Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88
Ona tili 11 sinf

IfODALILIK VA KO‘ChImLAr
Topshiriq.
 
Berilgan misralarda 
lochin
so‘zining qanday ma’noda 
qo‘llanganini tushuntiring, undagi ko‘chma ma’no nima 
asosda yuzaga kelganini ayting.
Qutlug‘ joy ko‘p erur ushbu dunyoda,
Yulduzni ko‘zlagan lochin ham talay. (A. Oripov)
So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llash ham nutq ifodaliligini 
ta’minlash uchun tuganmas manbadir. Nutqda deyarli barcha aso-
siy holatlarda ko‘chma ma’no emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorlik 
kasb etadi.
Nutqda so‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatishning xilma-xil ko‘ri-
nishlari mavjud bo‘lib, ular ko‘chimlar nomi bilan umumlashtiriladi. 
Ko‘chimlarning asosida ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yota-
di, ya’ni ikki narsa yoki tushuncha o‘rtasidagi muayyan munosabat 
(o‘xshashlik, umumiylik, aloqadorlik kabi) asosida tasviriylik, ifodali-
lik, aniqlikni kuchaytirish maqsadi bilan ulardan birining nomi ik-
kinchisiga ko‘chiriladi. Ko‘chimlarning metafora, metonimiya, sinek-
doxa kabi bir necha turlari farqlanadi.
Metafora narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi o‘xshashlik asosida 
nom (so‘z)ning ko‘chishidir. Masalan, qozonning qulog‘i birikmasi-


80
dagi quloq so‘zining ma’nosi metaforik ma’no, chunki u odamning 
qulog‘iga o‘xshashligi asosida yuzaga kelgan. Lekin ayni so‘zning 
bu ma’nosi tilda doimiy metaforaga aylangan, ya’ni turg‘unlashib, 
mazkur tushuncha 
ning nomiga aylangan.
Metafora qanchalik yangi, tutilmagan bo‘lsa, shunchalik ifoda-
li bo‘ladi. Mohir so‘z ustalari o‘z asarlarida so‘zlarni metaforik 
ma’noda qo‘llash orqali ifodali, obrazli nutqning go‘zal namunala-
rini yaratadilar. Quyidagi misolda buni ko‘rish mumkin: Manglayi 
tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor, Terlab ketganini 
ko‘rsang oynaning... Hamma narsa seni kutar intizor. (Iqbol Mirzo) 
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar ko‘chma – metaforik ma’noda qo‘llangan.
Metonimiya narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi muayyan alo-
qadorlik asosida birining nomi bilan ikkinchisining atalishidir. Ma-
salan, Dasturxonga qarang! jumlasidagi dasturxon so‘zi metonimik 
qo‘llangan. Yozuvchining mahorati bilan badiiy nutqdagi metonimiya 
tufayli yuzaga kelgan ifodalilikka e’tibor bering: Bu yerga termulib 
parishon dunyo, To‘g‘rilab oladi qo‘lda soatin. (A. Oripov) 
Sinekdoxa narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi butun-bo‘lak mu-
nosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko‘chirishdir. Masalan, 
Bu kishi tirnoqqa zor jumlasidagi tirnoq so‘zi sinekdoxa yo‘li bilan 
«farzand» ma’nosida qo‘llangan

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin