ONA TILI 5-sinf 92-mashq. Bilimingizni sinab ko‘ring. Savollarga javob bering, top- shiriqni bajaring. 1. Tilshunoslikning fonetika bo‘limida nimalar o‘rganiladi?
2. Nutq a’zolarini sanang. Ularning boshqa tana a’zolaridan
asosiy farqi nimada?
3. Nutq tovushlarining asosiy vazifasini ayting.
4. Qanday tovush o‘zgarishlari haqida bilib oldingiz, ta’rifl ab
bering.
93-mashq. Uyga vazifa. Sinfdoshlaringiz bilan sodir bo‘ladigan qiziqarli voqealarni uch-to‘rt latifa shaklida yozing. Tovush o‘zgarishi- ga uchraydigan so‘zlarning ostiga chizing. 25-dars. BO‘G‘IN VA UNING AHAMIYATI Topshiriq. Matnni o‘qing. Yo‘limizdagi to‘siqlar Qadim
zamonlarda bir podshoh
saroyga keladigan yo‘l ustiga katta
tosh qo‘ydirib, o‘zi nimalar bo‘lishini
yashirin kuzatib o‘tirdi. Yurtning eng
badavlat
savdogarlari , eng kuchli
karvonboshilar , saroy
amaldorlari bir-bir kela boshladilar. Hamma tosh-
ning atrofi dan aylanib o‘tib, ichkari-
ga kirdi. Aksariyati: “
Xalqdan ko‘p soliq olib, yo‘llarga
e’tibor qilmaydi”, – degan ro‘kachlar bilan shohdan noroziligini ovoz
chiqarib gapirdi. Nihoyat, bir dehqon keldi. U saroyga meva
va sabzavotlar olib kelayotgan edi.
Yelkasidagi savatni yerga
qo‘yib, xarsangtoshni bir
amallab itara boshladi. Qo‘llari qo-
nab,
a’zoyi badani terga botdi. Lekin toshni yo‘l ustidan chetga
chiqarishga
muvaffaq bo‘ldi. (
“Sharq hikoyat va rivoyatlari”dan )
http://eduportal.uz