toshkent televizion minorasidan uzata boshladi.1957-yildan boshlab esa o'z teledasturlarini muntazam ravishda 2-2,5 soat mobaynida efirga uzata boshladi.O'zbek televidiniyasida telekanallar quyidagi uch guruhga bo'linadi.Bular:

  1. Milliy teleradio kanallar(MTRK) televizion kanallar

  2. Hududiy televizion kanallar

  3. Nodavlat televizion kanallarga bo'linadi. Dastlab telekanallar davlat tassarufida tashkil etilgan , bular "O'zbekiston" , "Yoshlar" , "Sport", "Bolajon", "Dunyo bo'ylab","Navo", "Madaniyat va ma'rifat", "O'zbekiston 24", "O'zbekiston tarixi ","Kinoteatr" kabi telekanallar shular jumlasidandir. Televidiniya sanoati rivojlangach ko'plab nodavlat, xususiy telekanallar vajudga kela boshladi , masalan "Zo'r TV", "Milliy TV" , ""MY5", "Sevimli TV", "Caravan TV", "FTV", "TTV", "8TV", "S-Iqbol TV", "Futbol TV" kabilardir. Bunday telekanallarning ayrimlari ba'zi bir sabablarga ko'ra o'z faoliyatini to'xtatgan. Telekanallardagi dasturlarning ko'pchiligi dastlab yangiliklarni namoyish etishdan iborat bo'lgan.

Shuningdek hozirgi zamonaviy televidiniyada keng tarqalgan janrlar bu quyidagilar: reportaj, teleocherk, portret , suhbat, intervyu, o'yinlar, tanlovlar, shoular va kliplar ham bugungi kunda tomoshabinlarni o'ziga rom qilib rivojlanib kelmoqda. Bu janrlarning ko'pchiligi ko'ngilochar dasturlarning asosi hisoblanadi. Hozir ham guvohi bo'lyapmizki , qaysi telekanalni tomosha qilmaylik unda allbatta ko'ngilochar shou dasturlar mavjud




bo'ladi. Bunday ko'ngilochar dasturlarni namoyish etishdan maqsad ham zamon talabi , tomoshabinlar talabidan kelib chiqib efirga uzatiladi.Ko'ngilochar dasturlar o'zining kreativligi , tomoshabinni o'ziga rom qilish jihatlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda o'zbek telekanallarida efirga uzatilayotgan "Aldama meni", "Xafa bo'lish yo'q", "Issiq non", "Ertalabdan salom", "Omon omon", "Kelin , kuyov" shousi, "Baxtlimiz", "Xit Parad" kabi ko'ngilochar dasturlar mavjud.
Xulosa o'rnida shuni aytamizki televidiniya bu kichik ekran sa'nati va yirik plan sa'natidir. Televediniya eng ommaviy tasviriy axborot vositasidir. Har kuni yer yuzi bo'ylab millionlab ,milliardlab insonlar tomosha qilishadi. Axborot ta'sirchanligi bo'yicha hech bir ommaviy axborot vositasi televidiniyaga teng kela olmaydi. Zero taraqqiyot bir joyda to'xtab turmaydi. Har bir OAVning auditoriya o'ziga xos psixologik ta'sir etish kuchi mavjud. Ular orasida eng samaralisi televediniya bo'lib , u tomoshabinga uch yo'l bilan axborot yetkazadi: ta'sir , ovoz va mantiq . Shuning uchun televediniya ommaviy tarqalganidan keyin besh o'n yil ichida , besh yuz yillik tarixga ega bo'lgan matbuotdan o'zib ketdi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:


  1. Flyura Umrzoqova "Yevropa teledasturlari va televediniyasi rivojlanish tendensiyalari" maqola .2022."Science and Education"jurnali

  2. Mamataliyeva Shohista "Jamiyat taraqqiyotida radio va televidiniyaning tutgan o'rni" o'quv uslubiy qo'llanma. 2017. Namangan.

  3. M.Shohista "O'zbekiston televidiniyasi tarixini ilmiy o'rganish asoslari" maqola. 2022. Berlin.


Yüklə 17,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin