Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“


‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig'ini bajarish



Yüklə 52,39 Kb.
səhifə14/24
tarix16.06.2023
ölçüsü52,39 Kb.
#131286
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
kitobcha

3. 0 ‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi topshirig'ini bajarish.
4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib borish mumkin:
1. Hikoyani o'qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga xarakteristika berish va boshqa.).
2. H ikoyani o'qish (bunda to 'liq va m a’no jihatdan tugal qismni o'qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o'quvchi ifodali o'qishi m um kin).
3. Lug'at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va voqealar o'rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).
5. Hikoyani qayta o'qish (qismlarga bo'lib, rollarga bo'lib o'quvchilarga o'qitish).
6. Hikoyaning har bir bo'lim i (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya rejasini tuzish.
7. Reja asosida qayta hikoyalash.
8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar.
9. Hikoyani ifodali o'qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki uyda).
10. Hikoyani ifodali o ‘qish va ifodali qayta hikoyalash.

Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechim i bo'lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo'la oladi.
S h e’r -ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (birbiriga m onand kichik bo'laklarning izchil va bir m e’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so'zlar) hisoblanadi.
M aqol turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she’riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur m a’noli iboralardir. Maqollar xilm a-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi.
O'zbek xalqi og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan hisoblanadi. ,,D oston“ so'zi „qissa „hikoya „ ta ’rif", ,,m aqtov“, ,,shon-shuhrat“, „sarguzasht“ ma'nolarida ishlatiladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o'rin tutgan.
Boshlang'ich sinflarda asosan:
1. Qahramonlik dostonlari;
2. Jangnoma dostonlar o'rganiladi.
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, xatti-harakati, holati va vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan she’riy yoki nasriy tuzilishdagi savol va topshiriqlardir.
Latifa xalq og'zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo'lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Xalq o'rtasida „afandi" deb ham yuritiladi. Latifalar yagona qahramon (Nasriddin Afandi) bilan bog'liq holda yaratiladi, ixcham sujetga ega bo'ladi. Latifalarning eng muhim xususiyatlaridan biri uning hamma vaqt hayot bilan hamnafas, hamqadam borishidir.
Tez aytishlar m a’lum so'zni, so'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni stiradigan, o'qish sur'atini oshiradigan janr hisoblanadi.



Yüklə 52,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin