O'mt obloshka cdr


Mavzu 20: Kompyuter viruslari. Virusga qarshi himoya texnolo-



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/47
tarix19.10.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#156915
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Axborot texnologiyalari

Mavzu 20: Kompyuter viruslari. Virusga qarshi himoya texnolo-
giyalari. Elektron pochta va Internet xavfsizligi. 
Reja: 
1. Kompyuter viruslari
2. Virusga qarshi himoya texnologiyalari 
3. Elektron pochta va Internet xavfsizligi 
Tayanch so‘z va iboralar: Virus, Troyanlar, Chuvalchang viruslar 
(Worms), Avast !, Avira, AVG, Microsoft Security Essentials, elektron 
pochta, Bootsector viruses, chat, Control Protocol (TCP), Butunjahon 
oʻrgimchak toʻri, Rootkit viruses, ma’murlash, Memory Resident Viruses. 
Hozirgi kunda hamma kom-
pyuter foydalanuvchilari virusde-
gan tushunchani yaxshi bilishadi.
Bu kichik dastur bilan bir 
necha bor uchrashishgan. Ko‘p 
hollarda mag‘lub ham bo‘lishgan. 
Bilib olgan bo‘lsangiz bu maqolamiz viruslarga bag‘ishlanadi.
Virus – bu dasturchi tomonidan tuzilgan, kompyuter ish faoliyatini 
tekis ishlashiga halaqit beradigan, oqibatda kompyuterni yoqilishini ham 
taqiqlab qo‘yadigan dasturdir. Bu dasturlar asosan internet tarmog‘i 
orqali foydalanuvchi kompyuteriga tushadi. Albatta, bu dastur, internet 
foydalanuvchisi bilmagan holda o‘z kompyuterida paydo bo‘ladi. Ularga 
qarshi kurashadigan dastur antivirus deyiladi (bu to‘g‘risida keyingi 
maqolalarda). 
Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba’zi birlari komp-
yuteringizni kerakmas fayllar bilan to‘ldirsa, yana ba’zilari operativ xoti-
rani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo‘yadi, viruslarning 
bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o‘chirib sizga zarar 
yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, 


ya’ni qaysi virus nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z o‘zidan kelib 
chiqadi. Quyida ularning turlari keltirilgan( turlari ref.uz dan olindi): 
Troyanlar (Trojan Horses) – Qadimgi yunonlarning Troyaga 
yurishlari davrida qo‘llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz 
ekanligidan foydalanib, ularga katta yog‘och ot sovg‘a qilishlari va bu 
otning troyaliklar mag‘lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom.
Hozirda troya oti iborasi «hosiyatsiz sovg‘a” degan ma’noni 
bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar «hosiyatsiz 
programma” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda 
internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o‘rnashib olib, 
dastlab foydali programma sifatida o‘zlarini tanishtiradilar, lekin ularning 
asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi.
Yashirin ravishda ular o‘zlarining yaratuvchisi (cracker – yovuz 
haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar 
o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan 
chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi, 
kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga jo‘natishi, kompyu-
teringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin. 
Chuvalchang viruslar (Worms) – Chuvalchang viruslar o‘z nomiga 
mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan ko‘payadigan viruslardir. Odatda bu 
viruslar internet yo‘li intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish 
usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizm-
lardan foydalanadi. Ular haqiqatdan ham kompyuteringizdagi ma’lu-
motlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang 
viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zarar-
langan elektron xatlarni ochish yo‘li bilan kompyuteringizga o‘rnashib 
olishi mumkin. 
Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) – Bu viruslar 
kompyuterning ishlay boshlashi (zagruzka) uchun foydalaniladigan 
qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyu-
teringizni zararlaganidan keyin, kompyuter ishlamay qolishi mumkin. 
Odatda floppy disklar orqali tarqaladi. 


Makro viruslar (Macro viruses) – Macro viruslar bu – o‘zlarining 
tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan 
foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel 
hujjatlarini zararlaydi. 
Operativ xotirada yashovchi viruslar ( Memory Resident Viruses ) — 
Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va 
zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun 
boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o‘zlarining ishga tushishga yordam 
bergan virus yopilgan bo‘lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning 
uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan. 
Rootkit viruslari (Rootkit viruses) – Rootkit`lar viruslar orasida 
o‘zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib 
turadi. Rootkit`lar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo‘lga 
olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi Rootkit`larni antivirus programmalari 
ham aniqlay olmaydi, chunki ular o‘zlarini operativ tizim fayllari sifatida 
ko‘rsatishadi. Rootkit`lar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga 
o‘rnatiladi. 
O‘zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat 
o‘z-o‘zidan ko‘payadi, balki ko‘paygan paytda o‘zlarining kodlarini ham 
o‘zgartirib turishadi. O‘zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi 
antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin. 
Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar 
muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan 
muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. 
Misol uchun Kulgi kunida (1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi 
ma’lumotlarni o‘chirib tashlab sizga “sovg‘a” taqdim etishi mumkin. 
Antivirus dasturini tanlash 
Bepul antivirusni yuklab olish uchun avval dasturning zararli 
dasturiga qarshi kurashishingiz kerak. 
Bepul antivirus dasturlari orasida Avast !, Avira, AVG va Microsoft 
Security Essentials ajralib turadi, ikkinchisi Windows 8 uchun oldindan 
o‘rnatilgan dasturlar ro‘yxatiga kiritilgan! Avast! butunlay boshqa 


turdagi zararli dasturlarni blokirovka qilishga imkon beradigan ko‘plab 
vositalarni anglatadi. Antivirus sizning xatlaringizda pochta 
qo‘shimchalarini tekshirish, tizimdagi xatti-harakatlariga qarab tizimning 
zaifliklarini tuzatish va blokirovka qilish dasturlarini amalga oshirishga 
imkon beradi. 
Bepul antivirus dasturlari ba’zi pullik analoglardan ustundir. 
Avira - bu Internetdagi viruslar va zararlangan fayllarga qarshi 
kurashishni maqsad qilgan yangi bepul dasturiy ta’minot to‘plami. AVG 
shunga o‘xshash Avastga ega! funktsionallik va operatsion tizimning 
ishlashiga ta’sir qilmaydi. Microsoft Security Essentials-ning afzalligi 
uning tizimga to‘liq integratsiyasi, ammo dastur faqat viruslarni aniqlash 
uchun javobgardir va sozlanishi ish rejimlariga ega emas. 
Internetda har bir antivirus dasturini tekshiring va agar kerak bo‘lsa, 
har qanday sharhlarni o‘rganing. Kerakli funktsiyalarga qarab, ma’lum 
bir virusga qarshi dastur yo‘nalishini tanlang. 
Yuklab oling va o‘rnating 
Tanlangan antivirus saytiga o‘ting va "Yuklab olish" yoki "Yuklab 
olish" bo‘limidan foydalaning. Ushbu bo‘limda siz yuklab olish mumkin 
bo‘lgan versiyalar ro‘yxatini ko‘rasiz. Sahifadagi tegishli havolani bosib, 
eng yangi dasturni tanlang. Shundan so‘ng, yuklab olishni boshlashni va 
o‘rnatish faylini yuklab olishni tugashini kuting. 


Savol va topshiriqlar 
1.
Kompyuter viruslari nima?
2.
Virusga qarshi himoya texnologiyalari? 
3.
Elektron pochta nima?
4.
Internet xavfsizligi taminlash? 
5.
Vaqt bombasi viruslari? 
6.
Operativ xotirada yashovchi viruslar? 
7.
Makro viruslar? 
8.
Chuvalchang viruslarni ayting? 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin