«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə55/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu


1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1. Kim harakat qilsa, u baraka topadi. (Maqol) 2. Kimning ko’ngli ochiq bo’lsa, uning el o’rtasidagi martabasi ulug’ bo’ladi.


Bilib oling. Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so’roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo'lib keluvchi shu, o’sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi, biri ikkinchisini taqozo etganligi uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi. Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.
119-mashq. Ko’chiring. Bosh va ergash gaplardagi o’zaro nisbatlanayotgan so’zlarni toping.
1. Siz Hindistonda neniki ko’rgan bo’lsangiz, shularning hammasini jam etib, bir kitob yozmog’ingiz darkor. (A.Qayumov) 2. Qalandarov yugurdagini «Eshon, hoy!» deb chaqirganda, Saida qanchalik xursand bo’lgan bo’lsa, hujrani ko’rib shunchalik ta’bi tirriq bo’ldi. (Abdulla Qahhor) 3. Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning o’zi ham to’g’ri bo’ladi. (Maqol) 4. Kimki o’zining yaxshi ishidan quvonsa, yomon ishidan xafa bo’lsa, demak, u haqiqiy mo’mindir. (Hadis) 5. Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho’lpon, hozir o’l, Kimki qasd etsa anga(,) kiysin pushaymondin kafan! (Cho‘lpon)
120-mashq Ko’chiring. Bosh va ergash gaplardagi o’zaro nisbatlanayotgan so’zlarni toping. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan ko’rsatish olmoshining qaysi gap bo’lagi vazifasida kelayotganini aniqlang.
1. Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. (O’. Haydarov) 2. Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko’rsang, Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko’radi. (Hadis) 3. Kim birovga choh qazisa, o’zi yiqiladi. (Maqol) 4. Qayerda ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha yerda rivojlanish bo’ladi. 5. Nima ro’zg’orga kerak bo’lsa, dadam o’shani bozordan keltiraverar edi. (Oybek) 6. Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi. (Hadis)
121-mashq. Gaplarni ko’chiring, nisbiy so’zlarni aniqlang va ularning gapdagi vazifalarini tushuntiring.
1. Kimning aqli ko’p bo’lsa, ayblari yashirin va do’stlari ko’p bo’ladi. 2. Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o’z maqsadlariga oson erishadi. 3. Nimaiki senga zarar keltirsa, o’sha narsani boshqalarga ham ravo ko’rma. 4. Har kim o’z og’zining qorovuli bo’lsa, uning nafasi hech qachon bo’g’ilmaydi. 5. Kimning ichi nog’ora singari bo’sh bo’lsa, uning behuda so’zlari atrofdagilarning miyasini egovlaydi. («Mashriqzamin -hikmat bo’stoni» kitobidan)
123-mashq. Uyga vazifa. Nisbiy so’zli qo’shma gaplarni ko’chiring. Bosh gap tarkibidagi nisbatlanayotgan olmoshning qaysi gap bo’lagi vazifasida kelayotganini va shunga ko’ra ergash gapning turini ayting.
1. Kimki samimiy va pokdil bo’lsa, uning ishlari o’ngidan kelaveradi.
Odamlarga qanchalik yaxshilik qilsang, el seni shunchalik e’zozlaydi.
Qaysiki narsaga o’z mehnating bilan erishsang, o’sha narsa sen uchun qadrlidir. 4. Kimning yuragida o’t-olov bo’lsa, o’sha odamlarning ishlarida tashabbus bo’ladi. 5. Qayerda ahillik bo’lsa, o’sha yerda yutuq bor.

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin