«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə10/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
25-mashq, Matnni o’qing, undagi undalmalarni aniqlang. Egadan nima bilan farq qilishini ayting. Tinish belgilarini izohlang.
Bu qasidam senga, xalqim,
Oq sut-u tuz hurmati,
Erkin o’g’lingman, qabul et,
O’zbegim, jon o’zbegim. (E. Vohidov)


26-mashq. Matnni o’qing. Kirish so’zlarni aniqlang. Ularda ishlatilgan tinish belgilarining qo’yilish sababini izohlang.
1. Axir, oriyat o’zbekning vijdoni emasmi? (P. Qodirov) 2. Ayol kishiga, avvalo, ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi. (O. Yoqubov) 3. Komila, nihoyat, tavakkaliga bir qovunni uzdi-da, hidlab olib chiqdi. (Oybek) 4. Umuman, odam bolasi tug’ilibdiki, nimanidir himoya qilib yashaydi. (A. Oripov) 5. Xullas, qars ikki qo’ldan chiqadi. (R. Ibrohimova) 6. Kuchli shovqin nafaqat katta yoshdagi kishilar, shuningdek, o’quvchilar faoliyatiga ham zarar keltiradi. (M. Saidov)
27-mashq. She’riy parchani o’qing. Undalma va kirish so’zlarni aniqlab, tinish belgilarining qo’yilishini tushuntiring. She’rdagi g’oya haqida gapiring.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo’qolgan kuning, shubhasiz, Men ham to’ti bo’lib qolaman. (A. Oripov)
28-mashq. Boshqotirmani to’g’ri yechsangiz, gaplarda tushirib qoldirilgan undalma va kirish so’zlarni topasiz.
1. ... , Azizxon polvon ishlaydigan joyni ko’rsatib qo’ymaysanmi? - dedi Ummatali yalingandek. (Said Ahmad) 2. Sen charchading, ..., manavi tol tagida o’tirib tur, men o’g’lingni topib kelay. (Said Ahmad) 3. ... , rejadagi ishlarimizni bajarib bo’ldik. 4. ... , siz Aziz polvonning dadasimisiz? Darrov tanidim. (Said Ahmad) 5. ... , men kitobni o’qib bo’ldim.
29-mashq. Undalmalar va kirish so’zlarni toping, tinish belgilarining ishlatilishini izohlang.
1. Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog’ing tabarruk. (Tog’ay Murod) 2. Kamol, Kamoljon, uxlab qoldingmi? Kel, o’g’lim, ovqating sovib qoldi. (S. Abdullayeva) 3. Bu vidolashuv, ayniqsa, Ulug’bekka qattiq ta’sir qildi. (B. Ahmedov) 4. O’zimning bulbulim, nega to’xtab qolding, bulbuljon? (Yo’ldosh Sulaymon) 5. Afsuski, hayotimizda o’zgarishlarga to’g’anoq bo’layotgan kimsalar hamon uchramoqda. (E. Vohidov) 6. Yaxshi, bolam, yaxshi! Ko’pning nazaridan qolma. (Shuhrat)
31-mashq. Matnni ko’chiring, kirish so’zlarni toping, ma’nolarini tushuntiring.
— Menga shu yer yoqadi. Maqtanyapti demang, cho’l yaxshi! Haqiqatan, bu maqtanish emas, kelajakka dadil intilayotgan qalbning o’z hayotidan mamnunligi ifodasi, xolos.
— Yaqin yillarda bu tevarak-atrofda o’zlashtirilmagan yer qolmaydi. Yaxshisi, yana keling, o’zingiz ko’rasiz, — dedi meni kuzatib qolarkan Tursunoy. Quvonchlarimni, mehrimni yashirolmadim.
— Men sizlarni yaxshi ko’rib qoldim. Albatta, albatta, yana huzuringizga kelaman. Yana ko’rishguncha, — dedim sekin... (M. Ulug’ova)

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin