«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə89/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan gapdan muallif gapi va ko’chirma gapni ajrating.
Intilganga tole yor” – deydi xalqimiz.


Bilib oling. Ko’chirma gapli qo’shma gaplar doimo ikki qismdan - muallif gapi va ko’chirma gapdan tashkil topadi.


194-mashq. Ko’chiring. Muallif gapi va ko’chirma gaplarni aniqlang. Ularning o’rniga e’tibor bering.
Donodan so’radilar: «Ey donishmand, kishi uchun eng yaxshi narsa nima?» Aytdi: «Jim turmoq, ortiqcha so’zlarni aytmaslik". Yana so’radilar: «Unda bu xislatlat(xislatlar) bo’lmasa-chi?» «Unday odamning bo’lmagani yaxshi»


195-mashq. Ko’chiring. Muallif gapi va ko’chirma gaplarni va ularning joylashish o’rnini aniqlang. Tinish belgilarining qo’yilishiga e’tibor bering.
1. «Rahmat, ona qizim», — dedi muharrir mehri tovlanib. (Murod Muhammad Do’st) 2. «Ke, picha dam ol, chirog’im, toza charchabsan», — dedi bobom. (Oybek). 3. Kampir oyoq ostida o’sgan o’tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi: «Ma, jonivor, ma!» (Said Ahmad) 4. «Shoshmang, Ahmadjon», — dedi yigit. (Abdulla Qahhor) 5. Xalil bobo nevarasiga girgitton bo’lib: «Hoy, bolam senga nima bo'ldi? A? Nima qildi, toychog’im-a», — der edi. (A. Muqimov) 6. «Zap yigit ekansiz-da, Tursunalijon. Barakalla, barakalla», — dedi u. (A. Muqimov)


196-mashq. Gaplarni ko’chiring, ko’chirma gapli qo`shma gaplarning tuzilishiga e’tibor bering.
Abdulla Qodiriy bog’da ishlayotganida bir odam o’tib ketayotib: — Ha, ishlayapsizmi? — deb so’rabdi. — Yo’q, dam olyapman, — deb javob beribdi yozuvchi. Ma'lum vaqtdan keyin boyagi odam qaytib o’tsa, Qodiriy bog’da o’ylanganicha, aylanib yurgan ekan. — Ha, dam olyapsizmi? — Yo’q, ishlayapman, deb javob qilibdi ijod olamiga sho’ng’igan yozuvchi. (R. Obidov)


197-mashq. O’qing. Gaplarni qavs ichida berilgan muallif nomlaridan foydalangan holda ko’chirma gapli qo’shma gapga aylantiring. Qanday yo’l bilan qo’shma gapga aylantirganingizni ayting.
1. Xalqning ishonchini oqlash har birimizning muqaddas burchimizdir. (Mirtemir) 2. Ertangi kunimiz bundan ham go’zal bo’ladi. (A. Oripov) 3. Tabiatning betakror go’zalliklari yuragimga juda yaqin. (M. Ulug’ova) 4. Inson mehnati beiz qolmaydi. (E. A‘zamov)


198-mashq. Matnni davom ettiring. Unda ko’chirma gap va muallif gaplaridan foydalaning.
Qo’shiq – qalb mulki. U hayotning qalbdagi aks-sadosi…



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin