Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190
5-sinf ona tili uzb

ONA TILI 5-sinf
 
– Ha, yurganman.
– Qanday yurgansan?
– Ehtiyotlik bilan sekin yurganman.
– O‘g‘lim, odamlar bilan ham xuddi 
shunday ehtiyotlik bilan muomalada 
bo‘l, – debdi ustoz.
Ahmad, bu hikoyani qulog‘ingga 
qu yib ol. Tilini tiygan kishi salomat bo‘ladi. Hadislarda: “So‘zing-
ga e’tibor ber. O‘rni bo‘lsa, yaxshi gap gapir, aks holda, sukut 
ma’qul”, – deya marhamat qilingan. (
Tohir Malik
)
 177-mashq.
 Matndagi quyidagi so‘zlarni izohlab yozing: 
ustoz, muo-
mala, nasihatgo‘y, aks holda, ma’qul, marhamat.
 178-mashq.
 Sinfdoshlaringiz bilan odob-axloq, muomala mada niyati 
haqida maqollar musobaqasi o‘tkazing.
 179-mashq.
 Matnni o‘qing. Aytilmoqchi bo‘lgan fi krga diqqat qiling.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yo xud 
axloq” asarida insonlarni “yaxshilik 
ka chaqi-
ruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm”, ya’ni 
axloq haqida fi kr yuritiladi.
“Axloq – bu xulqlar majmuyi. Xulq esa 
ezgulik yoki razil 
lik 
ning insonda namoyon 
bo‘lishidir. Kishilar tug‘ilishidan yaxshi yo yo-
mon bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni muayyan 
sharoit yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog‘liq. 
Tarbiya yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat –
yo falokat masalasidir. Tarbiya inson tug‘ilgan kundan boshla-
nadi va umrining oxiriga qadar davom etadi”.
Munosabat bildiring.
1. Matnda insonlar bilan muomala qilish nimaga qiyoslanadi?
2. “Tilini tiygan kishi salomat bo‘ladi
” degan gapni sharhlang.
6 – Ona tili – 5 sinf
http://eduportal.uz


82
ONA TILI 5-sinf
 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin