taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan
o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali
elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda
ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.com
http://mail.yahoo.com
http://www.mail.ru
http://mail.yandex.ru
http://mail.rambler.ru
Savol va topshiriqlar
1.
Internet nima?
2.
Elektron pochta haqida ayting?
3.
Mijoz dasturiy ta’minoti deganda nimani tushunasiz?
4.
ARPANET nima?
5.
Internet qachon yaratildi?
6.
Elektron pochtangizni yarating?
17-Mavzu: Yangi elektron pochta yaratish yo‘llari, pochta ro‘yxatlarini
boshqarish, fayllarni biriktirish va ularni formatlash.
Reja:
4.
Yangi pochta yaratish yo‘llari
5.
Pochta ro‘yxatlarini boshqarish
6.
Fayllarni biriktirish va ularni formatlash
Tayanch so‘z va iboralar: Mail.ru, Brauzer, Internet, elektron pochta,
chat, Control Protocol (TCP), Butunjahon oʻrgimchak toʻri, papka,
ma’murlash, Internet Protocol (IP).
Ushbu mavzuda Rossiyadagi eng
yirik bepul elektron pochta
xizmati bo‘lmish mail.ru portalida elektron pochta xizmatidan
foydalanish asoslari bilan tanishamiz.
1. Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga o‘ting.
Пол – jinsingiz (Erkak yoki Ayol)
Почтовый ящик – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni
yoki eslab qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z
kiritish tavsiya
etiladi. Misol uchun, ismingiz
Ibrohim
bo‘lsa, i ibrohimjon@mail.ru yoki
ibrohim82@bk.ru kabi manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta
qutisining nomi avvalo yozish uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni
klaviaturasida), esingizdan chiqib qolmaydigan, tushunarli, ma’no-
mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi kerak.Пароль – elektron
pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol
imkon qadar esingizdan
chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada
(ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va
raqamlar to‘plami bo‘lishi kerak.Повторите пароль – parolni takroran
yozing (aniqlik uchun).Мобильный телефон – qo‘l telefoningizning
raqami. Bu narsa
parol esingizdan chiqib qolsa, uni SMS xabar
yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon raqamingizni oshkor
qilgingiz kelmasa, «У меня нет мобильного телефона» (menda qo‘l
telefoni yo‘q) degan linkni bosishingiz mumkin.Barcha ma’lumotlar
to‘ldirilgach, «Зарегистрироваться» (Ro‘yxatdan o‘tilsin) tugmasi
bosiladi.
Agar telefon raqamingizni kiritgan bo‘lsangiz, «Зарегистри-
роваться» tugmasi bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi.
SMS-xabarda kelgan tasdiqlash kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi
kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» (Tayyor) tugmasi bosiladi.
SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti
yangi ochilgan pochta
qutingiz ochilib, undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh
sahifasida «Входящие» («Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mayl.Ru
pochta xizmatidan kelgan «Maylr.ru`ga xush kelibsiz» hamda
«Mayl.ru`ning mobil versiyasi» deb nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi.
Ularni o‘qib, Mayl.ru pochta qutisi va uning eng yangi imkoniyatlari
haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Pochta bilan ishlash sahifasi bir nechta bo‘limdan iborat. Chap
tarafda
Dostları ilə paylaş: