OMON NURMURODOV
10-sinf ona tili
darsliklari bo‘yicha
ma’lumotnoma
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_N1
(Havola ustiga bosing va kanalimizga obuna bo‘ling)
Ona tili 10-sinf
1. Tildagi grammatikaning mantiqiy teran, tarang va takomil-u sayqal topganini qaysi
g‘arb olimi “xuddi bir guruh mutaxassislar birgalikda ishlab chiqanday” deya ta’riflagan?
Maks Myuller
2. Tilning qaysi bo‘limida tovushlarning tavsifi, ularning xususiyatlari, muayyan
holatlardagi o‘zgarishi, talaffuzi va imlosi, shuningdek, urg‘uni o‘rganadi?
Fonetika
3. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘zlarning ma’nolari, ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlik,
shakldoshlik, zid ma’nolilik, iboralarni o‘rganadi?
Leksikologiya
4. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘z shakllarining tarkibiy tuzilishi, bu shakllarning
o‘ziga xosliklari, so‘z turkumlarini o‘rganadi?
Morfologiya
5. Tilshunoslikning qaysi bo‘limi so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash va gap tuzish
qoidalari, gaplarning xususiyatlarini o‘rganadi?
Sintaksis
6. Tilimizning sofligi haqida qayg‘urish shu millatga mansublikdan, shu muqaddas
timsolga daxldorlikdan iftixor qiladigan har bir kishining burchi. Nafaqat mutaxassis, balki
kasb-u koridan qat’i nazar, yurtning har bir fidoyi farzandi tilga e’tiborni yoddan
chiqarmasligi zarur. Ona tili bu – millatning ruhidir. Mazkur fikr muallifi kim?
Nizomiddin Mahmudov
7. Yer yuzida necha kishi o‘zbek tilida muloqot qiladi?
35 million
8. Mazkur 35 million kishining nechtasi O‘zbekistonda istiqmoat qiladi?
25 million kishi
9. borovuza, ketvomman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos?
Toshkent
10. Qayerdagi shevada shatta, qatta, kabi so‘zlar qo‘llanadi?
Farg‘ona
11. juring, chig‘ing, ata deb so‘zlash qaysi she’vaga xos?
Qipchoq
12. galing, gerak, aytajakman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos?
Xorazm
13. ketopman, aytopman deb so‘zlash qayerning shevasiga xos?
Buxoro
14. Narvon ayrim she’valarda qanday yuritiladi?
Shoti yoki zangi
15. Esda Saqlang!!! Shu tilda so‘zlashuvchi turli kasb egalari, turli ijtimoiy guruh
vakillari nutqida ham ana shunday farqli holatlar kuzatiladi. Ayrim so‘z va so‘z shakl lari
eskirib, nutqdan umuman chiqib ketishi ham mumkin. Shuningdek, so‘zlashuv nutqida ham
ba’zi hududiy o‘ziga xosliklar ko‘zga tashlanadi. Ammo bunday va bu kabi unsurlar yaxlit
o‘zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo‘ladi. O‘zbek milliy tili esa hududiy,
iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy milliy o‘zlik va qadriyatlarning
posboni sifatida o‘zbek millati shakllanishining asosini tashkil etadi. O‘zbek milliy tili,
ayniqsa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘zining tabiiy ifodasini topgan.
16. O‘zbek milliy tili hududiy, iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy mushtaraklik omili, azaliy
milliy o‘zlik va qadriyatlarning posboni sifatida…?
O‘zbek millatining shakllanishi asosini tashkil etadi
17. O‘zbek milliy tili, ayniqsa, nimada o‘zining tabiiy ifodasini topgan?
Xalq og‘zaki ijodida
18. Qanday til rivojlanib, takomillashib, boyib boradi?
Milliy til
19. Milliy tilning eng rivojlangan, takomillashgan va me’yorlashgan oliy shakli qanday
nomlanadi?
Adabiy til
20. Qanday til millatni yanada birlashtiradigan, jipslashtiradigan, muhimi, uning
ma’naviy-ma’rifiy kamoloti hamda nufuzining barqarorligiga xizmat qiladi-gan qudratli
vosita vazifasini bajaradi?
Adabiy til
21. O‘zbek adabiy tilining asoslari , tamal toshi kim tomonidan qo‘yilgan?
Alisher Navoiy
22. O‘zbekiston hududidagi hamma baravar qo‘llaydigan til bu…?
Milliy til
23. Qanday til muayyan bir millat vakillari uchun tarixan umumiy bo‘lgan, milliy
madaniyatning ko‘zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita bo‘lib, u adabiy til bilan
bir qatorda, xalq shevalari, oddiy so‘zlashuv unsurlari, jargonlarni ham o‘z ichiga oladi?
Milliy til
24. Milliy tilning ishlov berilgan, boy leksik zaxirasi va grammatik tuzilishi
me’yorlashtirilgan hamda uslublar tizimi
25. Rivojlangan oliy shakli qanday til sanaladi? adabiy til hisoblanadi.
26. Qanday tilning asosiy belgilaridan sanalmish adabiy me’yorlar namunaviy
bo‘lganligi uchun ularga amal qilish ayni tildan foydalanuvchilarning barchasi uchun
majburiydir?
Adabiy til
27. Nima adabiy tilning boyib borishida o‘ziga xos tuganmas manbaa vazifasini o‘tasa-
da, ular adabiy til me’yorlaridan tashqaridadir?
Xalq shevalari
28. Qaysi tarixiy voqea o‘zbek adabiy tilining jadal, erkin taraqqiyoti uchun keng
imkoniyat va qulay sharoitlarni yaratdi?
O‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilishi
29. Adabiy til ifodalanishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Og‘zaki va yozma
30. Adabiy til shakli va rivojlanishida qaysi shakl muhimroq sanaladi?
Yozma
31. Og‘ jibakting tolosi, Bolog‘onimding bolosi. Jumalani adabiy tilde ifodalang!
J: Oq ipakning tolasi, Bolaginamning bolasi
32. Yamon so‘z kelib jong‘a urg‘ay
Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay.
Ma’dani inson guhari so‘durur
Gulshani odam samari so‘zdurur. Bayt muallifi kim?
Alisher Navoiy “Xamsa”
33. Yodlang!!! 1. Ma’dan—a) mineral ; b) metall c) ruda
34. Yodlang!!! 2. Imon—xudoga bo‘lgan ishonch va tilde iqroq qilish
35. Yodlang!!! 3. Guhar—gavhar, qimmatbaho marvarid
36. Yodlang!!! 4. Gulshan—gulzor, chamanzor, gulbog‘
37. Yodlang!!! 5. Samar—samara, natija, hosila, foyda
38. “So‘z latofati” asarining muallifi kim?
Erkin Vohidov
39. Til millatning bosh belgisi sanaladi. Til bor – millat bor. Til yo‘q – millat yo‘q.
Mazkur aforizmlar muallifi kim?
Erkin Vohidov
40. Qaror qilindi:
1) “Ijtimoiy-siyosiy atamalar lug‘ati nashrga tavsiya etilsin”
2) Mas’ul muharrir etib E. Begmatov tasdiqlansin.
Mazkur parcha qaysi nutq uslubiga oid?
Rasmiy uslub
41. Nutqning aniq va ravshan bo‘lishi, avvalo, so‘zdan to‘g‘ri foydala-nishga bog‘liq.
So‘zni o‘z o‘rnida to‘g‘ri ishlata bilish uchun uning leksik ma’nosini anglash zarur. So‘zning
leksik ma’nosini tushunmaslik uni xato qo‘llashga olib keladi...
Ushbu parcha qaysi uslubga xos?
Ilmiy uslub
42. Nima to‘g‘ri gapirish va yozishni o‘rgatadi?
Grammatika
43. Muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llanadigan til shakli nima deyiladi?
Nutq uslubi
44. Nutq uslublarini o‘ranuvchi tilshunoslik bo‘limi bu…?
Uslubiyat, uslubshunoslik
45. – Onamning onasini, ya’ni buvimni Momojon matalchi, – derdilar. Men qo‘llariga
tanqa (qumg‘on)da suv quyardim. Sharillatib quyar ekanman-da, nuqul dakki eshitardim:
– Namuncha sharillatib quyasan? Suvni isrof qilasan, oz-ozdan quy-da!
Parcha qaysi uslub namunasi sanaladi?
So‘zlashuv uslubi
46. 1. Xalqimizning birligi, jipsligi, tinch-totuvligi bizning bebaho boyligimizdir. 2.
Ogohlik – davr talabi! 3. Tinchlik – eng bebaho ne’mat. Tinchlik bo‘lsa, halovat bo‘ladi,
halovatli elning har bir kuni esa fayzli, tarovatli o‘tadi. 4. O‘zbek xalqi hech qachon, hech
kimga qaram bo‘lmaydi.
Mazkur gaplar qaysi uslub namunasi sanaladi?
Publisistik usulub
47. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” qaysi tilshunos olim tomonidan tuzilgan?
A. Hojiyev
48. Yodlang!!! Kechirim, uzr so‘zlari
Kechirim 1.«biror gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma’nosida ham, shuningdek,
umuman,
Kechirim 2. «kechirish» ma’nosida ham qo‘llanadi.
Afv 1. so‘zi, asosan, «gunoh-aybni kechirish iltimosi» ma’nosida qo‘llanadi, shu
ma’noda ham juda kam qo‘llanadi.
49. Joy nomlari qanday nomlanadi?
Toponimlar
50. Nima ming yillik tariximizning “tilsiz” guvohlari sanaladi?
toponimlar
51. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida
erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular qanday so‘zlar sanaladi? uslub nuqtayi
nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda
juda katta qismni tashkil etadi.
52. So‘zlar nutq uslubiga ko‘ra nechaga bo‘linadi?
2 ga: 1) uslubiy xoslanmagan 2) uslubiy xoslangan
53. Uslubiy xoslanmagan so‘zlarga misol ayting.
Ishlamoq, o‘qimoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kichik, kun…
54. Yuqorida, quyida so‘zlari qanday nutqqa xos?
Yozma nutq (uslubiy xoslangan)
55. “Yo Vatan yo o‘lim” shiori kimga tegishli?
Najmiddin Kubro
56. Chingizxon Kubroga qanday imkoniyat bergan? avval 100 kishi bilan, so‘ng 1000
kishi bilan shahardan chiqish
57. “Egasi bor yurtning ertasi bordir” she’rining muallifi kim?
Sirojiddin Sayyid
58. “Kechir meni, ona tilim” kimning she’ri?
Muhammad Yusuf
59. Yodlang!!! 1) yog‘iy—dushman; 2) isnod—nomiga dog‘ tushiradigan, uyatli ish 3)
Murid—eshonga qo‘l bergan so‘fiy; shogird 4) murshid—tariqatdan dars beruvchi pir,
shayx; ustoz 5) shayx—ulamolarga, faqihlarga, bilimdonlarga berilgan nom. Muqaddas joy
mutasaddilariiga ham berilgan 6) xonaqoh—masjidning namoz o‘qiladigan katta xonasi,
so‘fiylar mashg‘ulot o‘tkazadaigan xona va hujralar 7) G‘o‘ch—mard, botir (sheva)
60. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, Baraka topkur, mullaka, churq
etmaslik, miyasi g‘avlab ketdi, donor, kasalxona, hammasi joyida bo‘ladi, qo‘rqma, ovvol
kabi so‘z va iboralar qaysi usulubga xos?
So‘zlashuv usulubi
61. 1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ranglar, maza-si boshqacha
bo‘ladi
2. Voy, men o‘lay seni tanimay!
3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga oborish kerak buni! – dedi ikkinchisi.
4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rdingmi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.
Mazkur gaplar qaysi usulub namunasi sanaladi?
So‘zlashuv usulubi
62. Nutq usulublarini sanang.
so‘zlashuv, publitsistik, badiiy, ilmiy va rasmiy ( 5 ta)
63. Ular orasida so‘zlashuv uslubi, asosan, qanday shaklida namoyon bo‘ladi?
Og‘zaki
64. Qaysi usulub og‘zaki bo‘lishi bilan boshqalardan farq qiladi?
So‘zlashuv usulubi
65. So‘zlashuv uslubining qanday shakllari mavjud? adabiy so‘zlashuv turi ham, oddiy
so‘zlashuv turi (ikkalasi ham og‘zaki shaklda voqelanadi)
66. Kundalik turmushda qaysi biri aloqa-aralashuvda yetakchilik qiladi?
Adabiy so‘zlashuv usulubi
67. Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? – degan ovozni
eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p
yeb qo‘yganimdanmi, qimirlolmay qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-
da, joyimda turaverdim.
Parcha usulubini aniqlang.
So‘zlashuv uslubi
68. Yodlang!!!! OVOZ, tovush, un, sado, sas, nido, sazo. Eshitish sezgisini
uyg‘otuvchi, eshitish a’zolari orqali qabul qilinuvchi, eshitiluvchi narsa.
69.
70. Yodlang!!!
1) Ovoz, asosan, odam va jonli narsalar tovushini ifodalash uchun qo‘llanadi.
2) Tovush odam va boshqa jonli narsalar ovozini, shuningdek, jonsiz predmetlarning
urilishi, ishqalanishi va boshqa holatidan paydo bo‘lgan ovozni ifodalash uchun ham
qo‘llanadi..
3) Un faqat odam ovozini bildiradi va ovoz so‘ziga nisbatan juda kam qo‘llanaveradi.
4) Sado jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan
kam qo‘lla-nadi.
5) Sas shevaga oid so‘z bo‘lib, badiiy adabiyotda, ayniqsa, poeziyada kishi ovozi
ma’nosida qo‘llanadi.
6) Nido kitobiy.
7) Sado juda kam qo‘llanadi.
71. Qaysi usulubda ba’zan qisqalikka, ba’zan nutqiy ortiqchalikka yo‘l qo‘yiladi?
Oddiy so‘zlashuv uslubida
72. Opti, kepti, bo‘sa, na’lat, ko‘ynak kabi so‘zlar qaysi nutqiy uslubda uchraydi?
Oddiy so‘zlashuv usulubida
73. Og‘zaki so‘zlashuv uslubining qaysi turida adabiy me’yorlarga qat’iy amal qilinadi?
Adabiy so‘zlashuv usulubida
74. Qaror qilindi, belgilansin kabi so‘zlar qaysi usulubga xos?
Rasmiy
75. Kelishik shakllari, nurning sinishi kabi so‘zlar qaysi usulbga xos?
Ilmiy
76. Bamisli, ruxsor, jilvalanmoq kabi so‘zlar qaysi uslubga xos?
Badiiy
77. Siyosiy vaziyat, iqtisodiy taraqqiyot kabi so‘zlar qaysi usulubga xos?
Publisistik
78. Qaysi usulublar yozma shaklga ega?
Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik
79. Qaysi usulub ham og‘zaki ham yozma bo‘ladi?
So‘zlashuv usulubi
80. Ayniqsa, ish qog‘ozlari usulubi bo‘lmish qaysi usulub faqat yozma shaklda bo‘ladi?
Rasmiy
81. Qaysi uslublar , asosan, yozma bo‘lsa-da, og‘zaki shakli ham qisman mavjud?
Rasmiy, ilmiy, badiiy, publisitik
82. Masalan, ilmiy uslubning asosiy ko‘rinishlari bo‘lgan nimalar yozma yaratiladi?
monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola va shu kabilar
83. Masalan, ilmiy usulubda nima og‘zaki bo‘ladi?
ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi.
84. Badiiy usulubda nima og‘zaki bo‘lishi mumkin?
badiiy uslubga mansub sahna asarlari
85. Lochin – yirtqich qushlar turkumining lochinsimonlar oilasiga mansub qush. 20 dan
ortiq kenja turi ma’lum. Modasi yirik, gavdasining uzunligi 49 sm gacha, qanotlari
yoyilganida 115 sm gacha, vazni 1,2 kg gacha.
Mazkur parcha qaysi uslubda yaratilgan?
Ilmiy uslub
86. Yodlang!!! OVQAT, taom, oziq, tomoq, xo‘rak, yemish, ne’mat. Odam, hayvon,
umuman, jonivorlar iste’mol qiladigan suyuq yoki quyuq yegulik.
87. Yodlang!!!
1) Ovqat odam yoki hayvonlar yeydigan narsani bildiradi.
2) Taom faqat odamlar iste’mol qiladigan ovqatni ifodalash uchun qo‘llanadi va ovqat
so‘ziga nisbatan biroz badiiy bo‘yoqqa ega.
3) Oziq «odam va boshqa joni-vorlar, hatto o‘simliklar qabul qiladigan ovqat»
ma’nosini ham bildiradi. Ovqat va taom so‘zlari, asosan, yeyish uchun tayyor holatdagi
narsani bildirsa, oziq, umuman, ovqatlanish uchun lozim bo‘lgan tayyor yoki xom holatdagi
narsani bildiradi.
4) Xo‘rak, yemish juda kam qo‘llanadi.
5) Ne’mat badiiy uslubga xos.
88. Iljaymoq, tirjaymoq, xandon otmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq kabilar qaysi
xususiyatga ko‘ra ma’lum usulubga xoslangan?
Salbiy va ijobiyligiga ko‘ra
89. Esda saqlang!!! Nutqni to‘g‘ri va ta’sirli tuzishda, nutqiy uslublarni maqsadga to‘la
muvofiq shakllantirishda uslubiy bo‘yoq alohida o‘rin tutadi.
90. Uslubiy bo‘yoqning ikki xususiyatini ayting! 1) so‘zning muayyan uslubga
mansubligi ; 2) unda so‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi «uslubiy bo‘yoq»
nomi bilan umumlashtiriladi.
91. So‘zlarning muayyan uslubga mansublig bo‘yog‘i nima? «funksional bo‘yoq»
(masalan, «pul» ma’nosidagi mullajiring so‘zida so‘zlashuv uslubiga mansublik belgisi bor,
«inson» ma’nosidagi bashar so‘zida badiiy-poetik uslubga mansublik belgisi mavjud).
Uslubiy xoslanish funksional bo‘yoq sanaladi
92. So‘zlovchi subyektiv munosabatining ifodalanganligi qanday bo‘yoq sanaladi?
“emotsional-ekspessiv” bo‘yoq. (masalan, jamol so‘zida ijobiy munosabat, bashara so‘zida
esa salbiy munosabat ham o‘z ifodasini topgan)
93. Demak!!! So‘zlarning ma’lum bir usulubga xoslanishi funksional bo‘yoq va
so‘zlardagi subyektiv(shaxsiy) munosabat, ijobiy va salbiylik emotsional-ekpressiv bo‘yoq
sanaladi.
94. Diqqat!!! Inson-kishi-bashar so‘zlaridagi bashar so‘zi badiiy usulubga xos va bu
uning funksional bo‘yoq tomoni
95. Diqqat!!! Bashara-chehra-yuz so‘zlaridagi bashara salbiy, chehra ijobiy sanaladi va
bu so‘zlarning emotsional-ekpressiv bo‘yog‘i sanaladi. (salbiy yoki ijobiy munosabat
emotsional-ekpressiv bo‘yoq sanaladi)
96. Bunaqa basharani umrimda ko‘rmaganman. Hiringlagani hiringlagan. Gapdagi
emotsional-ekpressiv bo‘yoqli so‘zlarni toping.
Bashara va hiringlamoq
97. Yodlang!!!
1) Barter—tovar ayriboshlash
2) Birja—bozorning uyishish shakli, yirik savdo muassasi
3) investitsiya—iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga kapital qo‘yish, kiritish
4) Marketing—a) Iqtisodiyotning mahsulot chiqrish va sotish muammolari bilan
shug‘ullanuvchi sohasi
b) mahsulot ishlanmalari tayyorlash, Tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish
tizimi
5) Menejer—malakali yollanma boshqaruvchi
6) Menejment—zamonaviy ishlab chiqarish, boshqarish, tartibga solish to‘g‘risidgi fan
(qisqartirildi)
98. So‘zlarning funksional bo‘yog‘i nima?
So‘zlarning turli uslubiy(badiiy, poetic, she’riy, ilmiy, rasmiy) xoslanishi
99. So‘zlarning emotsional-ekspressiv bo‘yog‘I nima?
Subyektiv munosabat ifodalash, salbiy yoki ijobiy munosabatda qo‘llash
100. Esda saqlang!!! So‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish har qanday nutqning aniq va
ta’sirli bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda so‘zning leksik ma’nosi bilan bir qatorda uning uslubiy
bo‘yog‘ini ham yaxshi bilish zarur. So‘zning u yoki bu uslubga xoslanganligi va so‘zdagi
salbiy yoki ijobiy munosabat ifodasini bilmasdan turib, uni to‘g‘ri va maqsadga muvofiq
holatda qo‘llab bo‘lmaydi. Qaysi uslub bo‘lishidan qat’i nazar, nutq tuzuvchi buni inobatga
olishi lozim.
101. Ma’nodosh(sinonim) so‘zlar qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanadi? 1) muayyan
uslubga xoslanishi 2) emotsional-ekspressiv bo‘yog‘iga ko‘ra farqlanadi
102. Masalan, yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor
ma’nodoshlik qatorida qaysi so‘z biron-bir uslubga xoslanmagan?
Yuz
103. Qaysi so‘zlarda salbiy bo‘yoq darajalangan holda aks etgan?
bet, aft, bashara, turq so‘zlarida
104. Qaysi so‘zlarda so‘zlashuv uslubiga xoslik mavjud?
bet, aft, bashara, turq so‘zlarida
105. Qaysi so‘zlarda ijobiy bo‘yoq mavjud?
chehra, jamol so‘zlarida
106. Qaysi so‘zlar badiiy uslubga xoslangan?
chehra, jamol so‘zlari
107. Qaysi so‘zlar eskirgan va ko‘proq kitobiy uslubga xos?
oraz, uzor, ruxsor so‘zlari
108. Bu so‘zlarning turli uslubga xoslanishi qanday bo‘yoq sanadi?
Funksional bo‘yoq
109. Bu so‘zlarning ijobiy va salbiyligi qanday bo‘yoq sanaladi?
emotsional-ekspressiv bo‘yoq
110. Qanday so‘zlar uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali,
ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi?
Ma’nodosh so‘zlar
111. Tilimizdagi qanday so‘zlar asosida turli qochirim, kinoyalar, so‘z o‘yinlari kabi
nutqni bezovchi usullar ham yuzaga keltiriladi. Mumtoz adabiyotdagi tuyuq janrining asosini
aynan qanday so‘zlar tashkil etadi?
Omonim(shakldosh so‘zlar) va paronimlar bilan
112. Ma’nodosh so‘zlarni eslab qoling!!!
1) bitmadi—tamom etmadi 2) maqtamoq—ko‘kka ko‘tarmoq 3) dard-alam 4)
odam—inson 5) olam—dunyo 6) shoir—qalamkash 7) shabboda-sabo
113. Diqqat!!! Sinonimlarni yodlang:
1. Do‘st—o‘rtoq—og‘ayni—birodar—oshna—yor;
2. Chiroyli—go‘zal—suluv—sohibjamol—barno;
3) ko‘p—ancha—bisyor—talay—mo‘l—serob
4) tushunmoq—anglamoq—fahmlamoq—ilg‘amoq—idrok qilmoq
114. Diqqat!!! Paronimlarga qarang!!!
1. Hunarni asrabon netkumdur oxir. (oxir, axir, oxur),
Olib tufroqqamu ketkumdur oxir (oxir, axir, oxur).
2. Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qut-mish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj (ganch, ganj) ila.
3. Quyoshlig‘ istasang, kasbi kamol et,
Kamol kasb (kosib, kasb) etarsen, bemalol et.
4. Har kishikim, birovga qozg‘ay choh (chog‘, choh),
Tushgay ul choh (chog‘, choh) aro o‘zi nogoh.
115. Omonimni Yodlang!!!
Chek I Chegara, eng so‘nggi chegara.
Chek II chegaralarii aniq belgilangan yer uchastkasi
Chek III qur’a, bir ishni bajarish majburiyati sharti
Chek IV Ma’lum summani bankdan, kassadan olish yoki boshqa yerga o‘tkazish
huquqini beruvchi hujjat.
Chek V Tortmoq. Iztirob chekmoq
116. 10-sinfda berilgan omonimlarni lug‘atdan toping va yodlang!!!
Chang-chang, qon-qon, chiq—chiq, gul—gul, ol—ol, dam—dam, otin—otin, bo‘l—
bo‘l, o‘t—o‘t, bo‘sh-bo‘sh, yosh-yosh, tut— tut, qoq-qoq (omonimlar mashqlar ichidan
olindi, bularni topib yodlash juda ham muhim)
117. Paronimlarni yodlang!!!
abro‘-qosh//obro‘-e’tibor, nufuz, hurmat;
ganj—boylik, xazina///ganch—qurilish materiali;
afzal—yaxshi, a’lo, ortiq//abzal—ot-ulov asboblari majmui;
adib—ijodkor//adip—to‘n, xalat matosi
118. Omonim va paronimlarni yodlang!!!
1) och—ochmoq//och—to‘q emas(omonim) 2) mart—oy nomi///mard—dovyurak,
botir(paronim) 3) kir—toza emas//kir— kirmoq(omonim) 4) osh—oshmoq// osh—
taom(omonim) 5) qor—qormoq//qor—tabiat hodisasi(omonim)
119. Shoti so‘zi adabiy tilda nima sanaladi?
Narvon
120. Patinjon so‘zi adabiy tilde nima sanaladi?
Pomidor
121. Tancha adabiy tilde nima?
Sandal
122. Qanday birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari
sanaladi?
Shevaga xos so‘zlar
123. Milliy tilga nimalar kiradi? Shevaga xos so‘zlar, argolar, jargolar, vulgar so‘zlar,
varvarizm, eskirgan so‘zlar, atamalar, kasb-hunar leksikasi, xullas, tilimizdagi barcha
unsurlar. (milliy til nihoyatda keng tushuncha)
124. Milliy tilning ishlov berilgan, tanlangan, sayqal berilgan eng oliy shakli qanday til
sanaladi?
Adabiy til (milliy tilga nisbatan ancha tor tushuncha)
125. Shuning uchun bunday unsurlar(shevaga xos so‘zlar) qaysi uslublarda
qo‘llanmaydi?
ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi.
126. Shevalar so‘zlashuv uslubida qo‘llanadimi?
ko‘proq oddiy so‘zlashuv uslubida qo‘llanadi
127. Shevaga xos so‘zlar qaysi uslublarda ma’lum bir me’yorda(kamroq) qo‘llanadi?
Badiiy va adabiy so‘zlashuv uslubida
128. Qaysi uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik
maqsadiga xizmat qiladi?
Badiiy uslubda
129. She’valar badiiy asarda qanday maqsadda qo‘llanadi? badiiy asarda qahramonning
muayyan hududga mansubligini ta’kidlash, mahalliy koloritni yaratish, hayotning realistik
tasvirini chizishga yordam beradi.
130. Yozuvchi shevaga xos so‘z va adabiy tildagi muqobili o‘rtasida nozik farq bo‘lsa,
qaysi birini tanlaydi?
Shevaga xos so‘zni
131. Qaysi ijodkorning qissaslaridan biri «Sinchalak» deb sheva so‘zi bilan nomlagan?
Abdulla Qahhorning
132. Sinchalakning adabiy tildagi muqobili nima?
Chittak
133. Sinchalak va chittakning farqi nimada? «chittak» so‘zida qushning qo‘nimsizligiga
ishora bor, «sinchalak»da esa uning nozikligi (sinchaloq – jimjiloq so‘zi bilan aloqador)
ta’kidi mavjud, noziklik, albatta, ijobiy sifat. Shuning uchun yozuvchi alohida mehr bilan
tasvirlagan qahramoniga nisbatan sheva so‘zini(sinchalakni) ma’qul ko‘rgan.
134. Eskirgan so‘zlar qaysi ulublarda juda katta uslubiy qimmatga ega?
Badiiy va publisistik
135. Eskirgan so‘zlarning necha turi mavjud?
2 ta—tarixiy va arxaik
136. Qanday so‘zlar tarix mavzulari yoritilgan ilmiy va badiiy matnlarda o‘tmishni real
tasvirlash maqsadi bilan qo‘llanadi?
Tarixiy so‘zlar
137. Qanday so‘zlar matnga tarixiy kolorit berish bilan birga, zamonaviy mavzular
yoritilgan badiiy va publitsistik asarlarda ko‘tarinkilik, tantanavorlik ifodasiga xizmat qiladi?
Arxaik so‘zlar
138. Arxaik so‘zlarga misol ayting! (dudoq – hozirgi muqobili lab; meng – hozirgi
muqobili xol; tilmoch – hozirgi muqobili tarjimon kabi)
139. Tarixiy so‘zlarga misol ayting! (yasovul, bek, xon, qozi, cho‘ri kabi).
140. Arxaik va tarixiy so‘zning farqi nimada? Arxaik so‘zlarning hozirgi kunda muobili
mavjud, ular boshqa so‘z bilan yuritiladi. So‘z eskirsa ham, u ifodalagan tushuncha saqlanib
qolgan . Ammo tarixiy so‘zlarda so‘z ham , u ifodalagan tushuncha ham eskirgan bo‘ladi.
Masalan, dudoq hozir lab deb yuritiladi, ammo yasovul so‘zi ham, u ifodalagan tushuncha
ham hozir mavjud emas . (yuqoridagi misollarni aynan yodlang)
141. Shevalarga e’tibor bering!! Bodparak, barak, valish, adrasman, yorqanat, shapati,
vahmak, bo‘riq,
142. So‘zlarni tarixiy va arxaikka ajrating!!!
rayon, sipoh, oblast, qozi, muhrdor, podsho, tanob, tarxon, kepakiy , qutidor, cho‘ri
143. Yodlang!!!
1) bitik—a) yozuv b) xat, maktub c) asar
2) kolorit—a) rasm, ranglar uyg‘unligi; biror narsaning xususiyatlari majmui
3) zavj—er, qayliq; 4) zavja—rafiqa, xotin 5) moziy—o‘tmish 6) tancha(sheva)—
sandal
7) qutidor—Qo‘qon xonligida soliqlarni to‘plab xon xazinasiga yuboruvchi
144. Esda saqlang!!! Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar,
yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son
jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bo‘lganligini ta’kidlash lozim.
Mustaqillikdan avval lug‘atlarimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qaytdi.
!!! Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer,
multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirib keldi
va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (yozilishini ham o‘rganing)
145. Qolip, betlik, poshna, charm, shirach; sandon, dam, ko‘ra, bosqon, bolg‘a; andava,
mola, chaplama suvoq; iskana, randa, shovun, tesha. Berilgan so‘zlar nimaga oid? Kasb-
hunarga oid
146. Tilimizdagi nimalar ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalarning nomlari sifatida ilmiy
uslubga xoslangan so‘zlar yoki so‘z birikmalaridir?
Terminlar
147. Nimalar ilmiy uslubda tavsiflash va nomlash vazifalarini bajaradi va bu uslubning
o‘ziga xos ko‘rsatkichlari sanaladi?
Terminlar
148. Terminlar , asosan, ilmiy uslubga xos sanaladi. Ular qaysi uslublarda tasviriy-
uslubiy vosita sifatida qo‘llanishi mumkin?
badiiy va publitsistik uslublarda
149. Ilmiy va ilmiy-texnik jarayon, ishlab chiqarish manzaralarini tasvirlash, muayyan
soha bilan bog‘liq shaxsning nutqiy xarakteristikasini yaratish kabi badiiy maqsadlar bilan
nimalar mazkur uslublarda qo‘llanishi mumkin?
Terminlar(atamalar, istilohlar)
150. Mamlakatimizning turli hududlarida qadimdan kulolchilik, duradgorlik,
etikdo‘zlik, gilamchilik, kashtachilik, tikuvchilik, naqqoshlik, temirchilik, pichoqchilik kabi
bir qancha kasb-hunar tarmoqlari rivojlanib kelgan. Bu sohalarga oid maxsus tushunchalar,
o‘ziga xos so‘zlar bilan nomlangan, bular qanday nomlanadi? kasb-hunar leksikasi nomi
bilan umumlashtiriladi va ana shunday leksika, albatta, kasbiy-ilmiy matnlarning asosiy
unsurlaridir.
151. Kasb-hunarga oid so‘zlar va iboralar qaysi uslublarda qo‘llanishi va tegishli sohaga
daxldor hududiy o‘ziga xoslikni ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin? badiiy va publitsistik
uslublarda
152. Esda saqlang!!! Iboralar tilning eng muhim tasviriy-uslubiy vositalaridan biridir.
Ular nutq uslublarida turli xil vazifalarni bajaradi. Xususan, ilmiy va rasmiy uslublarda
ko‘pincha muayyan tushunchalarni nomlash uchun qo‘llanadi. Bunga misollar ayting! qo‘l
qo‘ymoq, xulosaga kelmoq, qarshi chiqmoq, ovoz bermoq, qo‘l ko‘tarmoq (demak iboralar
ilmiy va rasmiy uslubda kamroq, muayyan tushunchani nomlash uchungina qo‘llanadi)
153. Iboralar qaysi uslublarda keng qo‘llanadi?
So‘zlashuv, publisistik va badiiy usulublarda
154. Nimalar obrazli tafakkur mahsuli bo‘lib, kuchli ko‘chma ma’no ifodasi bilan,
yorqin emotsional-ekspressivligi bilan tilda yashaydi?
Iboralar
155. Iboralarga diqqat qiling!!! Tomdan tarasha tushganday, tarvuzi qo‘ltig‘idan
tushmoq, oyog‘ini qo‘liga olmoq, o‘pkasini qo‘ltiqlamoq, chumchuq pir etsa, yuragi shir
etmoq, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq
156. Qaysi uslublarda iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi, bunga
iboralardagi mavjud rang-barang uslubiy bo‘yoq imkoniyat yaratadi?
Badiiy, publisistik va so‘zlashuv uslublarida
157. Antonim va sinonim iboralarni yodlang!!!
1) O‘ziga to‘q—qo‘li uzun sinonim iboralardir; ularning antonimi qo‘li kalta sanaladi
2) joni achimoq—ichi achimoq—sinonim
3) Boshi qotmoq—miyasi g‘ovlamoq—sinonim?
4) Bir yoqadan bosh chiqarmoq—bir tan-u bir jon bo‘lmoq—sinonim
158. Iboralarga diqqat qiling!!! Ma’noshlarini toping!!!
Aqldan ozmoq, bino qo‘ymoq, bir shingil, almisoqdan qolgan, miridan sirigacha, ichi
qora, ko‘zini yog‘ bosgan, mazasi qochdi, payini qirqmoq, oyog‘ini tirab olmoq, podadan
oldin chang chiqarmoq, «san-man»ga bormoq, joni halqumiga keldi, yuragini yormoq,
qo‘ldan ketmoq, «hash-pash» deguncha.
159. Tilimizda yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni yodlang va yozilishiga diqqat qiling!!!
1) Brifing—rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari bilan o‘z fikrini bildirishi
2) Diversifikatsiya—mahsulot turini ko‘paytirish, kengaytirish
3) Modernizatsiya—Zamonaviy talab va didga moslab o‘zgartirish
4) Parlament-Demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo‘li bilan tuziladigan oliy vakillik
va qonunchilik organi
5) Strategiya-Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi;
160. Matematika, kimyo, geografiya ,ona tili kabi fanlarda ishlatiladigan terminlar qaysi
uslubga oid?
Ilmiy uslub
161. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi bu…?
Rasmiy uslub
162. Radio, televideniyekabi ommaviy axborot vositalari uslubi bu…?
Publisistik usulub
163. Qayta faollashgan so‘zni ayting.
Vazir
164. Iboralar qaysi uslubda ko‘proq ishlatiladi?
Badiiy, shuningdek so‘zlashuv va publisitik
165. Iboralar qaysi uslublarda muayyan tushuncha uchungina (kam)qo‘llanadi?
Ilmiy va rasmiy
166. Diqqat!!! Arra, tesha, mix, ketmon, posha, qolip, andava, mola kabilar kasb-hunar
leksikasi sanaladi
167. Diqqat!!! Ega, katet, gravitatsiya, aniqlovchi, ildiz, ko‘paytma, sintez, yonbosh,
halol kabilar atamalar(termin) sanaladi 168. Ma’lumki, tilshunoslikka oid nazariy
adabiyotlarda olmosh so‘z turkumi xususida boshqa so‘z turkumlariga nisbatan noan’anaviy
lisoniy qarashlar mavjud. Bunday qarashlar, albatta, olmoshlar turkumiga xos so‘zlarning
lingvistik tabiatiga bog‘liq holda shakllangan. Ichi bo‘sh so‘zlar – ma’no qobig‘i bo‘sh
so‘zlarga olmoshlar va atoqli otlar kiritiladi. Olmosh va atoqli otlar pragmatik funksiyaga
ega bo‘lib, matn ichida ma’lum nutq vaziyati bilan aloqador ma’no ottenkalari bilan
to‘ldiriladi. Parcha qaysi uslubga oid?
Ilmiy uslubga
169. MORFOLOGIK VOSITALAR USLUBIYATI!!!
170. Kelasi zamonning qaysi shakli usulbiy xoslangan bo‘lib, unda tantanovorlik ta’kidi
kuchli?
-ajak
171. –ajak shakli qaysi uslubga xos?
Publisistik
172. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo‘shimchalarda) qanday bo‘yoq kuchli
emas?
Emotsional-ekpressiv (subyektiv, ya’ni ijobiy va salbiy bo‘yoq)
173. Morfologik vositalarda (shakl yasovchi qo‘shimchalarda) qanday bo‘yoq kuchli
bo‘ladi?
Funksional bo‘yoq(ya’ni, uslublarga xoslanish)
174. Siz unda haqiqiy onalarni ko‘r+ajak+siz. (-ajak)
175. Safar hozirligini ko‘r+gay+siz(-gay uslubiy xoslangan, publisitik uslub)
176. O‘zingizni bosing dedim, quriq+qina qilib (-qina uslubiy xoslangan, so‘zlashuv
uslubi)
177. Do‘ppi+dak+kina osh qildim (-dek(-dak) va kina uslubiy xoslangan, so‘zlashuv
usulubi)
178. So‘rang, do‘ndiq+chaning oti nima? (-cha uslubiy xoslangan, kichraytirish)
179. Bitmas baxtim bor man+im (-im, ya’ni –ning uslubiy xoslangan, badiiy uslub)
180. Ko‘z+lariga buncha tikilding (-lar uslubiy xoslangan)
181. Dadam+larga salom ayting (-lar uslubiy xoslangan)
182. Ochiq yuz+la ko‘rishdi (-la(bilan) uslubiy xoslangan)
183. Nechun men+din yashirding (-dan(-din) uslubiy xoslangan)
184. Shuning+chun keldim (-chun(uchun) uslubiy xoslangan)
185. O‘t bo‘lib orqangdan kez+mak+daman (-mak(-moq) uslubiy xoslangan)
186. Unga teng kel+adirgan kim bor? (-adirgan(-adigan) uslubiy xoslangan)
187. U sher yanglig‘ hayqirdi (yanglig‘ uslubiy xoslangan)
188. Diqqat!!! Kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari badiiy uslubga xos sanaladi,
yanglig‘ ko‘makchisida bo‘yoqdorlik kuchli) 189. Seni olib ket+gali keldim (-gali(-gani)
uslubiy xoslangan)
190. Biz gashtini sur+ayotir+miz (-ayotir usulubiy xoslangan)
191. Diqqat!!! -gay, -gu, -ajak, -ayotir, -ayotib, -moqda kabi zamon shakllari uslubiy
xoslangan shakllar sanaldi
192. –lar ko‘plik shakli Grammatik vazifa bajarmasa, uslubiy xoslangan sanadi.
Akamlar, suvlar, ko‘zlarim, boshlarim, yog‘lar, unlar, quyoshlar, yuraklar kabi
193. Yodlang!!! TAYYOR, muhayyo, shay, taxt, hozir. Ishlatish, foydalanish yoki
bosh-qa narsa uchun naqd holatda.
194.
195. Yodlang! Tayyor kengroq tushunchaga ega.
2. Muhayyo ko‘proq yozuv uslubiga xos. Shay «tayyor» ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan
ifodalaydi. U biror narsaga har jihatdan mos holda tayyor ekanlikni bildiradi.
3. Taxt so‘zi bu ma’noda ko‘proq jonli so‘zlashuvda qo‘llanadi va ma’noni tayyor
so‘ziga nisbatan biroz kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi.
4. Hozir bu ma’noda juda kam qo‘llanadi.
196. Esda saqlang!!!
Ko‘plik qo‘shimchasi odatdagi miqdoriy ortiqlik ma’nosidan tash-qari turli qo‘shimcha
ma’no nozikliklari, uslubiy ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Unutmaslik kerakki,
miqdor aniq ko‘rsatilgan holatlarda bu qo‘shimchaning qo‘llanishi uslubiy xato sanaladi.
Masalan, o‘nta kitoblar tarzidagi birikmada odatdagi ko‘plikni ifodalovchi -lar qo‘shimchasi
noto‘g‘ri ishlatilgan, uslubiy jihatdan to‘g‘risi o‘nta kitob bo‘lishi kerak.
197. Yodlang!!!
Ko‘plik qo‘shimchasi ilmiy (qisman rasmiy) uslubdan boshqa uslublarda hurmat,
kinoya-piching, kuchaytirish-ta’kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli uslubiy
ma’nolarni ifodalash uchun ham qo‘llanadi. Masalan:
1) Dadam keldilar (hurmat);
2) Yigitcha «botir» bo‘lib keldilar (kinoya);
3) Bolalar quvonchlarga to‘ldi (kuchaytirish);
4) Alpomishlar maydonga tushdi (umumlashtirish) kabi.
198. !!!Qo‘llarim-kuchaytirish, oybeklar-umumlashtirish, bellarim-tasviriylikni oshirish
akamlar-hurmat, Farg‘onalarga— atrof bilan birgalikdalik
199. Yodlang!!!
1) Kaniz- 1. Tutqun ayol; cho‘ri. 2 Xon, amir va boshqa hukmdorlar saroyidagi
xizmatchi ayol.
2) Mufti(y)- Musulmonlarda oliy darajadagi ruhoniy; shariat qonunlarini talqin qiluvchi;
fatvo beruvchi lavozimli ulamo
3) Rabot- 1. Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan
ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2 Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan
manzil, karvonsaroy. 3 Shahardan chetroq-dagi turarjoy.
4)Suyurg‘ol- Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida
ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun in’om qilingan yer-suv, mol-mulk.
5) Qiblagoh- 1 Qibla tomon, qibla. 2 O‘ta hurmatga loyiq kishi (ma-salan, ota) va unga
murojaat shakli.
6) Qurultoy- 1 Mo‘g‘ul va turkiy xalqlarda qadimdan mavjud bo‘lgan turli harbiy
kengashlar va majlislarning umumiy nomi. 2 O‘zbekistonda hozir: biror soha vakillari
ishtirokidagi respublika miqyosida o‘tkaziladigan
200. Esda saqlang!!! Kelishik qo‘shimchalari belgili-belgisiz qo‘llanishi, bir-biri bilan
alashinish imkoniyati, ayrim ko‘makchilar bilan ma’nodoshligi, ayrimlarining qisqargan
shaklda qo‘llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko‘ra turli uslubiy ma’no nozikliklarining
yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi.
201. Qaysi kelishik belgili qo‘llanganda, obyektni ta’kidlash ma’nosi ifodalanadi,
belgisiz bo‘lganda esa bu ta’kid yo‘qola-di ?
Tushum kelishigi
202. Misol ayting. kitobni o‘qidi- obyektni ta’kidlash kitob o‘qidi-ta’kid yo‘qolgan
203. Ayrim birikmalarda tushum kelishigi qo‘llanganda, obyektning barchasi nazarda
tutilganligi ifodalanadi. Uning o‘rniga qaysi kelishik qo‘llansa, obyektning bir qismiga
e’tibor qaratilganligi anglashiladi?
Chiqish kelishigi
204. Misol ayting. choyni ichdi – choydan ichdi. (choyni ichdi—hammasini, choydan
ichdi qismini)
205. Jo‘nalish kelishigini nima bilan almashtirsa, uslubiy farq yuzga keladi?
Ko‘makchi bilan
206. Misol ayting. Do‘stimga oldim va do‘stim uchun oldim
207. Qaysi kelishiklarning qo‘shimchalari badiiy uslubda, xususan, she’riyatda -n
shaklida qisqargan holda qo‘llanishi va matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi
mumkin.
Tushum va qaratqich kelishi shakli -n
208. Misol ayting! Qarshimda yer sharin surati turar (qaratqich shar+i+ning) Bu shakl
uslubiy xoslangan shakl bo‘lib she’riyatdagina qo‘llanadi
209.
210. Dengiz ortin yoritdi ilk bor Beruniyning aql mash’ali. Bu yerda –n uslubiy
xoslangan va u tushum kelishigi shakli sanaladi (ort+i+ni yoritdi)
211. Demak, kelishiklar orasida tushum va qaratqich kelishi shakllari –im, -n; chiqish
kelishigi shakli –din, jo‘nalish kelishigi shakli –g‘a kabilar badiiy uslubga xoslangan bo‘aldi
va ularda funksional bo‘yoq mavjud bo‘ladi.
212. Yodlang!!!
1) KOSHIN 1 Chinniga o‘xshatib ishlangan, yaltiroq, naqshli g‘isht plas-tinkasi. 2 Bir-
biriga zich qilib yopishtirilgan rang-barang shisha, marmar, tosh, yog‘och va shu kabilardan
yasalgan surat yoki naqsh.
2) KULLIYOT Bir adabiy turga mansub asarlarning majmuyi, she’riy to‘plam
3) KUNGURA Qal’a devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga o‘xshatib ishlangan
me’moriy bezak; dandana.
4) MADRASA Diniy oliy o‘quv yurti
5) MAQBARA Qabr ustiga qurilgan me’moriy inshoot yoki tosh tobut; dahma, sag‘ana.
213. Qaysi kelishiklar belgisiz qo‘llana oladi?
Qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-pay
214. Qaysi kelishik belgisiz qo‘llanmaydi?
Chiqish kelishigi
215. Qaysi kelishiklar ko‘makchilar bilan ma’nodosh bo‘lib, almasha oladi? 1) uyga—u
tomon(jo‘nalish); uyalganidan— uyalgani sababli(chiqish); mashinada—mashina
bilan(o‘rin-payt); ko‘rganlarini gapirdi—ko‘rganlari haqida (tushum) …
216. !!! Kelishiklar har bir uyushiq bo‘laklarga qo‘shilsa qanday ma’no anglashilari?
Uyushiq bo‘laklarni ta’kidlab sanash Ali+ni, Vali+ni, Soli+ni chaqirdi (xususiy, har biriga
qo‘shilsa ta’kidlash bo‘aldi)
217. Kelishiklar uyushiq bo‘laklarga umumiy qo‘shilsa qanday ma’no anglashiladi?
Uyushiq bo‘laklarni ta’kidlamay sanash (Ali, Vali, Soli+ni chaqirdi. Shunchaki sanash)
218. SUBYEKTIV BAHO ifodalovchi shakllar qaysilar? Erkalash va kichraytirish
shakllari(aniqrog‘I, erkalash shakllari)
219. Esda saqlang!!! Tilimizda -cha, -choq, -loq, -jon, -xon, -toy,-gina, -kina, -qina, -
boy, -bek, -oy, -poshsha, -bibi, -nisa, -bonu kabi bir qancha qo‘shimchalar mavjud bo‘lib,
ular subyektiv baho shakllari deb umumlashtiriladi. Ular kichraytirish-erkalash
qo‘shimchalari nomi bilan ham ataladi. Bu qo‘shimchalar otlar va sifatlarga qo‘shilib, shu
so‘zlar ifodalagan narsa yoki tushunchaga so‘zlovchi (yozuvchi)ning subyektiv munosabatini
bildiradi, ya’ni bu so‘zlarda ijobiy yoki salbiy uslubiy bo‘yoqni yuzaga keltiradi. Bunday
qo‘shimchali so‘zlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda kuzatiladi, ilmiy va
rasmiy uslublarda esa ular juda nofaol, kam qo‘llanadi.
220. E’tibor bering!!! Uka+jon, yigit+cha, toy+choq, kelin+chak, Unsin+oy, qiz+aloq,
ona+gina+m, Sharifa+niso, bola+kay, peshona+gina+m, aka+xon, o‘g‘il+tpy, Olim+toy,
jimitdek+kina, andak+kina, yumshoq+qina, jinni+voy, bo‘ta+loq
221. Subyektiv baho shakllari qaysi turkumlarga qo‘shiladi? Asosan, ot va sifatlarga
222. AVAYLAMOQ, ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq,
e’zoz etmoq, papalamoq (po‘palamoq). Ehtiyot holda tutmoq, ehtiyot bilan munosabatda
bo‘lmoq.
223. Yodlang!!!
1. Avaylamoq, asosan, «tashqi ta’sirdan, tashqi ta’sir natijasida bi-ror narsa bo‘lishdan
ehtiyot qilish» ma’nosida qo‘llanadi. Bu so‘zda ehtiyotlash darajasi ayamoq, ehtiyot qilmoq
so‘zlaridagiga nisbatan kuchliroq.
2. Ayamoq «tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish,
sarflanish kabilardan ehtiyotlanish» ma’nosida ham qo‘llanadi.
3. Ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq so‘zlarining ma’no xu-susiyati ularning o‘zagi
(ehtiyotdan) anglashilib turadi. Bular «tashqi ta’sir yoki biror sabab bilan biror narsa
bo‘lishdan ehtiyot holda tutmoq» ma’nosida qo‘llanadi.
4. Ardoqlamoq oddiy so‘zlashuvda kamroq uchraydi. Bu so‘zda g‘amxo‘rlik, hurmat
munosabati ham aks etadi.
5. E’zozlamoq, e’zoz etmoq kitobiy uslubga xos, unda g‘amxo‘rlik munosabati yana
ham kuchliroq bo‘ladi.
6. Papalamoq so‘zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi.
224. Diqqaat!!! Opa+gina+m, opa+gina+ng, opa+ginas+si kabilar erkalash shakli;
opa+m+gina, opa+ng+gina, opa+si+gina dagi –gina shakli yuklama sanaladi.
Egalik+gina=yuklama; gina+egalik=erkalash
225. DIQQAT!!!
1. Shunda sizni azob emas, rohat kutadi. 2. Shunda sizni azob emas, rohat kutajak.
1. Bir kun bu alamlar unutiladi. 2. Bir kun bu alamlar unutilgay. 2-gaplardagi zamon
shakllari uslubiy xoslangan sanaladi (publisistik uslubga xos)
226. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Gapida qaysi zamon ifodalangan?
O‘tgan zamon shakli qo‘llangan , ammo kelasi zamon ma’nosi ifoda etilgan
227. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Gapi qaysi uslubga xos?
So‘zlashuv uslubi
228. Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? Gapi
qaysi zamon shaklida qo‘llangan?
Nima de+di+ngiz kesimidagi –di o‘tgan zamon, ammo ma’nosi kelasi zamonni ifoda
etgan (ikkala gapada ham shakl—o‘tgan zamon, mzamun—kelasi zamon)
229. Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz? Gapi
qaysi uslubda?
So‘zlashuv usulubi
230. Xo‘sh, anovi divanni nima qildik? Bu yerda bo‘lgan bahslar shu eshikdan
chiqmasin, ma’qulmi, nima dedingiz?
230. Gaplarida nimaning taqazosi bilan zamon ko‘chgan?
So‘zlashuv uslubining taqazosi bilan
231. Hozirgi zamon shaklini yasovchi -yotir, -yap, -moqda qo‘shimchalari ma’nodosh.
Ammo ular orasida qanday uslubiy farq mavjud?
1) Ulardan -yap ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xos,
2) -yotir va -moqda qo‘shimchalari esa poetic(badiiy) uslubga xos bo‘lib tantanvorlik,
ko‘tarinkilik bo‘yog‘i(funksional bo‘yoq)ga ega
232. Kelasi zamon shakllaridan qaysi biri ham uslubiy xoslangan va tantanvorlik,
ko‘tarinkilik bo‘yog‘i(funksional bo‘yoq)ga ega? -ajak shakli
233. Diqqat qilib yodlang!!!
a) Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli (-a, -y qo‘shimchasi) ning qo‘llanishida
ham uslubiy o‘ziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, umuman, zamonni,
odatiylikni bildirish uchun ham qo‘llanadi. Masalan, predmetning belgisini bildiruvchi
so‘zlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega bosh kelishikdagi so‘z bilan
ifodalanadi kabi ifodalarda buni ko‘rish mumkin.
b) So‘zlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi,
pichoq kesadi singari qo‘llanishlarda kuzatiladi va aniq zamonni emas, umuman, zamonni
ifodalaydi.
234. Uslubiy xoslangan zamon shakllarini eslab qoling!!!
-ajak, -gay, -gu, -ayotib, -ayotir, -moqda
235. Zamonlarning ko‘chishini o‘rganing!!!
1) Endi men nima qil+di+m. Shakl o‘tgan zamon, mazmun kelasi zamon (nima
qil+a+man)
2) Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ket+d+im. Shakl o‘tgan, mazmun
hozirgi zamon (men ket+yap+man)
3) Bir kuni ko‘cha-da ketayotsam, Umri bir bosh uzum ko‘tarib kel+yap+ti. Shakl
hozirgi zamon, mazmun o‘tgan zamon (ko‘tarib kel+di)
4) Bir vaqt qarasam, yig‘la+yap+man. Shakl hozirgi, mazmun o‘tgan zamon
5) Ko‘cha tomondan traktorning kelib to‘xtagani eshitil+a+di. Ko‘p o‘tmay bir qop
narsani orqalab Qo‘chqor kirib kel+a+di. Shakllar kelasi zamon, ma’no o‘tgan
zamon(eshitil+di, kirib kel+di)
236. Yodlang!!!
AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam. Ruhiy yoki
jismoniy qiynoq.
1) Azob keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’no-sida ham, «o‘zga
tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham
qo‘llanaveradi.
2) Aziyat, asosan, yoz-ma nutqda va o‘qimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida
qo‘llanadi.
3) Jabr so‘zida belgi darajasi azob so‘zidagiga nisbatan kuchli va bu so‘z, asosan,
«inson tomonidan bo‘ladigan azob» ma’nosida qo‘llanadi.
4) Jafo mustaqil so‘z holida kam qo‘llanadi. Ko‘pincha bar so‘zi bilan juft so‘z
holida(jabr-jafo) yoki qilmoq fe’li bilan birga qo‘llanadi
5)Ozor so‘zida belgi darjasi azob , jabr so‘zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so‘z ham
mustaqil holda juda kam qo‘llanadi.
6) Zahmat mehnat bilan bog‘liq azobni bildiradi.
7) Alam bu ma’noda kam qo‘llanadi.
8) Iztirob, asosan, «ruhiy azob» ma’nosida qo‘llanadi va unda belgi darajasi azob
so‘zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi.
9) Uqubat, sitam so‘zlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat so‘zi, ko‘pincha,
azob so‘zi bilan, sitam so‘zi jabr so‘zi bilan juft so‘z holida qo‘llanadi. Azob-uqibat, jabr-u
sitam…
237. Hozirgi zamon shakli –yap qaysi uslubda ko‘p qo‘llanadi?
So‘zlashuv uslubi
238. Qaysi zamon shakllari poetic(badiiy) uslubda ko‘p qo‘llanib, tantanvorlikni
ifodalaydi?
-ajak, -ayotir, -ayotib, -gay
239. Qaysi zamon shakli aniq zamonni emas, umuman zamonni, odatiylikni bildirish
uchun ham ishlatiladi?
Kelasi zamon shakli -a(-y). boraman, uchadi, o‘qiyman, pishadi
240. SHAXS-SON SHAKLLARI KO‘CHISHI VA USLUBIYATIGA QARANG!!!
241. Borib so‘rasang, o‘shqirib beradi. Qo‘rqasan odam... Gapdagi qo‘rq+a+san
shaklini izohlang.
Bu yerda –san shaklan II shaxs birlikni, mazmunan I shax birlikni ifodalaydi
(qo‘r+q+man bo‘lishi kerak edi)
242. O‘libmizmi, akaxon, bizam tushunamiz, ishingiz nozik, ha.
Bu gapda tushun+a+miz kesimidagi –miz shaklan II shaxs ko‘plik, mazmunan II shaxs
birlik sanaladi ko‘plik birlik o‘rnida qo‘llangan) tushun+a+man bo‘lishi lozim edi.
243. Esda saqlang!!! Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari harakatning bajaruvchi shaxsini
, bu shaxslarning miqdorini ko‘rsatadi. Bu shakllar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik
uslublarda birinchi shaxsning ko‘plik(-miz) shakli shu shaxsning birligi(-man)ni ifodalash
uchun qo‘llanadi, bunda kamtarlik yoki manmanlik, kinoya-kesatiq kabi ma’nolarni
ifodalaydi.
244. E’tibor bering!!!
1) Biz ham bu narsalarni ko‘rgan+miz. (Men ham bu narsalarni ko‘rgan+man)
(Shaklan: K Mazmunan: B) manmanlik
2) Mana kel+di+k. (mana kel+di+m) kamtarlik
3) Jahongir “Hozir ko‘ramiz” deb stoliga qaytdi. ( ko‘r+a+man) (ko‘r+a+miz)
kamtarlik
4) Bu maqolni biz ham bilamiz dedi Shoto‘ra. (bil+a+man) (bil+a+miz) kinoya-
kesatish
245. Esda saqlang!!!
Ikkinchi shaxsning birligi va ko‘pligini ifodalovchi -san va -siz qo‘shimchalarining
qo‘llanishidagi uslubiy holat shundan iborat: 1) -siz hurmat ifodalashga, ya’ni «sizlash»ga
ham ixtisoslashgan
2) -san esa «senlash»ga ixtisoslashgan.
Masalan: a) Mansur aka, mana, siz ham, harqalay, uncha-muncha narsani ko‘rgansiz
(sizlash, hurmat ma’nosi).
b) Otingniqamchila, bo‘lmasa quruq qolasan. (sensirash, hurmatsizlik ma’nosi)
246. Diqqat!!! Hurmat yoki hurmatsizlik ifodalsh va kuchaytirish maqsadida –siz va –
san shaxs-son shakllariga –lar ko‘plik shakli qo‘shilishi mumkin.
a) Xush kel+ib+siz+lar (hurmat hamda ko‘plik)
b) Hammang mum tishlaganmi+san+lar(hurmatsizlik), nega javob
bermay+san+lar(hurmatsizlik)
247. Diqqat!!! Shuningdek, buyruq-istak maylidagi -ing qo‘shimchasi ham hurmat
ma’nosini ifodalaydi, ayni paytda ko‘pchilikni «sizlash» ma’nosida -inglar, ko‘pchilikni
«senlash» ma’nosida esa -laring qo‘shimchasi ishlatiladi.
A) Sizlar ketaver+ing+lar, orqalaringdan yetib boraman!(ketaver+ing+lar—hurmat)
B) Bu bolaga yetti yot begona edilaring-ku! Amaldor bo‘lgandan keyin g‘imirlab
qoldilaringmi? (begona edi+lar+ing va g‘imirlab qoldi+lar+ing hurmatsizlik)
248. Demak, o‘q+ing birlikdagi hurmat, o‘qi+ng+lar ko‘plikdagi hurmat;
249. Demak , O‘qi+lar+ing ko‘plikdagi hurmatsizlik
250. Xullas, ayt+ ing+lar=ko‘plik va hurmat; ayt+ lar+ing ko‘plik va hurmatsizlik
251. Qani jo‘na+lar+ing. 1) Buyruq mayli 2) ko‘plik 3) hurmatsizlik
252. Salomat bo‘l+sin+lar—salomat bo‘ling (sh:III shaxs—m:II shaxs—salomat
bo‘l+ing)
253. Endi, ijozat etsalar, bir-ikki so‘raydurgon gapimiz ham bor.(sh: III shaxs—m:II
shaxs—ijozat etsa+ng)
254. Assalomu alaykum, taqsir! Xush kelibsiz (sh:II shaxs ko‘plik—m: II shaxs birlik—
kelib+san)
255. Xush ko‘rdik! Sizlarga ming-ming rahmat, O‘rmonjon (sh: I shaxs ko‘plik—m: I
shaxs birlik—ko‘rdi+m)
256. E-e... kelsinlar, kelsinlar. Qadamlariga ha-sanot! (sh: III shaxs ko‘plik—m: II
shaxs birlik—kelib+siz)
257. Bu men, akosi, tanidilarmi? (sh: III shaxs ko‘plik—m: II shaxs birlik—
tanidi+ng+mi)
258. Yodlang!!!! AYYOR, mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli,
mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak,qirriq, xirpa, maston. Aldab, chalg‘itib, har qanday
ishni o‘z foydasiga hal qiladigan makr-hiylaga usta.
259. Yodlang!!!
1. Ayyor, quv, mug‘ombir so‘zlari odamga va ayrim boshqa jonivorlarga nisbatan ham
qo‘llana oladi.
2. Qolganlari esa bu ma’noda faqat odamga nisbatan qo‘llanadi.
3. Ustomon, hiylagar so‘zlarining ma’nosi uning o‘zagidan anglashilib turadi.
4. Mug‘ombir so‘zida belgi darajasi ayyor so‘zidagiga nisbatan biroz kuchsiz.
5. Quv so‘zida belgi darajasi kuchliroq.
6. Dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), makkor so‘zlarida ham belgi darajasi kuchli. Lekin bu
so‘zlar nisbatan kam qo‘llanadi.
7. Shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa so‘zlari«ish ko‘rgan ayyor» ma’nosida qo‘llanadi.
Maston so‘zi folklor asarlarida va ayrim shevalarda uchraydi
260. Qaysi shaxs-son shakli sizlashga xos?
-siz bor+a+siz
261. Qaysi shaxs-son shakli senlashga xos?
-san bor+a+san
262. –san va –siz shakllariga hurmat yoki hurmatsizlikni kuchaytirish uchun qaysi shakl
qo‘shiladi?
Ko‘plik shakli –lar bor+a+siz+lar—bor+a+san+lar
263. INKOR SHAKLLARI VA USLUBIYATI!!!
264. Yodlang!!! Tilimizda inkorni ifodalovchi morfologik vositalar sifatida fe’lning
bo‘lishsizlik shaklini yasovchi 1) -ma qo‘shimchasini, 2) emas, 3) yo‘q kabi so‘zlarni,
shuningdek, 4) na..., na yordamchisini ko‘rsatish mumkin.
265. Qaysi inkor shakli so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda tasdiqni(inkorni
emas), tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalashi mumkin?
Bo‘lishsizlik shakli –ma bormay qo‘ymayman—boraman (ta’kidlangan tasdiq)
266. Qaysi inkor shakli ritorik so‘roq gaplarda keng qo‘llanadi?
Bo‘lishsizlik shakli –ma
267. Ritorik so‘roq gaplarda qaysi shakl tasdiqni(inkorni emas) kuchaytirib ifodalaydi?
Bo‘lishsizlik shakli –ma
268. Rahimov g‘animga tashlangan chog‘da Alpomish shiddatin payqamagan kim?!
Ushbu ritorik so‘roq gapda nima tasdiqni kuchaytirgan?
Bo‘lishsizlik shakli –ma (bu yerda “hamma payqagan” degan yorqin ifodani yuzaga
chiqargan)
269. Bo‘lishsizlik ifodalovchi -ma qo‘shimchasi fe’l tarkibida qaysi qo‘shimchalar
mavjud bo‘lganda, fe’lga qo‘shila olmaydi? -moq, -moqda, -moqchi kabi ( bu o‘zbek
nutqiy odatida yo‘q. Masalan, kelmamoq, kelmamoqda, kelmamoqchi kabi qo‘llanishlar
mumkin emas)
270. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarining har ikki qismi, ya’ni ham yetakchi, ham
ko‘makchi fe’lga bu qo‘shimcha qo‘shilganda ham, inkor emas, balki qat’iy tasdiq
ifodalanadi. Bunga misol ayting! Dushmanni yeng+may qol+maydi (albatta yengadi) Hech
kim bil+may qol+maydi (hamma biladi)
271. Qaysi inkor shakli inkor bog‘lovchisi sifatida ham, inkor yuklamasi sifatida ham
inkorning kuchli va qat’iy
272. ifodalanishiga xizmat qiladi, nutqning emotsional-ekspressivligini kuchaytiradi?
..na…na inkor shakli
273. Inkor ma’nosi ba’zan so‘zlashuv uslubida, demakki, badiiy uslubda ham !!!
Ohang(intonatsiya) yordamida ifodalash mumkin. Misol ayting. Bor gapni aytaman-
tashlayman. Uni topib bo‘ptilar keyin (ya’ni, topa olmaydilar inkor ma’nosini ifodalagan)
274. Demak, inkorni 1) –ma 2) yo‘q 3) emas 4) …na…na 5) ohang bilan hosil qilish
mumkin!!!
275. Bir ahmoq xodimining qilig‘i uchun mansabdan ayrilishni kim ham istar edi? (sh:
tasdiq—m: inkor)
276. Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo‘lganlarga nima ham deya olardi?
(sh: tasdiq—m: inkor)
277. Bu gaplarni kim bilmaydi dersiz? (sh: inkor—m: tasdiq ritorik so‘roq gap)
278. Diqqat!!! Ritorik so‘roq gaplar kesimi tasdiq bo‘lsa, inkorni, inkor bo‘lsa tasdiqni
ifodalaydi)
279. Bo‘lishsizlik shakli yetakchi fe’lga qo‘shilsa, davomli bo‘ishsizlikni ifodalaydi.
O‘qi+may qo‘ydi, kel+may qo‘ydi(anchadan beri, davomli)
280. Bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi fe’lga qo‘shilsa, bir martalik inkorni ifoda etadi:
o‘qib qo‘y+madi, bajarib qo‘y+madi (bir marta)
281. Bo‘lishsizlik shakli ko‘makchi ham yetakchi fe’lga qo‘shilsa qanday ma’no
anglashiladi? Qat’iy tasdiq qimay qo‘ymadi, bajarmay qo‘ymadi
282. YODLANG!!! ASIL, sara, sarxil, xil, mumtoz, zupta, poshshaxon Qimmati,
fazilati va boshqa xususiyati jihatidan eng yuqori darajali, eng yaxshi.
1) Asil, sara, xil shaxs yoki narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llana oladi Lekin juda oz
uchraydi.
2) Sarxil faqat narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llaniladi.
3) Sara, sarxil donalab sanaladigan narsa-predmetlarga nisbatan qo‘llanadi.
4) Sarxil, asosan, saralab (xillab) ajratilishi mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan
qo‘llanadi va unda saralash (xillash) ottenkasi sezilib turadi.
5) Mumtoz kitobiy uslubga xos, shaxsga nisbatan qo‘llanadi.
6) Poshshaxon oddiy so‘zlashuv uslubga xos.
7) Zupta kam qo‘llanadi
283. Na… na inkor shakli badiiy usulubda inkorni ifodalaydi.
284. Yo‘q so‘zi gap boshida kelsa, qat’iy inkorni ifodalaydi. Yo‘q, bormayman.
285. SINTAKTIK VOSITALARNING QO‘LLANISH USLUBIYATI!!!
286. Gap bo‘laklarining odatiy tartibi mavjud. Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim
esa keyin joylashadi, aniqlovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi,
demak, kesim odatda gapning oxirida keladi.
287. DIQQAT!!! Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi
so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan so‘z tartibi inversiya
deb nomalandi.
288. Qaysi uslublarda so‘zlarning odatdagi tartibi saqlanadi? Ilmiy va rasmiy uslublarda
gapda so‘zlarning odatdagi tartibi , asosan, qat’iy saqlanadi
289. Qaysi uslublarda odatdagi tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi
mumkin? So‘zlashuv, badiiy va publisistik usulublarda inversiya uchraydi
290. Inversiyaga misollar ayting. 1) Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. 2) Bir
daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini.
291. Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi(inversiya) mantiq urg‘usining o‘zgarishi bilan
ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni ta’kidlashga xizmat qiladi,
bunday urg‘uli bo‘lak qaysi bo‘lak oldiga olib o‘tiladi? kesimning oldiga olib o‘tiladi
292. Mantiqiy urg‘u kesim oldiga kelishiga misol ayting!
1) Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun bordi (Boshqa narsaga
emas, nodir kitobni o‘qish uchun) bordi;
2) Kecha kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi. (boshqa kishi emas,
do‘stim bordi) ;
3) Do‘stim nodir kitobni o‘qish uchun kecha kutubxonaga bordi (Boshqa joyga emas,
kutubxonaga bordi);
4) Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, bugun emas)
293. Sinonimlarni yodlang!!! BAJARMOQ, ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq,
do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq. Ish-vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq.
1) Bajarmoq, ado etmoq «ish-vazifa, topshiriqni ijro qilish va yakuniga yetkazish»
ma’nosida qo‘llanaveradi.
2) Ado etmoq ko‘proq kitobiy uslubga xos.
3) Bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, bajo qilmoq, asosan, «ish-vazifani yakuniga
yetkazish» ma’nosida ishlatiladi.
4) O‘rinlatmoq kam qo‘llanadi.
5) Do‘ndirmoq ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos va unda belgi darajasi kuchli.
6) bajo qilmoq nisbatan eskirgan, kam qo‘llanadi.
7) O‘tamoq «burch-vazifani ado etish» ma’nosida qo‘llanadi
294. Gap bo‘laklari o‘zgarishi qanday asarlarga ko‘proq xos? She’riy
295. O‘rningdan tur jumlasida ma’noni qanday kuchaytirish mumkin?
Tur o‘rningdan deya inversion qo‘llash
296. IFODA MAQSADIGA KO‘RA GAPLAR USLUBIYATI!!!
297. Diqqat!!! Darak, so‘roq va buyruq kabi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
nutqiy uslublarda turli qo‘shimcha uslubiy ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu
turlarning barchasi kuchli his-hayajon, emotsionallikka ham ega bo‘lishi mumkin, bunday
holatlarda ular undov gaplar ham deyiladi. Nutq uslublarining deyarli barchasida gaplarning
bunday turlari matn maqsadiga muvofiq ravishda qo‘llanadi.
298. Nutqada eng ko‘p qo‘llanadigan gap turi qaysi?
Darak gaplar
299. Qanday gaplarda maxsus intonatsiya yordamida sevinch, gumon ma’nolarini
ifodalash mumkin?
Darak gaplarda
300. So‘roq gaplar xilma-xil uslubiy xususiyatlarga ega. Bunday gaplarning ayrim
ko‘rinishlari so‘roq bilan birga hayrat, gumon, shubha, hayajon, sevinch, taajjubni ifodalash
mumkin. Bunga misol ayting!
1) Shunaqayam bo‘ladimi?! (hayrat)
2) Do‘stim g‘olib bo‘ldimi?! (seninch, hayajon)
3) Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?(shubha-gumon)
301. Hatto ba’zan so‘roq gap bevosita so‘roqni emas, balki buyruqni ham bildirib
kelishi kuzatiladi. Bunga misol ayting! Tez-tez yurmaysanmi?! («Tez-tez yur» mazmuni
angashiladi). Bunday holatlar ko‘proq so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarga xos
302. Qanday gaplarning ilmiy va rasmiy uslublarda qo‘llanishi ularning so‘zlashuv,
badiiy va publisistik uslublarda qo‘llanishidan katta farq qiladi?
Buyruq gaplarning qo‘llanishi
303. Qaysi uslubda buyruq gaplar his-hayajonsiz, ya’ni emotsionalliksiz qo‘llanadi?
Ilmiy va rasmiy uslubda
304. Qaysi uslublarda buyruq gaplar ko‘proq emotsionallik ifodasi bilan ishlatiladi?
so‘zlashuv, badiiy va publisistik uslublarda
305. Sinonimlarni yodlang!!! BALO, usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan,
epchil, chaqqon, uddaburon. O‘rinlatib bajaradigan, mahorat va chaqqonlikka ega.
1) Balo ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos. U «aqliy, jismoniy ish-harakat bajarishda
yuqori mahoratga egalik»ni ifodalash uchun qo‘llana oladi.
2) Usta aql, malaka talab etadigan harakatlarga nisbatan qo‘llanadi.
3) Ustamon quvlik, ayyorlik bo‘yoqqa ega.
4) Bilag‘on, bilarmon so‘zlarining xususiyati ularning o‘zagidan anglashib turadi.
5) Bilarmon salbiy bo‘yoqqa ega.
6) Chechan, chaqqon, epchil «tez va oson bajarish mahoratiga egalik»ni bildiradi.
7) Uddaburon, asosan, «ish-vazifani ijro etish mahoratiga egalik»ni ifodalash uchun
qo‘llanadi.
306. Diqqat!!! Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydigan, tasdiq mazmunidagi
javobni o‘zida yashirin ifodalaydigan gaplar bo‘lib, ular eng kuchli uslubiy vositalardan
sanaladi. Bunday so‘roq gaplarda fikr kuchli his-hayajon, emotsionallik bilan, juda ifodali,
ta’kidli va ta’sirchan tarzda beriladi. Shuning uchun bunday gaplar, asosan, so‘zlashuv,
badiiy va publitsistik uslublarda keng qo‘llanadi.
Misollar:
1) Hozir erta turmasa bo‘ladimi?! (bo‘lmaydi)
2) Xalqini sevgan qaysi farzand vatanini ozod ko‘rishni xohlamaydi?! (ozod ko‘rishni
xohlaydi)
3) Oliy adolat degani mana shu emasmi?! (shu)
307. Yodlang!!! BOSHLIQ, rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon,
ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo.
Guruh, jamoa, xo‘jalik va shu kabilarning ish-harakatida bosh bo‘luvchi, mas’ul shaxs
1) Boshliq «katta jamoa, xo‘jalikka rahbar shaxs» ma’nosida ham, shuningdek, «uch-
to‘rt kishidan iborat kichik guruhning juda qisqa muddatli ishiga boshchi shaxs» ma’nosida
ham qo‘llana oladi. Lekin «katta xo‘jalik (muassasa) ish-faoliyatining rahbari» ma’nosida
ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos bo‘ladi.
2) Rahbar, asosan, «davlat idoralarining boshchilari» ma’nosida qo‘llanadi.
3) Yo‘lboshchi so‘zida «boshlovchilik, yetakchilik qilish» bo‘yog‘i bor.
3) Ishboshi nisbatan eskirgan.
4) Boshchi kam qo‘llanadi.
5) Katta, kattakon, ulug‘ oddiy so‘zlashuvga xos.
6) Rahnamo kitobiy uslubga xos ma’no xususiyati jihatidan yo‘lboshchi so‘ziga yaqin
turadi.
7) Peshvo, sarvar eskirgan, kitobiy.
8) Sardor, sarkarda kam darajada, asosan, obrazli ifodalarda qo‘llanadi
9) Xo‘jayin oddiy so‘zlashuvga xos, biroz salbiy bo‘yoqqa ega.
10) Kallampo oddiy so‘zlashuvga xos, kam qo‘llanadi, salbiy bo‘yog‘i kuchli.
308. UNDALMALAR USLUBIYATI!!!
309. !!! Ma’lumki, undalma so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani
ifodalaydi.
310. !!! Ular so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor,
rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi.
311. !!! Masalan, rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib
turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki...
312. !!! Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-
ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi. Masalan: Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz
umrim parchasi(hurmat). Bo‘tam, orqaga qayt . Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz.
(erkalash).
313. !!! Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli 1)
undovlar ham birga qo‘llanishi 2) undalmalar takror holda kelishi mumkin. Masalan:
1) Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydi ko‘ngil. (undovi
mavjud undalma)
2) Qizginam-ey, qizginam-ey,nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey! (undalma takror
kelgan)
3) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey
do‘st. (undalma takror kelgan) 314. Diqqat!!! Undalmalar gapning ichida yoki oxirida
kelganda, emotsionallik bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi. Masalan:
1) Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan – onajon.
2) Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim.
3) Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a,
dada?
4) Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan
undoq deydi, bilmagan mundoq
deydi.
315. Yodlang!!!
VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on,
lahza.
Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k.
bilan o‘lchanadigan davomiyligi.
1)
Dostları ilə paylaş: |