4.
Global tarmoq nima?
5.
Mahalliy tarmoq nima?
6.
Mantiq topologiyasi nima?
7.
Almashuvni boshqarish topologiyasini ayting?
8.
Axboratviy topologiya nima?
16-Mavzu: Internet, Elektron pochta, mijoz dasturiy ta’minoti.
Reja:
1.
Internet
2.
Elektron pochta
3.
Mijoz dasturiy ta’minoti.
Tayanch so‘z va iboralar: Internet, ARPANET, elektron pochta, chat,
Control Protocol (TCP), Butunjahon oʻrgimchak toʻri, network, mijoz,
LAN, Local Area Network, FTP, TelNet, server, bir rutbali tarmoq, fayl-
server, papka, ma’murlash, Internet Protocol (IP) .
Internet (lotincha:
inter
– aro va
net
– tarmoq) – standart internet
protokoli (IP) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining
butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning
asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar
yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi.
Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon
tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro
bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri
servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini
oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni,
zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar
oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar
hamkorlikda isteʼmolchilarga ma’lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish,
qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush,
videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da
axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr. 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda
Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon
tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan
loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu
tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa
departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya
vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha
kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri
va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn
yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy
elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos
rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning
oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida
informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi.
Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols
(IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi.
IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani
koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib
borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil
qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol
(TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri
hisoblanadi.
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH
mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib
esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va
tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).
80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha
rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan
informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori
ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln.
bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda
"Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida
Internetni jamoat va tijorat tarmoklariga ulash natijasida Internet tizimi
ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini
boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi
rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi.
Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning
faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik
masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol
ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board"
(IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn
yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida
Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat
koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha
mln.gayetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi
boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media
tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning
ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon
oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga
xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya
texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga
ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni,
rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz
berayotgan joydan toʻgʻridantoʻgʻri olib berishga ham qodir.
Internet
barcha
anʼanaviy
informatsiya
tizimlari
–
telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro
miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni
uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya
va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining
barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy,
madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi;
istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya
maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish
imko-nini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning
xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab
chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001)
Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega
boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy
tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
Internetdan foydalanuvchilar soni, mas, AQSH da 55 mln., Xitoyda 55
mln., Yaponiyada 8 mln.dan oshib ketdi. Keyingi oʻrinlarni Angliya,
Kanada, Germaniya davlatlari egallagan, RF millionli chegarani
egallamoqda. Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida xalqaro
Internet tarmogʻiga ulanish Oʻz PAK Davlat kompaniyasining xalqaro
kanallari orqali taʼminlanadi. Respublikada 50 ga yaqin Internet-
provayder
roʻyxatga
olingan.
Oʻzbekistonda
Internetdan
foydalanuvchilar soni 300000 dan ortiq. Internet tizimida
Oʻzbekistonning 300 dan ortiq sayti faoliyat koʻrsatmoqda (2002).
[1]
Internet yaratilish tarixi[tahrir]
1950-chi yillar davomida barcha kompyuterlarni yagona
kommunikatsion tarmoqqa ulash ehtiyoji tugʻildi. Bu ehtiyoj
markazlashmagan toʻr, navbat nazariyasi va paketlar kommutatsiyasi
kabi sohalarda tadqiqotlarni olib borishga olib keldi. Bu voqealarning
natijasida AQShda ARPANETning paydo boʻlishi voqealarning keyingi
rivojlanishiga turtki boʻldi.
Dastlabki TCP/IP protokoliga asoslangan tarmoq tizimi 1984-yil
AQSh Milliy Fanlar Akademiyasida yaratilib, keyinchalik u NSFNet
loyihasiga aylandi. 1995-yil internetning tijorat versiyalari paydo boʻla
boshladi.
1991-yil CERN Butunjahon oʻrgimchak toʻri loyihasini eʼlon qildi. Bu
voqea Tim Berners-Lee tomonidan HTML, HTTPlarning yaratilishi va
CERNda dastlabki veb-sahifalarni paydo boʻlishidan 2 yil keyin sodir
boʻldi. 1993-yil birinchi internet brauzer Mosaicning 1.0 versiyasi paydo
boʻldi va 1994-yilda internetga ommaviy qiziqish tugʻila boshladi. 1996
yildan internet soʻzidan keng foydalana boshlandi, biroq u asosan,
Butunjahon oʻrgimchak toʻrini anglatadi.
Shu bilan birga internet 10 yil ichida juda tez tarqalib ketdi, uning
ochiq arxitekturaga asoslanganligi, birovning mulki emasligi, markaziy
boshqaruvning yoʻqligi uni organik rivojlanishiga sabab boʻldi. hozirda
internet insoniyatning eng katta texnologik yutuqlaridan biri sifatida tan
olindi.
Dostları ilə paylaş: |