1. Ta’limiy talab. Har bir dars o'quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.
2. Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir.
3. Didaktik talablar. Bu o'qituvchiga darsni to'g'ri tashkil qilish: dars maqsadlarini, turini to'g'ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o'quvchilarga yetkazib berish usullarini to'g'ri tanlash, o'quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir.
4. Psixologik talablar. Bu talab shuni nazarda tutadiki, o'qituvchi o'z o'quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi bilishi juda katta ahamiyatga ega. O 'z o'quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o'qituvchigina to'laqonli dars uyushtirishi mumkin.
5. Gigiyenik talablar. Bu o ‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish demakdir. Sinfda yorug‘lik, toza havo har doim yetarli bo‘lishi lozim.
Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Dars turlari uning didaktik maqsadiga ko'ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o'rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik
о ‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshq.
Har bir dars turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o'rtasida m a’lum bog'lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik maqsadi o'rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o'rniga qarab belgilanadi. O'qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va o'rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, qurilishini belgilaydi. Dars qurilishida qat’iy andaza bo'lishi m umkin emas. Biroq darsda uy vazifasini tekshirish, takrorlash, yangi materialni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish bosqichlariga rioya qilish tajribada o'zini oqlayapti. Shunga qaramay, bularga ijodiy yondashish, darsning maqsadi va foydalaniladigan metodik usullariga asoslangan holda, darsni qaysi bosqich (yangi materialni tushuntirish, mustaqil ishni bajartirish yoki uy vazifasini tekshirish) dan boshlashni o'qituvchining o'zi hal qilib, bosqichlar orasidagi ichki bog'lanish, har bir bosqichdagi ishlaming mazmunini aniq belgilab olish katta ahamiyatga ega ekanini unutmasligi kerak. Darsning barcha bosqichlarini bir jarayonga birlashtirish o'qituvchidan yuksak mahorat talab etadi.