63 67-mashq. Badiiy va ilmiy-ommabop matnda o‘rikka berilgan tav-
siflarni qiyoslang. Nutqning boylik sifati qaysi uslubda
ahamiyatliligini tushuntiring.
O‘rik Qantak o‘rik
Mag‘izimga berkitgan
Otim bor,
Qandim bor,
Xo‘p mazali
Novvotim bor.
Totim bor.
(E. Vohidov) O‘rik O‘rik – ra’noguldoshlar oilasiga mansub mevali o‘simlik. Vatani –
O‘rta Osiyo. O‘zbekistonda, asosan, oddiy o‘rik turi ekiladi. Mevasi etli,
yumaloq, tuxumsimon, oq, sariq, qizg‘ish; danagidan ajraladigan, ajral-
maydigan xillari bor; shirin, shirinnordon. O‘rik – yaxshi asal beruvchi
daraxt. (O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi) 68-mashq. Gaplarni o‘qing. Nutqning boyligini ta’minlayotgan bir-
liklarni izohlang.
1. Juda ishni ko‘ngling tusagan ekan, ana, ko‘cha-ko‘yda nechta gazet
sotadigan kioska bo‘sh yotibdi, o‘shanga ishga kir,
ma’rifat tarqat,
ziyo soch. 2. Uchrashuv
tugab , mehmonlik izzatimiz
bitib , u yerdagi o‘rtoqlar
biror o‘n chaqirimcha kuzatib qo‘ygach, yana ikkimiz yolg‘iz qoldik.
3. –
Otni biladigan odamlarni
xush ko‘raman . Biz asli otboqar ning o‘g‘limiz,
Saidqul aka, otni
yaxshi ko‘ramiz . Boshqa ishlarimizni aytolmayman-u,
lekin uch-to‘rtta yaxshi
tulporimiz bor. To‘pori
tamom o‘zidan ketgan ,
mening borligimni
butkul unutib , hansirab yugurib, butalarning shoxlarini
sindirib, nuqul xitob qiladi: Uch-a,
jonivor ! Uch, akang qarag‘ayning
xo‘rozlari ! (Murod Muhammad Do‘st) 69-mashq. She’rni o‘qing va leksik takrorning qanday maqsad bilan
qo‘llanganini aniqlang.
Shag‘irlaydi betinim daryo, Shag‘irlaydi qorong‘i dunyo,
Shag‘irlaydi vahm to‘lgan jar, Shag‘irlaydi vodiy, daralar.
(Hamid Olimjon)
64 Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.