59
ovozi emas, balki yer bag‘irlab o‘rmalab kelayotgan baloyi azim – qirq
ming oyoqli yovuz, dahshatli bir maxluqning sharpa – sadosidek tuyul-
di.
(N. Norqobilov) 2. Do‘stim
Sharif aytganki, «E o‘rtoqlar, durustroq
o‘ylanglar. Bu o‘zi muzey bo‘lsa, muzeyda tarixdan, ya’niki o‘tmishdan
o‘zga yana nima bo‘lishi mumkin?!» Xayriyatki, tushunishgan.
Ular av-
valboshdan tushunishga moyil edilar, lekin tushuntiradigan mard topilmay
garang bo‘lardik. Ha,
birodarlar, marhum do‘stimiz shunday mard odam
edi.
(Murod Muhammad Do‘st)
62-mashq.
Matnni o‘qing. Leksik va sintaktik ma’nodoshlikning nutq
boyligini ta’minlashdagi ahamiyatini tushuntiring.
O‘shanda his-hayajonga bandi bo‘lgan Erman qasam zamiridagi o‘ta
og‘ir, o‘ta zalvarli yukni dastlab to‘la his etmagan,
guldor kigiz ustida
bamisoli baqadek tosh qotib o‘tirgan, hayratdan tosh qotgan Itolmasning
behad quturishini va uning g‘azabkor bo‘kirishidan tog‘lar boshi ko‘chib,
olam ostin-ustun bo‘lib ketishini kutgan. Biroq u kutgan hol yuz ber-
ma
di – Itolmas quturmadi. U biror muddatdan so‘ng
xayolini jamlab,
jilovlab, avvaliga nimtabassum qildi, so‘ng kuldi.
(N. Norqobilov)
Dostları ilə paylaş: