Ha, qo‘llanadi.
335. QO‘SHMA GAPLAR USLUBIYATI
336. Esda saqlang!!! Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar
orasidagi mazmuniy
munosabatlarni ifodalaydi, shu tariqa real olamdagi ikki voqea-hodisa o‘rtasidagi
aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat, maqsad, shart, to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha
munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi
vositalar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin.
337. !!! Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga ko‘ra tegishli mazmun ifodasida
turli
farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo
bo‘ladi. Ana
shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy
imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.
338. Diqqat!!! Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi.
Ularning bog‘lovchili turida voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat aniq, ochiq va
qabariq
ifodalanadi, bog‘lovchisiz turida esa bunday emas. Masalan, quyidagi misolda sabab-oqibat
munosabatining ifodalanishini qiyoslang:
1) Til millatning bebaho mulki, shuning uchununi hamisha muhofaza qilmoq lozim!
Mazkur gapda bog‘lovchi shtirok etgani uchun sabab-oqibat munosbati ochiq, qabariq aks
etgan
2) Til millatning bebaho mulki, shuning uchununi hamisha muhofaza qilmoq lozim!
Mazkur gapda bog‘lovchi qo‘llanmagani uchun sabab-natija munosabati shaklan aks
etmagan!!!
339. !!! So‘zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati
chegaralangan, shuning uchun so‘zlashuv uslubida bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ko‘proq
qo‘llanadi!!!
340. !!! Ilmiy va rasmiy uslublarda esa mazmunni to‘liq va aniq ifodalash ehtiyoji bilan
qo‘shma gaplarning bog‘lovchili turi afzal ko‘riladi
341. Badiiy va publitsistik uslublarda esa xilma-xil ma’no nozikliklari, uslubiy bo‘yoq,
tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo‘shma gaplarning har ikki turi(bog‘lovchili va bog‘lovchisiz)
qo‘llanaveradi.
342. Sinonimlarni yodlang!!! JUDA, g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat, nihoyatda, benihoya,
ashaddiy, o‘taketgan, toza, rosa, xo‘p (xo‘b), biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, o‘bdan,
chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, o‘lgu(n)day, o‘larday,
o‘larcha, qattiq. Yuqori darajada, ortiq darajada.
1)
Dostları ilə paylaş: