Oltin pul sifatida


III. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va



Yüklə 75,05 Kb.
səhifə4/12
tarix05.12.2023
ölçüsü75,05 Kb.
#173976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oltin pul sifatida-fayllar.org (1)

III. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va 
mexanizmlari (inflyatsion targetlash rejimiga 
o‘tishning ahamiyati) 
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini
amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‘lishini hamda
maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va
mexanizmlarni talab etadi.
Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi 



Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng


qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta
kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.
Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy
banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar
asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi.
Monetar targetlash rejimi 
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini
ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari
o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.
Ushbu strategiyaning samarali qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul
agregatlari o‘rtasidagi mustahkam doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi.
Bunda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini
maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.
Monetar targetlash rejimi 1970-chi va 1980-chi yillarda AQSh, Kanada, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Shveytsariya va boshqa rivojlangan davlatlarda faol
qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi yillarda moliya bozorlarining rivojlanishi va yangi
moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy etilishi hisobiga pulga nisbatan
talabning nobarqaror darajada bo‘lishi mazkur usul samaradorligining
pasayishiga olib keldi.
Natijada markaziy banklar pul massasidagi o‘zgarishlarga samaralari ta’sir
ko‘rsatish va inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati
cheklanishi kuzatildi.
Pul agregatlari va inflyatsiya darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikning kuchsizlanishi
tufayli ko‘pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash
amaliyotidan voz kechilib, inflyatsion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab
bo‘ldi.
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari kuzatilgan
rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning
dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda
inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.



1994 yildan boshlab


1
O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul
massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini
ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi
operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.
Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy
valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich
devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar
tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.
Bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga yo‘naltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi
shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bir
tomondan oltin-valyuta zahiralarini oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi
tomondan so‘mning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish
maqsadi ko‘zlangan. O‘z navbatida, mazkur almashuv kursi to‘lov balansi
holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni o‘zida aks ettirmagan.
Bunday siyosat, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga
keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan
tashqari, pul-kredit instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar
targetlashni samarali qo‘llashda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli
davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash
hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.
O‘z navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida
mablag‘lar yig‘ilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi hisobraqamlarida mablag‘larning jamlanib borilishi pul massasi o‘sishini
maqbullashtiruv chi omillardan bo‘lgan.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan
mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan
ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish
maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos
ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.
O‘z navbatida, Markaziy bank asosiy e’tiborni prognozlash va tahliliy bazani
mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning ta’sir
kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini
oshirish kabi vazifalarga qaratadi.
Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan sa’y-harakatlarni
birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati sohasining
barcha jihatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab etadi.



Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning


asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda sifat jihatdan yangi
bosqichga o‘tilishini anglatadi.
Ushbu Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya
vazirligi bilan kelishilgan.
1
O‘zbekiston sharoitida mustaqil pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyati 1994
yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
2
Mayexl N., Monetar siyosatni qo‘llash: Rivojlanayotgan monetar rejimlarga
ega mamlakatlardagi operatsion masalalar (XVF).

Yüklə 75,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin