Darsning maqsadi: a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a)salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. O’qing. Matn tarkibidagi qo’shma gaplarni aniqlang. Ergashgan qo’shma gaplarni ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni izohlang.
Eshitdimki, bir podshoh bir asirni o’ldirishga farmon beribdi. Sho’rlik asir hayotdan umidini uzibdi va podshohni boplab so’ka boshlabdi, chunki kishi jonidan umidini uzsa, ko’nglida borini bayon etadi.
Podshoh: «U nima deyapti?» deb so’radi. Sofdil vazirlardan biri: «Ey podshohi olam, har kim g’azabini ichiga yutsa, u gunohkorning gunohidan o’tadi deyapti», — deb javob beribdi.
Podshohning rahmi kelib, asirni afv etibdi. Sofdil vazirni ko’ra olmaydigan ikkinchi vazir gapga aralashdi va vazirlar podshoh huzurida faqat rost so’zlashlari lozimligini aytdi: «Bu asir podshohni haqorat qildi va sha’niga yomon gaplar aytdi»,— debdi. Shunda podshoh jahl bilan debdi: «Sen aytgan rost gapdan ko’ra uning yolg’oni menga ko’proq ma’qul tushdi, chunki uning yolg’oni xayrixohlik yuzasidan - aytilgan edi. Seniki esa jinoyatga boshlash uchun aytildi». (Sa‘diy) 2-topshiriq. Ko’chiring. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalarni aniqlang. Ergash gapning turini ayting.
1. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonogramma tushibdi. (Murod Muhammad Do’st) 2. Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to’ladi. (SaidAhmad) 3. Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko’ylagiga qadaladigan o’n-o’n beshta tugma sochilib yotibdi. (M. Hazratqulov) 4. Agar yurakda quvvat bo’lmasa, qo’lda ham quvvat bo’lmaydi. (Asqad Muxtor)5. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko’payib ketibdi. (Said Ahmad) 5-topshiriq. Gaplarni ko’chiring, ergashgan qo’shma gap turlarini aniqlab, ularga ta’rif bering.
1. Ilm-u ma’rifat e’zozlangan mamlakatda hech kim urush haqida bosh qotirmaydi, chunki ilm-u ma’rifat insonni yuksaklikka ko’taradi. (I.Karimov) 2. Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas, balki kasb-hunari bo’lmagan odam kambag’aldir. 3. Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi. (Maqol) 4. Jahl kelsa, aql qochadi («Otalar so’zi») 5. Do’stimga tushgan xavf meni ham tahlikaga solmas ekan, bu chinakam do’stlik emas. (Sa‘dulla Shukur)