Ona tili o`qitish metodikasi fanidan r e f e r a t



Yüklə 235,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.05.2023
ölçüsü235,11 Kb.
#117924
1   2   3   4
Ko’rsatuv diktanti- diktantning bu turi ta'kidiy diktantning bir turi bo’lib, 
unda ko’ruv uquvi ham faol qatnashadi. Boshlang’ich sinflarda ko’prok ko’rsatuv 
diktanti qo’l keladi. Bunda o’qituvchi o’tilgan mavzuga mos bo’lgan matnni 
darslikdan tanlaydi, yoki yozib qo’yadi. Matn o’quvchilarga o’qib
beriladi, zarur qoidalar eslatiladi, u yoki bu so’zning to’g’ri yozilishi ta'kidlanadi, 
matn ogzaki tahlil qilinadi. So’ngra doskaga yozilgan matn parda yoki kog’oz 
bilan berkitiladi. Matnni diktovka bilan yozdirilgach, parda ochiladi. O’quvchilar 
o’z ishlarini doskadagi matnga qarab tekshiradilar, xatolarni to’g’rilaydilar. 
So’ngra daftarlar tekshirish uchun yig’ib olinadi. 


Saylanma diktant - Saylanma diktant ham ta'kidiy diktant kabi o’tkaziladi. 
Buning ta'kidiy diktantdan farqi shundan iboratki, tanlangan matn tahlil qilinib
o’rganilgan qoidalar takrorlab eslatilgach, o’qituvchi diktovka qilgan gapdan 
o’quvchilar o’rgangan qoidalarga mos bo’lgan so’z yoki so’z birikmasinigina 
tanlab olib yozadilar. Masalan, Saylanma diktant qaratqich kelishigidagi otning 
gapda boshqa otga bog’lanishini mustaxkamlash maqsadida o’tkazilsa, 
“maktabimizning shuxrati butun yoyilgan” gapi diktovka kilingach, o’quvchilar 
qoidaga mos “maktabimizning shuxrati” so’z birikmasinigina yozadilar va xokazo. 
Saylanma diktantda vaqt tejaladi, kerakli so’z yoki so’z birikmalarigina yoziladi. 
Matnga o’rganilgan mavzuni puxtalashga o’quvchilarning faol munosabati talab 
etiladi. 
Eslatish diktanti - bu diktantni o’tkazishda avval zarur imlo qoidalari 
takrorlab, eslatiladi, so’ngra tanlangan matn diktovka bilan yozdiriladi va tahlil 
qilinadi. Diktant darsning o’zida tekshiriladi. Ayrim vaqtda tekstning bir qismi 
yozib bo’lingach, shu qism tahlil qilinishi va tekshirilishi ham mumkin. Eslatish 
diktanti o’quvchilarni kontrol diktant yozishga tayyorlaydi. 

Yüklə 235,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin