116-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang. Ergash gaplarni bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi o’rnida keltirib, qo’shma gapni sodda gapga aylantiring.
1. Baxtim shuki, seni uchratdim. (Z.Saidnosirova) 2. Shunday o’zgarishlar bo’lmoqdaki, aqling bovar qilmaydi. 3. Shunisi quvonarliki, sinfdagi o’quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil. 4. Shuni bilingki, hech bir yangilik bexosiyat bo’lmaydi. (Asqad Muxtor) 5. Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo’tabar bo’lsin. (Oybek) N a m u n a : Baxtim shuki, seni uchratdim - Baxtim - seni uchratganligim. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ko’rildi:____________________________________
«Ona tili» 9-sinf 9-sinf «____» «_____________» ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR 31-dars NISBIY SO’ZLI ERGASHGAN QO’SHMA GAPLAR
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 – tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; – so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi; – fikrini so‘z va gaplarni mantiqiy bog‘lagan holda, to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi; – so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; – 140-160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20-25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi, bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi; matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi; – husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi; – ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, ixcham hisobot, e’lonlarni) yoza oladi.A2+ – ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma’lumotlarni tushuna oladi; – turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; 160 — 180 so`zdan iborat diktantni yoza oladi; o`qib eshittirilgan matn yoki mavzu asosida 26 — 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi;– tanish mavzuda taqdimot qila oladi.