58-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qo‘llanish
maq sadini tushuntiring.
1. Boya... to‘satdan bo‘lganiga... shoshib qopmiz.
shunga ... haligi ... so‘ragan pulingizni opkeldim... (O. Yoqubov) 2.
shu ... shu , qarz berib
tursangiz degandim, rais buva. (Tog‘ay Murod) 3. Muso qo‘llarini ko‘ksiga
chalishtirdi. – Endi,
nima desam ekan , avvalo, «sumkam» emas, «sum-
kamiz» deng, xo‘pmi?
Innaykeyin ... – Mukambar jim qoldi. (Ahmad A’zam) 4. Men qilishim kerak bo‘lgan ishni,
umuman , qilib bo‘lgan,
ya’ni ,
Esh
voyga katta yaxshilik qilgan edim! Tushunyapsizmi? (Sh. Xolmirzayev) 5. Unday mard, tanti,
nima desam ekan , javonmardni ikki dunyodayam
topolmaysan. – Javonmard deganingiz nimasi? – Javonmard...
haligi , hech
kim oldiga tusholmaydigan odam. (Murod Mansur) 6.
Xo‘sh , shunday
qilib, bundan o‘n ikki yil muqaddam Samar
qand bozoridagi choyxona-
chining yordamida mashina topib, Yakkachinorga yo‘l oldim. (O‘. Umar- bekov) 7. – Ota deyman...
haligi ... – Labbay, gapiraver. – Sadafingiz
bu yil o‘nni bitiradi. (Sh. Xolmirzayev) Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lu-
g‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Tishi o‘tmaydi 1. Biror qattiqroq narsani maydalashga, chaynash-
ga tishining qurbi yetmaydi. 2. Yenga olmaslik; o‘zlashtira olmaslik.
3. Idrok qilolmaslik, uqib yoki tushunib ololmaslik.