Omon nurmurodov



Yüklə 431,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix11.07.2023
ölçüsü431,47 Kb.
#136394
1   2   3   4   5
10-sinf ona tili ma\'lumotnoma

G‘oyat, g‘oyatda, nihoyatda, benihoya, rosa, toza 
ma’noni yana ham
 
kuchli 
bo‘yoqda ifodalaydi. 
2) 
Benihoya
(
t
) nisbatan kam qo‘llanadi. 


3) 
Ashaddiy,
o‘taketgan 
so‘zlari sifatiy belgiga nisbatan qo‘llanadi. Bularda belgi 
darajasi
 
kuchli. 
4) 
Obdan, o‘bdan, rosa, chunon
so‘zlari, asosan, harakatning belgisini bildiradi va 
bularda harakat darajasi 
juda 
so‘zidagidan pastroq bo‘lishi ham mumkin. 
5) 
Xo‘p, rosa, biram, zap
so‘zlari bu ma’noda, asosan, so‘zlashuv uslubiga xos. 
6) 
O‘ta
so‘zida belgi darajasi yana ham kuchli. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvda deyarli 
qo‘llanmaydi. 
7)
Bisyor 
eski, kitobiy. Shunga ko‘ra hozir yozuvda juda kam qo‘llanadi. 
8) Yomon 
oddiy, jonli nutqqa xos. 
343. Sinonimlarni yodlang!!! KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq. 
Organizmning normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi. 
1) 
Kasal 
keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga,
 
hatto jonsiz 
narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z «organizm faoliyatining vaqtincha 
buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham
qo‘llanaveradi. 
2) 
Betob, notob, bemor, xasta 
odamga nisbatangina qo‘llanadi. 
3) Betob, notob 
so‘zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini
 
bildiradi. 
4) 
Notob
kam qo‘llanadi. 
5) 
Bemor
so‘zida ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga nisbatan 
yozuvda ko‘p qo‘llanadi. 
6) 
Xasta
nisbatan eskirgan. 
7) 
Nosog‘
juda kam qo‘llanadi. 
8) 
Og‘riq 
so‘zi ham bu ma’noda kam qo‘llanadi. 
344. Esda Saqlang!!! Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta. 
O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy asarda qahramon 
qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida 
o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va 
ifodali tasvir yuzga keladi. Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma 
gpa turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un ravishda bu qo‘shma gap 
sodda gapga aylantirilishi ham mumkin. Ya’ni, ko‘chirma gap sodda o‘zlashtirma gapga 
aylantirish mumkin. 
345. Esda saqlang!!! O‘zlashtirma gap deb yuritiladigan bu sodda gap ko‘chirma gapli 
qo‘shma gap bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Qiyoslang: Men O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga 
a’zo bo‘ldim, – dedi mamnunlik bilan do‘stim. – Do‘stim O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo 
bo‘lganligini mamnunlik bilan aytdi. 
346. Esda saqlang!!! Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalar yashagan hududlarni birma-
bir kezib, ularning tilidagi farqli xususiyatlarni aniqladi, turkiy tillarni guruhlarga tasniflash 
imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahmud Koshg‘ariyning o‘zi bu haqda shunday yozadi: «Puxta 
qo‘llanma bo‘lsin deb, har bir qabilaning o‘ziga xos xususiyatlariga qiyosiy qoidalar 
tuzdim... Bu masalaga qiziqqan mutaxassislarga asarni qo‘llanma qildim» (Mahmud 
Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit-turk)


347. Matn va Iqtibos mavzusi!!! 
348. Yodlang!!! Gaplar ketma-ketligining bog‘lanishlilik asosida og‘zaki yoki yozma 
shaklda yuzaga kelgan tarkibiy, mazmuniy va kommunikativ yaxlitligi bo‘lgan yirik birlik 
matn deyiladi. Matn tilning eng yirik birligidir. 
349. Esda saqlang!!! Har qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra 
so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn va publitsistik matn farqlanadi. 
Odatda matndagi yaxlit mavzu-mazmun, asosiy g‘oya, mullaifning maqsadiga muvofiq 
uning nomi—sarlavhasi bo‘ladi. Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa 
matnlardan olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar ifodalanyotgan 
fikrni dalillash, isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish, 
unga munosabat bildirish kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi. 
350. Diqqat!!! Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi. 
Iqtiboslar har qanday nutq uslublarida ham kuzatilsada, ayniqsa, ilmiy matnda alohida 
o‘ringa ega. Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan. 
351. O‘rganib chiqing!!! Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab 
yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy 
badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish nazarda tutiladi. 
Badiiy matnga iqtiboslarning kiritilishi badiiy tasvir usulidir. Masalan, yozuvchi Murod 
Muhammad Do‘stning «Lolazor» romanidan olingan quyidagi parchada asar bosh qahramoni 
Yaxshiboyev nutqida Alisher Navoiyning mashhur «Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga 
sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot» bayti keltirilgan va uning manbasi, kimga 
tegishliligi aytilmagan, shu tariqa ijodkor maqsadiga – qahramon xarakterining bir qirrasini 
ochib berishga batamom xizmat qiladigan poetik ifoda yuzaga kelgan:

Yüklə 431,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin