O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgach, oradan 3 yil o‘tib muomalaga
kiritilgan va ayni paytgacha o‘zgarmay kelayotgan milliy valyuta — so‘m
respublikaning barcha hududida yagona to‘lov vositasi sifatida amal qilib
kelmoqda. So‘mning dunyoga kelish tarixi barchaga qiziqligini
inobatga olib, u
haqidagi 8ta faktni e'tiboringizga havola etamiz.
1. Qirqib olinadigan bir martalik kupon
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yil 31 avgustda mustaqillikka erishgani e'lon
qilingach, mamlakatda sovet rubli pul birligi sifatida muomalada qolavergan
edi. 1992 yilning yanvaridan iste'mol bozorini himoyalash va mahsulotlarni
faqat O‘zbekiston fuqarolariga sotish uchun bir martalik kuponlar bosib
chiqarilgan. 1993 yilning 15 noyabrida so‘m-kupon chiqarilganidan so‘ng 1
hafta o‘tib — 22 noyabrgacha gazeta qog‘ozida chop etilgan va
tashkilotining
muhri uriladigan kartochkasi qirqib olinuvchi bir martalik kuponlar amal
qilgan.
Oziq-ovqat do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalarida kuponlarning naqd
pulda to‘lanishi kerak bo‘lgan hisobga yarasha qismi qaychida qirqib olingan.
Bunday kuponlar 10+25=35, 50, 100, 150, 200, 350, 500, 1000, 2000, 3000,
5000 rublga yarasha kartochkalar bilan chop etilgan.
2. So‘m-kupon davri
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi
hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «so‘m-kuponlar»ni
muomalaga kiritish
to‘g‘risida»gi 1993 yil 12 noyabrdagi №550-sonli qaroriga ko‘ra, ichki bozorni
ortiqcha
rubl massasidan himoyalash, aholiga pul mablag‘larini to‘lashni o‘z
vaqtida ta'minlash maqsadida 1961–1992 yillarda amalda bo‘lgan sovet rubliga
1:1 nisbatda 1993 yil 15 noyabrdan boshlab muomalaga kiritiladi.
1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullarning
barchasining old qismida O‘zbekiston gerbi va pul nominali, orqa qismida esa
Samarqanddagi Registon maydonida joylashgan Sherdor madrasasining
surati
tushirilgan edi. 1, 3, 5, 10, 25 so‘mlik pullar 120 x 61 mm o‘lchamda, 50, 100,
200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘mlik pullar 144 x 69 mm o‘lchamda yasalgan.
So‘m-kupon Angliyadagi «Harrison & Sons Ltd» bosmaxonasida chop etilgan.
So‘m-kuponlar 9,5 oy muomalada bo‘lib, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab
O‘zbekistonning milliy valyutasi — so‘m muomalaga kiritilganidan so‘ng ham,
1994 yilning 1 avgustiga qadar amal qilgan.
Dostları ilə paylaş: