318. !!! Undalmalar gap o‘rtasi va oxirida kelsa emotsionallaik bo‘yog‘i, subyektiv
munosabatni ifodalaydi
319. !!! Undalmalar gap boshida kelsa tinglovchining diqqatini jalb qilish uchun
qo‘llanadi
320. GAPDAGI KIRISHLAR USLUBIYATI
321. !!! Tilimizdagi kirishlar deb umumlashtiriladigan birliklar
juda katta uslubiy,
ekspressiv-emotsional imkoniyatlarga ega. Kirishlar so‘zlovchining bayon qilinayotgan
fikrga bo‘lgan subyektiv bahosi, turli munosabatini ifodalash uchun xizmat qiladi, ya’ni
nutqning ifodaliligi, ta’sirchanligi, ekspressivligini ta’minlaydi. Ular:
1) ishonch
(U, albatta,
keladi),
2)
gumon-taxmin
(U, ehtimol, keladi),
3)
istak, mamnunlik
(U, xayriyat, keldi),
4)
taajjub
(Tavba, u kelmaydimi?!),
5)
ta’kid
(Axir, u keladi),
6)
fikrning kimga
tegishliligi
(Menimcha, u keladi),
7)
fikrni jamlash,
xulosalash (
Xullas, u keladi)
kabi bir qancha uslubiy ma’nolarni
ifodalaydi.
322. !!! Kirishlar mohiyatan subyektiv ma’no ifodalashga xoslangani uchun rasmiy
uslubda deyarli qo‘llanmaydi.
323. Kirishlar:
1) alohida so‘z
(afsuski, sizningcha, aytishlaricha
kabi)
2) so‘z birikmasi
(gapning ochig‘i, dangalini aytganda, so‘zning qisqasi kabi)
3)
gaplar
(Rostini aytsam, O‘ylab ko‘rsam, Buni qarang
kabi)
yoki undan katta birliklar
shaklida bo‘lishi mumkin.
324. !!! Kirishlar asosiy gapdan verguldan tashqari, ayniqsa, gapga teng holatlarda
qavslar, ba’zan tire bilan ajratilishi mumkin.
325. Yodlang!!! BOPLAMOQ, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq,
kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq. Ijrosini
o‘rniga qo‘ymoq.
1)
Boplamoq, qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq,
do‘ndirmoq
oddiy ish-harakatlarga
nisbatan ham, shuningdek, bajarilishi
ustalik, mahorat
talab etadigan harakatga nisbatan ham qo‘llana oladi.
2)
Qiymoq, eshmoq
ko‘proq oddiy so‘zlashuvga xos, bular bajarilishi ustalik,
mahorat
talab etadigan harakatalarga nisbatan qo‘llanadi va bu so‘zlarda belgi darajasi ancha yuqori
bo‘ladi.
3)
Kelishtirmoq
nisbatan kam qo‘llanadi.
4)
Mondalamoq
shevaga xos.
326. KIRITMALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI!
327. Esda saqlang!!! Tilimizdagi kiritmalar deb umumlashtiriladigan birliklar
so‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo‘shimcha izohi, to‘ldiruvchi ma’lumotini
ifodalaydi. Ular nutqning aniqligi va to‘liqligini ta’minlaydigan muhim vositalar sifatida
nutqning deyarli barcha uslublarida qo‘llanadi. Ammo badiiy va
publitsistik uslublarda
qahramon xarakterini ochish, uning nutqini individuallashtirishdagi muayyan holatlarni
izohlash, fikr ifodalashning o‘ziga xos usuli kabi vazifalarni ham bajaradi.
328. Diqqat!!! Kiritmalar ham so‘z, so‘z birikmasi va gap shakllarida bo‘lishi mumkin.
Ko‘pincha qavslar bilan asosiy gapdan ajratiladi:
1)
Dostları ilə paylaş: