98
«maqollar kitobi»
Eltib sizni g‘aroyib
Yurtga ukajonlarim,
Ko‘rsataman u joyning
Qiziq qush, hayvonlarin.
Bunaqasin ko‘rmaysiz
Hech bitta zooparkda.
Bu yerda:
hatto shohning
Ishqi tushgan qurbaqa;
Yaxshi so‘zga inidan
Chiqadigan ilonlar;
Sira
bosgan izidan
Qaytmaydigan arslonlar;
Inga sig‘mas dumiga
G‘alvir bog‘lagan sichqon;
Bolasin
botirim deb,
Alqagan qo‘rqoq quyon;
Do‘stlardan ayrilganni
Yeydigan ayiqlar bor;
Changi
chiqsa ham, dong‘i
Chiqmaydigan yolg‘iz ot...
Yana ko‘p-u, lekin men
Tugataman so‘zimni.
Endi ko‘rib olasiz
Qolganini o‘zingiz.
(Dilshod Rajab)
Dostları ilə paylaş: