10. Qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradigan yuklamalarni toping A) –mi, -chi B) –da, -ku C) –u(-yu), -da D) –a(-ya), -u(-yu)
11. Qo’shma gap qismlarida ifodalangan voqea-hodisalarning galma-gal ro’y berishini yoki ularning faqat bittasining yuzaga chiqishini ta’kidlaydigan bog’lovchilarni toping. A) ergashtiruvchi bog’lovchilar B) biriktiruv bog’lovchilar C) zidlov bog’lovchilar D) ayiruv bog’lovchilar
12. Takror holda qo’llanganda ayiruv bog’lovchilari oldida qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) nuqtali vergul B) vergul C) tire D) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
13. Qaysi so’zlar qo’shma gap qismlarni bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi? A) nisbiy so’zlar B) bo’lsa, esa so’zlari C) agar, gar so’zlari D) shuning uchun, shu tufayli so’zlari
16. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtiruv ergashtiruvchi bog’lovchilari qo’shma gapning qaysi qismida ifodalanadi? A) ergash gap boshida B) ergash gap oxirida C) bosh gap boshida D) bosh gap oxirida
17. Qaysi holda ergash gap bosh gapdan oldin keladi? A) tarkibida sabab bog’lovchilari bo’lsa B) tarkibida maqsad bog’lovchilari bo’lsa
C) kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalansa D) tarkibida qiyoslash-chog’ishtiruv bog’lovchilari bo’lsa