Ona tili o`qitish metodikasi fanidan r e f e r a t



Yüklə 235,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.05.2023
ölçüsü235,11 Kb.
#117924
1   2   3   4
Tayyorlov diktanti - bu diktantdan kontrol diktant yozishga tayyorlash, 
xatoning oldini olish maqsadida imloviy mashq sifatida foydalaniladi. Bunda avval 
matn o’kib tahlil qilinadi, keyin diktovka qilib yozdiriladi, so’ngra tekshiriladi. 
Lug’at diktantda bog’lanishli matn yoki gaplar emas, balki o’rganilgan ayrim 
imlosi qiyin so’zlargina diktovka qilinadi. Buning uchun mavzu mazmuniga mos
10-15 ta imlosi qiyin so’z tanlanadi. 
Lug’at diktant ko’pincha dars oxirida o’tkaziladi (5-7 daqiqa ajratiladi). 
O’qituvchi so’zlarni aytib turib yozdiradi, o’quvchilar yozib bo’lgach, lug’atdan 
topib yozishni tekshiradilar. Ba'zan diktant uchun tanlangan so’zlarni ifodalovchi 
rasmlar ko’rsatiladi, o’quvchilar rasmlarda ifodalangan predmetlar nomini 
yozadilar (bir predmet rasmi ko’rsatiladi, o’quvchilar uning nomini yozib, vergul 


qo’yadilar, ish shu tarzda davom ettiriladi) va yozgan so’zlarini lug’atdan 
tekshiradilar.
Diktantning bu turi rasm diktant deb ham yuritiladi. 
Izohli yozuv- o’qituvchi gapni o’kigach bir o’quvchi so’zlarni bo’g’inlab 
aytib turadi, zarur bo’lgan so’zning imlosini aniq va qisqa izohlab tushuntiradi. 
So’zni hamma bir vaqtda yozadi.O’qituvchi o’quvchining izohini kuzatib, zarur 
tuzatishlar kiritadi. So’zni izohlashda o’quvchi to’xtab qolsa yoki xato qilsa, uni 
navbatdagi o’quvchi izohlaydi. Izohlash uchun ayrim grammatik forma tanlanishi 
(bu tanlab izohlanishi / bu to’lik yoki umumiy izohlash) mumkin. 
Izohli yozuv xususiyatiga ko’ra ta'kidiy diktantga o’xshaydi, ammo izohli
yozuvda matnni yozib borish jarayonida xatolar oldi olinadi. 
Bu usul jarayonni boshqaradi, o’quvchilarni o’z - o’zini tekshirib borishga 
o’rgatadi. 
Erkin diktant - diktantning bayonga yaqin turi bo’lib, o’quvchilarni ravon 
bayon yozishga tayyorlaydi.
Diktant deb atalishining sababi - o’quvchini matnni diktovka qiladi, erkin 
deyilishining sababi matnni o’qib berilgan qismidan esda qolganini erkin ravishda 
yozishdir. Diktant uchun 3-5 abzasga bo’lingan matn tanlanadi. Matn o’qilishidan 
oldin zarur qoidalar takrorlab eslatiladi. O’qituvchi avval matnni yaxshi o’qib 
beradi, so’ngra abzasma-abzas o’qib yozdiriladi. Birinchi abzas oq’iladi,
o’quvchilar esda qolganini yozadilar , ikkinchi abzas o’qiladi o’quvchilar esda 
qolganini yozib bo’lgach, uchinchi abzas o’qiladi. Diktantning bu turi to’g’ri 
yozuvga o’rgatishning nutq o’stirish vazifasi bilan uyg’unlashtirib amalga 
oshirishga yordam beradi. 
Masalan, uchinchi sinfda "Fe'l" mavzusi o’tib bo’lingach o’qituvchi biz, bog’, gul, 
qo’shni, termoq, o’ynab o’tib ketmoq, adashib qolmoq, qidirmoq, topib kelmoq, 
so’zlarini doskada yozib berib, "bog’da" mavzusida gaplar tuzishni topshiradi. 
O’quvchilar quyidagicha gaplar tuzib yozadilar:


biz bog’da gullar terdik, Nafisa o’ynab bog’dan boqqa o’tib ketdi. U adashib qoldi, 
biz Nafisani qidirdik uni qo’shni bog’dan topib keldik. 
Ijodiy diktant imloni o’zgartirishni o’rgatishni nutq o’stirish bilan uyg’unlantirib 
amalga oshirishga imkon beradi, bolalardan matn tuzishga faol munosabatda 
bo’lishini talab qiladi.
Kontrol diktant kontrol yoki tekshiruv diktanti O’quvchilar olgan bilim hosil 
qilgan ko’nikma va malakalarni tekshirish uchun o’tkaziladi. Kontrol diktantdan 
ayrim vaqtda o’qitish vositasi yoki imloviy malakalarini qosil qilishga qaratilgan 
mashq turi sifatida ham foydalaniladi. Kontrol diktant mustaqil diktant deb ham 
nomlanadi. Chunki O’quvchi qandaydir vazifani mustaqil bajarishda o’z kuchini 
sinaydi, o’zi bilgan qoidani O’qituvchi diktovka qilgan matnga tadbik qiladi. 
Kontrol diktant O’qituvchiga u yoki bu qoidaga oid mavzuni O’quvchilar qay 
darajada o’zlashtirganligi xaqida ma'lumot beradi va keyingi mashg’ulotlarni tug’ri 
rejalashtirishga imkon beradi. O’qituvchi butun sinf ayrim O’quvchilar nimani 
o’zlashtirmagani nimani takrorlash kimga qanday yordam berish qanday mashqlar 
ishlatish kerakligini aniqlab oladi. 
Diktantlar kuzatilgan natijani berish uchun uni tashkil etish va o’tkazishda ayrim 
talablarga rioya qilish zarur.
1. 
Kontrol ish ma'lum bir mavzu o’tilib , O’quvchilarda zarur malaka hosil 
bo’lgach, o’tkaziladi. Aks holda kontrol ish qiyinroq o’tkaziladi. 
2. 
Kontrol ish tekshirilganda yaqinda o’rganilgan mavzular bilan bir qatorda 
ilgari o’rgatilganlar yuzasidan yo’l qo’yilgan xatolar ham hisobga olinadi. 
3. 
Diktant uchun materiallar sifatida ma'lum bir mavzudagi bog’lanishli tekst 
ba'zan alohida gaplar olinadi. Har bir sinf uchun so’zlar soni quyidagicha 
belgilangan: 
1-sinfda ikkinchi chorak oxirida 20 so’z, yil oxirida 40 so’z; 
2-sinfda ikkinchi chorak oxirida 55 so’z, yil oxirida 65 so’z ; 
3- sinfda ikkinchi chorak oxirida 75 so’z, yil oxirida 85 so’z; 


Diktant tekstining qiyinligi o’rtacha bo’lishi, ma'lum qadar imlosi o’rganilmagan 
so’zlar kiritilmasligi yaqinda o’tilgan mavzuga oid 2-6 so’z bo’lishi talab etiladi. 
Diktant teksti O’quvchilarning turli qoidalarga oid yo’l qo’ygan xatolarini 
aniqlash, taqqoslash imkoniyatini beradi. Tekstda ma'lum bir qoidaga oid nechta 
so’z bo’lishini bilgan O’qituvchiga O’quvchilar yo’l qo’ygan xatolar hisobini 
olish, ular urtasidagi farqni aniqlash oson bo’ladi. 
4. 
O’qituvchi diktant tekstini o’qib, ayrim tushunarsiz so’z va iboralarni yo’l-
yo’lakay tushuntiradi, O’quvchilar yozmay, faqat tinglab esda saqlab qolishlarini 
eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qiladi. O’qituvchi yig’ik sodda 
gaplarni butunligicha, yoyik sodda gap va qo’shma gapni esa qismlarga bo’lib 
yana o’qiydi, O’quvchilar yozadilar. Gaplar qayta o’qilganda O’quvchilar 
yozganlarini tekshirib ko’radilar. 
Tekst diktovka bilan yozdirilgach, O’qituvchi tekstni yana bir marta sekin o’qiydi, 
O’quvchilar yozganlarini tekshiradilar. 
Masalan, 1-sinfda so’zlarni so’roq berish orqali bir-biridan farqlash; 
2-3 sinflarda so’z turkumlarini, otlarning egalik qo’shimchalarini topib, shaxs-
sonini aniqlash, qaysi kelishikda turlanganini farqlash, fe'llarning qaysi shaxs-
sonda turlanganini, zamonini aniqlash, xatolarni hisobga olish va ular ustida 
ishlash. 
O’qituvchi o’z o’quvchilarining imlo va grammatikadan qay darajada malaka hosil 
qilganini aniqlash va bu malakani takomillashtirib borish uchun ularning yozma 
ishda yo’l qo’ygan xatolarini hisobga olib borishi zarur. O’qituvchi diktant 
natijalarini hisobga olib boradigan daftariga eng bo’sh o’zlashtiruvchi O’quvchilar 
uchun alohida varaq ajratib, ular yo’l qo’ygan xatolarni yozib boradi. Bu 
O’qituvchiga O’quvchilarning orfografik savodxonligi qanday o’sishini ko’zatib 
borishga, ayrim O’quvchilarga sinfda va uyda bajarish uchun shaxsiy vazifalar 
berishga differensial yordam uyushtirishga imkon beradi. 
O’quvchilar yozma ishlarida yo’l qo’ygan xatolarini tugrilash ustida o’zlari ham 
mustaqil ishlaydilar. Buning uchun ular xato yozgan so’zlarini tug’rilab ko’chirib 
yozish bilangina chegaralanmay, ularni hisobga oladilar. Oradan ma'lum vaqt 


o’tgach, O’qituvchi frontal suhbat vaqtida yoki O’quvchidan o’tilgan mavzuni 
so’rayotgan paytida zarur bo’lgan so’zlarni yozib berishini va qoidasini 
tushuntirishini so’raydi. Bu hildagi ish O’quvchilarni aktivlashtiradi. O’qituvchi 
chorak oxirida, yarim yilda, yil oxirida O’quvchilar ishida yo’l qo’yilgan xato va 
kamchiliklarni to’la analiz qilishi mumkin. U tipik xatolarni yozib borish va ularni 
O’quvchilar o’rgangan qoidalari asosida klassifikasiya qilish natijasida sinfdagi 
O’quvchilarning grammatika va imlodan o’zlashtirishi xaqida to’la tasavvurga ega 
bo’ladi. O’qituvchi O’quvchilar yo’l qo’yayotgan xatolarning sababini bilishi 
muhim ahamiyatga ega. Xatolarning kelib chiqish sabablari turlicha bo’lib, 
asosiylari qo’yidagilar hisoblanadi: 
1. 
O’quvchi qoidani bilmaydi; 
2. 
Qoidani biladi, lekin uni yozuvda qo’llay olmaydi; 
3. 
Qoidalarni aralashtiradi; 
4. 
Yozayotgan so’zlarini ma'nosini tushunmay xato qiladi; 
5. 
ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi, yoki noto’g’ri talaffuz qiladi, yozish 
jarayonida o’zini tekshirib bora olmaydi. 
O’quvchilarning grammatik bilim va to’gri yozuv malakalarini hisobga olib, ona 
tilidan o’zlashtirishlari baholanadi. Boshlang’ich sinflarda bitta baho qo’yiladi, 
bunda O’quvchilarning savodli yozishi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ona tilidan bilim 
va malakalarini baholash me'yori I - IV sinflar rejasiga berilgan. 
O’quvchilar yo’l qo’ygan xatoning oldini olish va to’grilashda yozma ishlarni 
tahlil qilish darslari katta ahamiyatga ega. Bunday darsning ko’rilishi kontrol 
ishning xarakteriga ko’ra turlicha bo’ladi.
Diktant tahlilida O’qituvchi bolalar diqqatini jamoa ishiga jalb etish uchun 
daftarlarni avval tarqatmaydi. Sinfda O’quvchilar yo’l qo’ygan tipik xatolar ustida 
ishlanadi. O’qituvchi doskada, boshqa o’quvchilar daftarlariga sinfdagi ko’p 
o’quvchi xatoga yo’l qo’ygan so’z, yokigaplarni yozadilar; 
U yoki bu so’zning qanday yozilishi, nima uchun shunday yozilishi aniqlanadi; 
To’g’ri yozuv qoidalari takrorlanadi. 


Tipik xatolar juda ko’p bo’lmaydi, shuning uchun O’qituvchi ular tahlilini tez 
tugatib, takrorlangan qoidaga oid so’z tanlash, shu so’zni qatnashtirib gap yoki 
so’z birikmasi to’zish va uni yozishni mashq qilishi yaxshi natija beradi. Darsning 
ikkinchi qismida O’quvchilarning individual xatolari tahlil qilinadi. O’qituvchi 
O’quvchilar daftarlarini tarqatadi. Ular O’qituvchi tomonidan togrilangan so’zlarni 
topadilar va daftarlariga yozadilar, ular ishtirokida gaplar tuzadilar va xokazo. 
Faqat bunday darslardagina emas, balki boshqa darslarda ham xatolar ustida izchil 
ravishda ishlab boriladi. 
Har bir dars, har bir O’quvchining javobi, har qaysi yozma ish O’quv predmetida 
berilgan bilimlarini o’zlashtirish darajasini ko’rsatib, O’qituvchi O’quvchilar duch 
keladigan qiyinchiliklar, keyingi darslarda nimaga ko’proq e'tibor berish kerakligi 
haqida ma'lumot beradi. 
O’qituvchi alohida O’quvchi va butun sinf bilan olib boriladigan ishlarning aniq 
rejasini tuzish uchun sinf ishini diqqat bilan kuzatishi, og’zaki va yozma javoblarni 
to’g’ri baholab borishi, o’z daftarchasiga zarur ma'lumotlarni yozib borishi lozim. 
Grammatikadan - yozma grammatik tahlil, ma'lum sxema asosida gap bo’laklari, 
so’z turkumi yoki so’z tarkibi jihatidan tahlil qilib, gap
bo’laklari, so’z turkumlari xaqida chizish bilan, so’z qismlarini ma'lum belgilar 
bilan gapdagi so’zlarning bog’lanishini sxema bilan ko’rsatish va shu kabilar.
Orfografiyadan- kontrol diktant: 
kerakli so’zlarni yoki tinish belgilarini qo’yib, bo’sh formada berilgan so’zlarga 
ko’shimchalar ko’shib gap tuzib, kitob yoki doskadan ko’chirib yozish;
berilgan tema asosida gap tuzish; 
hikoya tarzidagi tekst asosida bayon yozish; 
kichik hikoya yozish; 
ba'zan lug’at va kontrol diktantdan ham foydalanish mumkin. Maktab 
tajribasida grammatik bilim bilan orfografik malaka birga tekshiriladi, masalan: 
diktant yozdirilib, matndagi ayrim so’z, so’z birikmasi yoki gap tahlil qilinadi; 
Grammatik tahlil uchun ikki yoki uchta topshiriq berilishi mumkin.


Uchinchi sinf o’quvchilariga 2-chorakda "Qish keldi" mavzusida diktant 
yozdiriladi. Bundan maqsad bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish bo’ladi. 

Yüklə 235,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin