«Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 1-dars



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə400/431
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#46231
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   431
8-sinf-ona-tili-konspekti

Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )

Foydalaniladigan adabiyotlar:

«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.



I. Darsning borishi:

a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish

II. O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu
192-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing.

BERUNIYNING DAM OLISH KUNLARI

Beruniy yiliga ikki martagina dam olar ekan. Birinchisi – Navro`zi olam kirgan kuni, ikkinchisi – bug`doyga o`roq tushganda… Dillarni xushnud etib Navro`zi olam yetib kelgan kuni erta tongdanoq o`rinlaridan turib, yuvinib-taranib, yaxshi liboslarini kiyib, qarindosh-urug`larni, keyin yor-u birodarlarni ziyorat qilib, holidan xabar olar ekanlar, ular bilan birga bo`lib suhbatlashar, hazil-mutoyiba qilar, askiyalar aytishar ekanlar. Keyin to qosh qorayguncha qo`sh qo`hishar, yerga birinchi omoch solishda qatnashar, nihol ekisharkan… Hol-ahvol so`raganlarga: “Dam olib, hayot lazzatini totib ko`rmoqdaman”, - deb javob berar ekanlar. Boshoqqa birinchi o`roq tushgan kuni ham dehqoncha libos kiyib olib, qo`llariga o`roq tutib azondan to kechgacha bug`doy o`rar ekanlar. Olimni ko`rgan-ketganlar bilan: “Horma, bor bo`l,” – qilishsa ham: “Dam olib, rizqimni teryapman”, - deb javob berar ekanlar. Qarang-a, ulug` alloma mutolaa, kitob yozish, tajriba o`tkazishdan yiliga ikki kun vaqt ajratib azondan to kechgacha qo`sh qo`shib, shudgor qilishni, o`roq o`rishni o`zi uchun dam olish deb bilar ekan.



193-topshiriq. Berilgan izohlardan matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va eslab qoling: 1) muqaddas joylarga, mozor va qabristonlarga borib sig‘inish; hurmat yoki rasmiyat yuzasidan tabarruk kishilar huzuriga tashrif buyurib, holidan xabar olish; 3) ulov qo‘shib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi eng oddiy yog‘och yoki temir asbob.


Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   396   397   398   399   400   401   402   403   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin