24. Kesimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan ergash gaplar qanday ma’nolarni ifodalaydi? A) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik shartini
B) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik paytini
C) bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish yoki chiqmaslik sababini hamda maqsadini D) A va B
25. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga nima orqali bog’lanadi? A) -ki yuklamasi orqali B) shart mayli qo’shimchasi orqali C) deb so’zi orqali D) ko’makchili qurilmalar orqali
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ko’rildi:_____________
«Ona tili» 9-sinf 9-sinf «____» «_____________» KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAPLAR 47-dars KO’CHIRMA GAPLI QO’SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari: Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, o‘qish, so‘zlash, yozish): A2 – tinglangan matn, ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushuna oladi; – so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy oladi; – fikrini so‘z va gaplarni mantiqiy bog‘lagan holda, to‘g‘ri va ravon bayon qila oladi; – so‘z va gaplarni bog‘lagan holda fikrini aniq va ravon yozma bayon qila oladi; – 140-160 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi, 20-25 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi, bayonga reja tuza oladi, epigraf tanlay oladi; matnda badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foydalana oladi; – husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qila oladi; – ish qog‘ozlarini (ariza, ma’lumotnoma, xat, tarjimai hol, ixcham hisobot, e’lonlarni) yoza oladi.A2+ – ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb mavzularga doir xabar va ma’lumotlarni tushuna oladi; – turli janrga oid matnlardagi so‘z, ibora va atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri va ravon o‘qiy oladi; 160 — 180 so`zdan iborat diktantni yoza oladi; o`qib eshittirilgan matn yoki mavzu asosida 26 — 30 gapdan iborat ijodiy matn (bayon, insho) yoza oladi;– tanish mavzuda taqdimot qila oladi.