Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“


Sifat 3 bosqichda o’rgatiladi



Yüklə 52,39 Kb.
səhifə20/24
tarix16.06.2023
ölçüsü52,39 Kb.
#131286
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
kitobcha

Sifat 3 bosqichda o’rgatiladi.
Boshlang'ich ta’limda son uch yo'nalishda o'rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
BOSHLANG'ICH SINFLARDA SINTAKSIS ELEMENTLARI USTIDA ISHLASH METODIKASI
Gap ustida ishlash.
Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang'ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo'nalishga bo'ladi:
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo'lgan gapning muhim belgilarini o'rgatish).
2. Gap qurilishini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlaming bog'lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning xususiyatlari, yoyiq va yig'iq gapiar ustida ishlash).
3. O'quvchilaming nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
4. Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish.
5. Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish.
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi.
Metodikada imloga oid mashqlarga: 1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi.
Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog'lanishi, ko'chirib yozuv va diktantda o'quvchilar faoliyatini belgilaydigan omillar, xususan, ko'chirib yozuvda ko'ruv va qo'l harakati uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.
Ko'chirib yozuv ko'rib idrok qilingan so'z, gap va matnni yozma shaklda ifodalashdir.
Boshlang'ich sinflarda husnixat va imlo qoidalariga rioya qilib, tuzatishlarga yo'l qo'ymay va tartibli, harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay, tinish belgilarini to'g'ri qo'llab ko'chirib yozuv ko'nikmasi shakllantirilishi kerak.
Diktant eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni yozishdir. O'quvchilaming og'zaki yozma nutqini o'stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O'quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o'zlashtirganliklariga bog'liq bo'ladi.
Diktantlar maqsadiga ko'ra ikki xil bo'ladi:

Yüklə 52,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin