O'mt obloshka cdr


-Mavzu: Kompyuterning standartlari tarmoqlari. Tarmoq



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/47
tarix19.10.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#156915
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47
Axborot texnologiyalari

15-Mavzu: Kompyuterning standartlari tarmoqlari. Tarmoq 
topologiyalari. 
 
Reja:
1.
Kompyuter standart tarmoqlari.
2.
armoq topologiyalari. 
3.
 
Lokal tarmoq
 
Tayanch so‘z va iboralar: HUB, shina (bus), Control Protocol (TCP), 
Transmission, network, mijoz, LAN, Local Area Network, FTP, TelNet, 
server, bir rutbali tarmoq, fayl-server, papka, ma’murlash, Internet.
Protocol (IP) Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyo-
falash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik 
joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash 
muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli 
bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish mumkin. Global 
tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda berkitilgan va 
unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li 
bilan bajarilishi mumkin. Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel 
turiga, mumkin bo‘lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan 
usullariga, 
ishlash 
ishonchligiga, 
tarmoqlarni 
kengaytirish 
imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan 
foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy 
topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini 
bilishi kerak. Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud: shina 
(bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi 
va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan 
kompyuterlarga uzatiladi. 
rasm 1 


• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan 
kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa 
liniyalaridan foydalanadi (2-rasm); 
rasm 2 
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat 
bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat 
zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” 
bo‘lib birlashgan (3-rasm). 
rasm 3 
Amaliyotda ko‘pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham 
ishlatiladi, lekin ko‘p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‘ljallangan. 
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz. 
“Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o‘zining 
tuzilishi bo‘yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir 
xilligi, shuningdek hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq 
qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha 


uzatishi mumkin chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma 
ust (konflikta, kollizi) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi.
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv 
rejimi amalga oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-
ketlikda) “Shina” topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy 
abonent yo‘q bu esa uning ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi 
markazning ishlashi buzilganda shu markaz bilan boshqariladigan 
hamma tizim faoliyatini to‘xtatadi.) Shinaga yangi abonentlarni 
qo‘shilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologi-
yalarga nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. 
To‘g‘ri shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita 
chettagilardan tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay 
bo‘lavermaydi. Bu holatda bo‘lajak janjallarni hal etish har bir 
abonentning tar-moqli asbob – uskunalarga yuklanishi sababli “shina” 
topologiyasida tarmoqli adapter apparaturasi murakkabroq bo‘ladi, 
boshqa topologiyalarga qaraganda.
Biroq, “Shina” topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli 
(Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob – uskunalarni narxi uncha yuqori 
emas. Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar 
qilmaydi, chunki tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar alma-shuvni 
normal davom etishi mumkin. Ko‘rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi 
xam shinaga qo‘rqinchlik emas, chunki bunda sim bo‘ladi. Biroq, uzun 
aloqali liniyalarda elektr signallarning tarqalish xususiyatlariga ko‘ra, 
shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan qurilmalar – 
terminatorlarni ulashni ko‘zda tutish kerak. Ular ulanmasa liniyani 
oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki, tarmoq bo‘yicha aloqa 
bo‘lmasdan qoladi.
Shuning uchun kabel uzulganda yoki shikastlanganda (masalan, 
sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi va o‘zaro ulanib 
qolgan o‘sha kompyuterlar xam o‘rtasidagi almashuv to‘xtaydi. Batafsil 
moslashtirish to‘g‘risida kitobning maxsus bo‘limida bayon etiladi. Shina 


kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni hammasini 
ishdan chiqaradi. Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan 
chiqishini lokalizatsiya qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar 
parallel ulangan va qaysi biri ishdan chiqqanligini bilish uncha oson 
emas.
“Shina” topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‘yicha o‘tаdigаn 
axborotli signallar kuchsizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa 
liniyalarning yig‘indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‘yadi, bundan 
tashqari har bir abonent tarmoqdan uzatuvchi abonentning masofasiga 
bog‘langan har xil darajali signallar olishi mumkin. Tarmoqli asbob – 
uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo‘shimcha talablar qo‘yadi. 
“Shina” topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun ko‘pincha 
birnechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina deyiladi).Maxsus 
signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (3-rasm) yordamida bir 
birovi bilan ulanadi. 
rasm 4 
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo‘la olmaydi, 
chunki aloqa liniyalari bo‘yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi 
bilan bog‘liq cheklanishlari ham bor. “Yulduz” yaqqol ajralib turadigan 
markazli topologiya, bunga barcha qolgan abonentlar ulangan. Barcha 
axborotlar almashuvi faqat markaziy kompyuter orqali bajariladi, 
shunday qilib unga juda katta yuklanish yotadi, shuning uchun 
tarmoqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug‘ullana olmaydi. 
Tushunarliki, markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari 
atrofdagi abonentlarning asbob – uskunalarga qaraganda juda 


murakkab bo‘lishi kerak. Abonentlarning bir xil huquqga egaligi 
to‘g‘risida bunda gapirib bo‘lmaydi. Odatda, huddi shu markaziy 
kompyuter eng kuchli bo‘ladi va faqat unga almashuvni boshqarish 
hamma funksiyalari topshiriladi. “Yulduz” topologiyali tarmoqdа hech 
qanday mojarolar bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish to‘liq 
markazlashgan.
Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduzni mustaxkamligi 
to‘g‘risida gap ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi 
tarmoqning qolgan qismlarini ishlashiga hech qanday ta’sir 
ko‘rsatmaydi, lekin markaziy kompyuterni har qanday ishdan chiqishi 
tarmoqni butunlay ishdan chiqaradi. Shuning uchun markaziy 
kompyuterni va uning tarmoqli apparturalarini ishonch-liligini oshirish 
uchun maxsus choralar ko‘rilishi kerak. Har qanday kabelni uzilishi yoki 
undagi qisqa tutashuv “yulduz” topologiyasida faqat bitta kompyuter 
bilan almashuv buziladi, boshqa kompterlar esa normal holatda ishini 
davom ettirishi mumkin. Shinaga qaraganda yulduzda har bir aloqa 
liniyasida faqat ikkiga abonent turadi: markaziy va atrofdagilardan 
bittasi. Ko‘pincha ular-ning ulanishi uchun aloqa liniyasini ikkitasi 
ishlatiladi, ularning har biri axborotni faqat bir yo‘nalishda uzatadi.
Shunday qilib, har bir aloqa liniyasida bitta qabul qiluvchi 
(pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) mavjud. Shina bilan 
solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni sezilarli
soddalashtiradi va qo‘shimcha tashqi terminatorlarni qo‘llashdan ozod 
qiladi.
“Shina” ga qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so‘nish 
muammosi “yulduzda” oddiy hаl etiladi, chunki har bir priyomnik doim 
bir darajali signal qabul qiladi. “Yulduz ” topologiyasini jiddiy kamchiligi 
abonentlar soni qattiq cheklangan. Odatda markaziy abonent 8-16 dan 
oshmagan atrofdagi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi. Agar bu chegarada 
yangi abonentlarni ulash juda oddiy bo‘lsa, lekin bundan oshib 
ketganda umuman mumkin emas. To‘g‘ri, gohida yulduzda qo‘shib 
borish imkoniyati ko‘zda tуtilgаn, ya’ni atrofdagi abonentlardan bittasini 


o‘rniga yana bitta markaziy abonentni ulash (natijada bir nechta bir 
birovi bilan ulangan yulduzlar topologiyasi paydo bo‘ladi). Yulduz aktiv, 
faol nom bilan yuritiladi, yoki haqiqiy yulduz. Passiv yulduz degan 
topologiya ham bor, u faqat tashqi ko‘rinishidan yulduzga o‘xshaydi (4-
rasm). U bugungi kunda aktiv yulduzga qaraganda ko‘proq tarqalgan.
Aytish kerakki, bugungi kunda eng mashhur Ethernet tарmоg‘idа u 
ishlatiladi. 
rasm 5 
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki 
konsentrator, yoki xab (HUB), repiterga o‘xshab o‘sha funksiyani 
bajaradigan joylashtiriladi. U kelayotgan signallarni tiklaydi va ularni 
boshqa aloqa liniyalarga uzatadi. Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki 
aktiv yulduzga o‘xshasa ham, haqiqatda biz shinali topologiyasiga 
o‘xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi kompyuterdan axborot bir 
vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo‘lmaydi.
Tabiyiki, passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qim-matroq 
bo‘ladi, chunki bunda yana kansentrator ham kerak bo‘ladi. Ammo u 
yulduzning afzalliklari bilan bog‘liq bir qator qo‘shimcha imkoniyatlarni 
taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi vaqtda passiv yulduz haqiqiy 
shinani ko‘proq siqib chiqarayapti, chunki u kam perspektivali 
topologiya hisoblanadi. Aktiv va passiv yulduz o‘rtasida topologiyaning 
oraliq turini ham ajratish mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigan 


signallarni faqat ret- ranslyatsiya qilmasdan, o‘zi qatnashmasa ham, 
almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning (ham aktiv va ham 
passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir joyda 
yig‘ilgan. Bu tarmoq ishini oson nazorat qilishga, markazdan u yoki bu 
abonentlarni oddiy o‘chirish yo‘li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish 
(masalan, shina holatda bajarib bo‘lmaydi), shuningdek tarmoq uchun 
xayotiy muhim bo‘lgan ula-nish nuqtalariga begona shaxslar kirishini 
cheklab qo‘yishdir. Yulduz holatida xar bir atrofdagi abonentga bitta 
kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki tomonlama ketadi), va 
ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi), buning ustiga 
ikkinchi holat ko‘proq uchraydi. 
“Yulduz” turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi 
boshqa topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishidir. 
Masalan, Agar kompyuterlar bir chiziqda joylansa, “yulduz” topologiyasi 
tanlanganda “Shina” topologiyasiga qaraganda bir necha martta ko‘p 
kabel talab qilinadi. Bu hamma butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin.
“Halqa” – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkitasi 
boshqalari bilan aloqa liniyalari bilan ulangan. Faqat u biridan axborot 
oladi, ikkinchisiga esa – faqat uzatadi. Har bir aloqa liniyasida, yulduz 
holatiga o‘xshab, faqat bitta (peredatchik) uzatuvchi va bitta (priyomnik) 
qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi. 
Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan 
signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning 
hamma joyida signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi 
faqat halqaning qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda 
аniq ajratilgan markaz yo‘q, hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi 
mumkin. Ammo, ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u 
almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday 
boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, 
chunki uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi.


Qa’tiyat bilan аytgаndа, halqadagi kompyuterlar to‘liq teng huquqli 
emas (masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari 
kompyuterdan, shu momentda uzatishni olib borayotgan, albatta 
axborotni oladi, oldinroq, boshqalar esa kеyinrоq. Topologiyani huddi 
shunday xususiyatlariga ko‘ra, “halqaga” maxsus hisoblangan 
tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish huquqi 
(yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi 
kompyuterga ketma – ket o‘tadi. Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash 
mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida butun tarmoqni ishlashini 
to‘xtatish talab qilinаdi. “Shina” topologiyali holatga o‘xshab halqadagi 
eng ko‘p abonentlar soni ancha muncha bo‘lishi mumkin (minggacha va 
undan ko‘proq). Halqali topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng 
mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‘yicha axborotlarni eng katta 
oqimlari bilan ishonchli ishlashni ta’minlaydi, chunki unda janjallar yo‘q 
(shinaga qaraganda), shuningdek markaziy abonent yo‘q (yulduzga 
qaraganda). Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan 
o‘tgani sababli, lokal ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning 
tarmoq-dagi asbob-uskunalarini) yaxlit butun tarmoqni ishdan 
chiqaradi. Huddi shunga o‘xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib 
qolishi yoki qisqa tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi. Kabelni 
buzilishlariga halqa ko‘proq shikastlanadigan bo‘ladi, shuning uchun bu 
texnologiyada ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa liniyalari qo‘yib 
borishni ko‘zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi. Shu 
bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent 
tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‘lchamlarini 
sezilarli ko‘paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‘n 
kilometrgacha). Halqa bu tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan 
ko‘proq (sezilarli) ustunlik qiladi. Halqani kamchiliklaridan (yulduzga 
taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, tarmoqdаgi har bir 
kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. Ba’zan “Halqa” 
topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‘nalishlarida uzatilishini ikkita 
halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal etilishi – 


axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi. 
Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin 
(to‘g‘ri, cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‘rilgan uchta asosiy, 
bazaviy topologiyalardan tashqari, qo‘shimcha yana “daraxt” (tree) 
tarmoqli topologiya ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan 
iborat. Yulduzga o‘xshash daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‘lishi 
mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa liniyalari birlashtirilgan 
markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida esa 
konsentratorlar (Xablar). Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‘p 
ishlatiladi, ular orasida eng ko‘p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-
halqalilaridir. 
rasm 6 
rasm 7 
rasm 8 


rasm 9 
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar 
kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar 
ham va butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoq-dаgi 
barcha kompyuterlar kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu 
topologiyada bir nechta konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir 
biroviga ulanib magistrali, tayanchli deb nomlangan shinani tashkil 
qiladi. Konsentratorlarning har biriga alohida kompyuterli yoki shinali 
segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib 
shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya qilish 
imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan 
kompyuterlar sonini oson o‘zgartiradi. Yulduz-halqali topologiya 
holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, balki maxsus konsentratorlar, 
ularga o‘z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa liniyalari yordamida 
kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma kompyuterlari 
berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa 
liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali 
topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi. Masalan, 
konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‘ishga imkon 
yaratadi. Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat fizikaviy 
joylanishlarini ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‘i, ular orasidagi 
aloqalar xarakteri, tarmoq bo‘yicha signallarning tarqalganish 
xususiyatlari ifodalaydi. Huddi shu aloqalar xarakteri tarmoqning buzi-
lishiga mustaxkamlik darajasini belgilaydi, tarmoqdаgi apparatlar-ning 
kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‘g‘ri 
keladiganini, uzatish muxitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), 


tarmoqning mumkin bo‘ladigan o‘lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va 
abonentlar soni), elektr muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. tarmoq bilan 
birlаshgаn kompyuterlarni fizik joylanishi topologiyani tanlashda, 
umuman olganda, ta’siri kam har qaysi kompyuterlarni, ular qanday 
joylashganidan qa’tiy nazar, har qanday ol-dindan tanlangan topologiya 
yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm). 
rasm 10 
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‘yicha 
joylashgan bo‘lsa, ular yulduz yoki shina bo‘lib bеmаlоl ulanishi 
mumkin. Agar kompyuterlar qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir 
birovi bilan shinali yoki halqali bo‘lib ulanishi mumkin. Kompterlar bir 
chiziq bo‘yicha joylashgan bo‘lsalar, ular yulduz yoki halqa bo‘lib 
ulanishi mumkin. Boshqa gap, buning uchun kabelning kerakli yig‘indisi 
uzunligi qancha bo‘lishidir. Adabiyotda tarmoq topologiyalari to‘g‘risida 
gap ketsa, tarmoq arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to‘rt 
mutloqo har xil tushunchalar o‘ylash mumkin. Fizikkaviy topologiya 
(ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni yotqizilishi). Bu 
ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday farq 
qilmaydi, shu tufayli uni ko‘pincha oddiy “yulduz” deb ataladi. 

Mantiq topologiyasi (ya’ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq 
bo‘yicha tarqalganish xarakteri). Bu eng to‘g‘ri topologiyani ifodalash 
bo‘lsa kerak. 

Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya’ni, har bir kompyuterlar 
orasidagi tarmoqni o‘rab olish huquqini uzatish prinsip iva ketma-
ketligi). 



axboratviy topologiya (ya’ni, tarmoqdа uzatilayotgan axborot 
oqimining yo‘nаlishi). 
Masalan, fizikaviy va mantiqli topologiyasi bilan “shina” boshqarish 
usuli sifatida tarmoqni o‘rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya’ni, bu 
ma’noda halqa bo‘lishi) va bir vaqtda bita ajratilgan kompyuter orqali 
barcha axborotni uzatishdir (Bu ma’noda yulduz bo‘lish). Mаntiqli 
“shina” topologiyali tarmoq “yulduz” passiv fizikli topologiyasiga ega 
yoki “daraxt” (passiv) bo‘lishi mumkin. Har qaysi fizik topologiyali, 
mantiq topologiyali, almashuv boshqaradigan topologiyali tarmoq 
axborotli topologiya mа`nоsidа yulduzli deb hisoblasa bo‘ladi, agar u 
yagona server va bir nechta kliyentlar asosida qurilgan bo‘lib, faqat shu 
server bilan mulog‘otda bo‘lsa. Bu holatda barcha mulohozalar 
markazning nosozliklari tarmoqni buzilishiga mustahkamligi past 
bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. (ya’ni serverni). Xuddi shunga o‘xshab har 
qanday tarmoq axborotli ma’noda shina deb atalishi mumkin, agar u bir 
vaqtda server ham, kliyent ham bo‘lib kompyuterlardan tuzilgan bo‘lsa, 
har bir boshqa shina holatida ham, bunday tarmoq alohida 
kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo‘ladi. Kabel bo‘lmagan 
tizimlarda sharoit boshqacha. Ularning asosiy ustunligi shundaki, hech 
qanday simlarni o‘tqazish kerak bo‘lmaydi (devorlarda teshiklar qilish 
kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o‘tqazish kerak emas, uni 
falshpollar tagida o‘tqazish, osilgan potoloklar ustida yoki ventiliyatsiyali 
shaxtalarda kabel nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak emas). Yana 
shunga o‘xshab tarmoq kompyuterlarini xona va bino chegarasida joyini 
o‘zgartirish oson, chunki ular hech narsaga bog‘langan emas. 
Savol va topshiriqlar 
1.
Kompyuter standart tarmoqlari qaysilar?
2.
Tarmoq topologiyalarini ayting? 
3.
Lokal tarmoq nima?

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin