Mavzuning dolzarbligi ushbu muammoga yagona yondashuvning yo’qligi bilan bog’liq.
Tadqiqot ob'ekti - zamonaviy tilshunoslik kategoriyalari sifatida omonimiya va polisemiya.
Tadqiqot predmeti lingvistik muammolarni ushbu kategoriyalar aspektida yoritishdan iborat.
Tadqiqot maqsadi omonimiya hodisasini har tomonlama o’rganishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun ishda quyidagi tadqiqot vazifalari to’plami hal qilinadi: omonimiya va polisemiyani lisoniy hodisa sifatida tavsiflash;“omonimiya” tushunchasiga ta’rifning lingvistik lug’atlarda aks etish xususiyatlarini ko’rib chiqish; so’zlarning ma'nosi shakliy bog’lanish turlarini o’rganish.
I BOB. OMONIMLAR VA ULARNING TURLARI 1.1. Omonimlar, ularning turlari va manbalari Odatda, so’zlar aytilishi, yozilishi va ma'nolarini qiyoslash natijasida turli guruhlarga bo’linadi.
Bir xil aytilib yoki yozilib, turli ma'nolarni ifoda qiluvchi so’zlar omonimlar deyiladi (grekcha homog – “bir xil”', onyma – “nom”). Omonimlar quyidagi turlarga bo’linadi: a) haqiqiy omonimlar: ot – hayvon, ot – nom. Ot – biror narsani uloqtirmoq, ot – miltiq bilan otmoq; b) aytilishi bir xil, lekin ma'nolari va yozilishi har xil bo‘lgan omofonlar: qurt – hasharot, qurt – sut – qatiqdan qilingan ozuqa; ruscha лук– piyoz, луг – o‘tloq; v) omograflar, ya'ni yozilishi bir xil, lekin talaffuzi va ma'nolari har xil bo’lgan so’zlar: son – raqam, son – odam jismidagi a'zo: inglizcha tear – ko’z yoshi, tear – yirtilmoq; g) omoforma yoki leksik-grammatik omonimlar, ya'ni grammatik shakli to’g’ri keluvchi, biroq ma'nolari farqlanuvchi so’zlar: qarg’a – qushning turi, qarg’a – qarg’amoq fe'lining buyruq shakli, o’t – o’simlik turi, o’t – olov, o’t – o’tmoq fe'lining buyruq shakli, ruscha moy – olmosh, moy – buyruq fe'li. Ingliz tilida hour – soat, our – bizning, light – yoriq, light – yengil. Ba'zan bir xil yoziluvchi, biroq talaffuzida urg’uning o’rni bilan farqlanuvchi qarg’a (qush) – qarg’a (“qarg’amoq” fe'lining buyruq shakli) omoformalar bir yo’la omograflar bo’la oladi.
Ba'zi omonimlar ona tilidagi so’zning yozilishi yoki aytilishiga boshqa tildan kirgan so’zning yozilishi yoki aytilishining mos kelib qolishi natijasida hosil bo’ladi. Masalan, tok – elektr quvvati, tok – uzum daraxti, to’rt – son, tort – ozuqa (ko’pincha o’zbek tilida to’rt deb talaffuz etiladi). Ko’pincha omonimlar tildagi tovush o’zgarishlari natijasida hosil bo’ladi. Masalan, ingliz tilida piece – bo’lak, peace – tinchlik, weak – kuchsiz, week – hafta, tear – ko’z yoshi, tear – yirtmoq kabi omonimlar tarkibidagi unli 1tovushlarning o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan. Ingliz tilida so’zlarning yozilishi va talaffuzi o’rtasida katta farq mavjud.
Unda har xil yoziluvchi so’zlar ham bir xil talaffuz qilinishi mumkin: knight –farzin, night – kechasi, die – o’lmoq, dye – bo’yamoq kabi. Shu sababli bu tilde omonimlarning har xil turlari juda ko’p uchraydi. Ma'no jihatdan farqlanuvchi, biroq aytilishi va yozilishi bir xil bo’lgan so’zlar to’liq omonimlar deb ataladi.
Agar so’zlarning faqat yozilishi yoki talaffuzi bir xil bo’lsa, ular to’liq bo’lmagan omonimlar deyiladi.
Omonimlarning kelib chiqishini so’zlarning ko’p ma'noli xususiyatlarining kamayishi bilan izohlash ham mumkin. Bosmoq fe'lining polisemantik, ya'ni ko’p ma'noli xususiyati kuchsizdir. Shu sababli bu fe'lning buyruq shakli “bosma”, boshqa shu o’zakdan hosil bo’lgan “bosma” (qog’oz) oti bilan omonim bo’lib qolgan.
Omonimlarni farqlashda ularning tarixiy kelib chiqishini ham hisobga olish zarur. Masalan, tug’ilmoq chaqaloq tug’ildi) va tug’ilmoq (fikr tug’ildi, hosil bo’ldi). Har ikkisi bir o’zakdan kelib chiqqan. Omonimlarning kelib chiqishida tildagi tovush o’zgarishlari, yozuv qoidalari va semantik siljishlar muhim manba bo’ladi. Omonimlarning ma'nolari nutq situatsiyasida, kontekstda aniqlanadi.
Omonim so’zlar
Tilda so’zlar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra omonim, sinonim, antonim va paronim so’zlarga bo’linishi barchaga ma’lum. Bu esa nutqning chiroyli, ta’sirchan ifodalanishi va leksemalardagi nozik ma’no qirralarini farqlashga yordam beradi. Shakli bir xil, ma`nosi har xil so’zlar omonim so’zlardir .Shu jumladan, omonimlar ham shakli va qo’llanilish uslubi jihatdan alohida o’ringa ega so’zlardir. Omonimlarning yuzaga kelish sabablari har xildir:
1. Tilda azaldan mavjud bo’lgan ayrim so’zlarning shakllari tasodifan teng bo’lib qoladi: baqa-qurbaqa, baqa-suv tegirmoni parrakdan harakat olib2 , tegirmon toshini aylantiruvchi metall qismi;
2. Bir ma`noli so’z leksik ma`noning ko’chishi oqibatida ko’p ma`noli so’zga aylanadi , keyinroq bosh ma`no va hosila ma`no o’rtasidagi bog`lanish unitilib, bir so’z negizida ikki boshqa-boshqa leksema paydo bo’ladi: kun-quyosh; kun- sutka, kun chiqqandan yana kun chiqqungacha bo’lgan vaqt;
3. Boshqa tillardan o’zlashtirilgan ayrim leksemalar o’zbek tilidagi u yoki bu leksemaga shaklan teng bo’lib qoladi: toy(fors-tojik)-katta to’p qilib taxlab yoki bosib bog`langan mol va shu tarzdagi mol o’lchovi;
4. Boshqa tillardan o’zlashtirilgan leksemalar orasida shaklan teng bo’lgan so’zlarning uchrashi omonimiyaga olib keladi:surat(arabcha)-rasm, surat(arabcha)-urf-odat;
5. Leksemalarning yasalishi ham ba`zan omonimlarni keltirib chiqaradi:qo’noq-tariq, qo’noq(qo’n+oq)-mehmon kabi.
Shakldosh so’zlar nutqda keng qo’llanilib badiiy adabiyotda tajnis(jinos) san’ati va she’riy janrlardan biri- tuyuq ni yuzaga keltiradi. XI asrda o’zining buyuk asarini yaratgan Yusuf Xos Hojib ham shakldosh so’zlardan samarali foydalangan:
Tili yolg’on erning jafa qilqi ul,
Jafa kimda ersa asha yilqi ul. Kishi yalg’anindin tilama vafa,
Bu bir so’z sinamish o’gush yilqi ul. Tili yolg’on erning jafo xulqidir,
Jafo kimda bo’lsa o’sha yilqidur. Kishi yolg’onidan vafo kutmagin,
Bu so’z sinalgan talay yilgidir.
Birinchi baytdagi yilqi ul so’zi “ot yoki otlar podasi, uyur, “ ma’nosini anglatib, (O”TIL II.269-bet), keyingi baytdagi yilqi ul “ancha yilga oid, aytilaverib siyqasi chiqqan gap”(O”TIL II.268-bet) ma’nosini bildirayotgan so’z bilan omonimlik munosabatini hosil qilmoqda. Bu esa adibning so’z qo’llash mahoratining boyligini ko’rsatib beruvchi vosita sifatida xizmat qilmoqda.
Adib bir baytning o’zida antonimlarni mahorat bilan qo’llay olgani uning ohoriy shakldoshlik yaratganini ko’rsatadi.
Qayu erda bo’lsa o’qush birla o’g, Ani er atagil necha o’gsa o’g. O’qush, o’g, bilig kimda bo’lsa tugal,
Yavuz ersa kad te, kichik ersa o’g. Agar kimda bo’lsa aql, ilm, zehn, Uni madh etib sen tugal er degin Ziyod bo’lsa kimda uquv, aql, bilim,
Yomon va kichik bo’lsa ham uni maqtagin.
Mazkur omonim so’zlar misralarda ma’no jozibasini ta’minlash bilan birga ohangdorlikni yuzaga keltirishga xizmat qilmoqda. Bu esa adib mahoratining ko’zgusidir.
Eran er nqatinda o’zinko’zladi,
Tapug’ qildi yuz yil, ani izladi.
Tapug’ kezlayu qil kishi ko’rmasu,
Bu so’z mubram erdi, o’zum so’zladu.
Yagiz er yashil turqu yuzka badi.
Xitay arqishi yadti Tavg’ach idi.
Yashil shohi bo’z yer yuzin qopladi,
Xitoy karvonin yoydi Tavg’och idi.
Mazkur o’rinlarda “yuz “ “sanoq son bilan ifodalangan yoshni, umr”ni va “yuz”“Odam boshining old tomoni ko’rinishi, chehra, bet, aft” (O’.T.I.L 463-bet) ma’nosidan o’sib chiqqan yer yuzi ma’nolarini ifodalab kelgan. Bu esa3 bayon etilayotgan fikrlarda ma’no nozikligini ta’minlaydi. 4 Balo keltiradi boshga bu tilim,
Boshimni u kesmay qilayin tilim.
Boqijon To’xliyev tadbilidan keltirilgan birinchi misradagi “tilim” so’zi “insonning og’iz bo’shlig’ida joylashgan…nutq tovushlarini hosil qilishda xizmat qiladigan a’zo” semasidan o’sib chiqqan “insonning so’zlash, gapirish qobiliyati” (O’.T.I.L-IItom. 174-bet.) semasida qo’llangan. Bu sema esa ikkinchi misradagi “narsalarning uzun- uzun qilib, kesib ajratilgan har bir bo’lagi, tilik “ ma’nosi bilan shakldoshlik hosil qiladi. Bunday shakldosh so’zlar mazkur tabdilda juda ko’plabuchraydi:
Mumtoz she’riyatda eng ko’p qo’llaniladigan omonim so’zlardan biri bu “ot “ leksemadir.
O’zing mangu emas oting mangudir,