*Ipoteka *Huquqlar garovi Zakalat- garovga qo'yilgan mulk garovga oluvchiga o'tganda vujudga keladi va bnday jarayonda kreditorda qarz qaytarilmaganda uni qoplash uchun berilgan garovga qaratiladi. Bunga misol tariqasida biror mahsulot xarid qilingan uning qiymatiga tegishli mablag' bo'lmagan taqdirda shaxsga tegishli mol-milk zakalatga beriladi. Bu jarayonda uning yozma shaklda tuzilgan talabi buzilgan deb o'lanishi umkin ammo xarid cheklari, tallonlar, bilet va chiptalar uning haqiqiy ekanligini isbotlaydi hamda uning asosi ham fuqarolik kodeksiga belgilangan. Ipoteka-bunda garovga qo'yuvchi o'zining ko'chmas mulkini garov evaziga qo'yilishi inobatga oladi. Buning uchun ko'chmas mulkka egalik qilish huquqi shaxsga tegishi bo'lishi yoki umumiy mulk bo'lsa ulushga ega bo'lganlarning umumiy roziligi talab qilinadi. Qonunchiligimizda garovni almashtirishga ruxsat berilgan va bu shartnomada tegishli shart bo'lmasa garovga oluvchining roziligi talab qilinadi.8 Yuqorida biz garovniing vujudga keishini qonunchiligimizda uh xil asosga ko'ra vujudga kelishini keltirgan va uning farqli jihati shuki musulmon huquqida garov olinganidan boshlab vujudga keladi. Qarzdor quyidagi hollarda guvohlarni keltirishi kerak:
1) murtahinni garov obyektiga shikast yetkazganlikda ayblasa;
2) murtahin: «Garov obyektini sotishga ruxsat bermagan edim», – deb tongan holatda.
Garov quyidagi hollarda tugatiladi:
1) garov qarzdorning o‘z qarzini uzishi yoki murtahin qarzdorning qarzidan kechib yuborishi bilan;
2) tomonlardan birining vafoti tufayli. Garovga beruvchi vafot etsa, uning vorislari merosdan qarzni to‘lab, garov predmetini qaytarib olishlari shart. Garovga oluvchi vafot etganda, garov moli meros moliga qo‘shib yuborilmay, balki qozi orqali hal qilinadi.
Dastlab, omonatga to'xtaladigan bo'lsak, bu dinimizda o'zaro ishonch timsolidir. Buning uchun Qur'oni Karimning ayrim moddalari va ikkinchi manba hisoblanuvchi payg;ambarimizning hadislarida asoslar berilgan. Ma'lumot o'rnida shuni kiritish lozimki, molikiylik mazhabida Qur'oni Karim va Payg'ambarimizning sunnalarini bir manbaga birlashtirib "Nass" deb talqin qilishgan va bu uning ularni alohida manba tarzida koruvchi hanafiylik dinida farq qilinishini ko'rsatadi. Qur'oni karimning "Niso'' surasi 58-oyatiga to'xtalsam, "Alloh sizlarni omonatlarini o‘z egalariga topshirishga va odamlar orasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga eng yaxshi pand-nasihatlar qilur. Albatta, Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchi bo‘lgan zotdir."9 Bu orqali mo'minlar omonatga xiyonat qilmaslikni va hukm chiqarishlikda adolatli bo'lish kerakligini majbur qilgan va Allohning o'zi barcha holatdan xabardordir. Abu Hurayra roziyalluhu anhudan hadis "«Sizga omonat topshirgan kishining omonatini to‘kis ado eting, sizga xiyonat qilganga (omonatni ado etish chog‘ida) xiyonat etmang". Bu fuqarolik huquqiy institutni ham tahlil qiladigan bo'lasak, Fuqarolik kodeksining 51-bob 875-913-moddalarni o'z ichiga oladi. bunda dastlab omonat saqlash uchun umumiy qoidalar, omonat saqlashni alohida turlari hamda bankda omonat saqlashga oid normalar belgilangan. Omonat saqlash omonat topshiruvchi omonat saqlovchiga topshirgan vaqtda vujudga keladi. Qonunchilikka binoan omonat shartnoma asosida topshirilgan bo'lib, u yozma shaklda tuzilishi majbur bo'lgan. Islom dinida barcha iymon keltirganlar Qur'oni Karimdagi barcha amallarga bir xilda itoat etganligi sabab ishonch ustun hisoblangan. Shuning uchun ko'plab mulk bilan aloqador jarayonlar o'zaro ishonch ustiga qurilgan. Milliy qonunchiligimizda shartnomani o'g'zaki tuzishga sabab bo'luvci yagon holat berilgan bo'lib, agar omonat favqulotda holatda topshiralayotgan bo'lsa misol uchun suv toshqini yoki yong'in vaqtida binoda buyyumlarni topshirish kabi holatlarda og'zaki tuzishga ruxsat beriladi.
Islom dinida omonatning bir necha shartlari mavjud va bular omonat topshirilishidan olding munosabat ishtirokchilariga takrorlanib o'rgatilgan;
1) eng avvalo, omonatda har ikkala tomonning roziligi, loaqal bitta guvohning bo‘lishi, mustavdi’ga omonat predmeti hech bir to‘xtovsiz o‘tishi zarur. Bunday bitimlar asosan fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga asoslangani uchun og‘zaki tarzda tuziladi;
2) mustavdi’ning vadi’a predmetidan foydalanishga haqi yo‘q;
3) vadi’aga qo‘yilgan buyum birinchi talabdayoq mustavdi’ tomonidan qaytarilishi shart;
4) mustavdi’ qo‘lidagi omonat mulk, ashyo to‘g‘risida qayg‘urishi shart. Mazkur ishdagi barcha xarajatlar mulk egasining zimmasida bo‘ladi;
5) omonat predmetiga talofat yetganda, mustavdi’ faqat ikki holatdagina javobgar bo‘ladi: birinchisi – beparvoligi, sovuqqonligi tufayli omonatga zarar yetganda, ikkinchisi – omonat predmetini egasidan beruxsat boshqa odamga berganda yoki o‘zi foydalanib, talofat yetkazib qo‘yganda.
6) muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaxslarga omonat topshirilmaydi;
7) musulmonga ham, zimmiy odamga ham berilishi mumkin bo‘lgan omonat
predmeti mustavdi’ning qo‘liga o‘tishi bilan shartnoma kuchga kiradi.10 Bular orasida berilgan barcha shartlar fuqarolik huquqida normlarga asos sifatida olingan. Masalan omonat saqlaganlik asosida qilingan barcha harajatlarning omonat beruvchida bo'ishi ham kodeks moddasida berilgan bo'lib agar shartnomada boshqacha shartlar begilanmagan bo'lsa omonat beruvchiga yuklatilgan. Fuqarolik kodeksining 885-moddasida omonat saqlanganligi uchun haq to'lanishi ham belgilangan bo'lib bunda ikki xil holatda to'lanadi ya'ni o'rtadagi munsabat tamon bo'lgan keyin esa davrlar miqdorida kelishilgan bo'lsa davr tugagandan keyin to'lanishi majbur bo'lgan.