Ona tili o’qitish metodikasi metod aslida yunoncha,,metodos“



Yüklə 52,39 Kb.
səhifə21/24
tarix16.06.2023
ölçüsü52,39 Kb.
#131286
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
kitobcha

1. Ta'limiy diktantlar — bilim berishga yo'naltirilgan diktantlar.
2. Tekshiruv diktantlari — o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar.
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Ta’kidiy diktant.
2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.
3. Izohli diktant.
4. Saylanma diktant.
5. Erkin diktant.
6. Rasm diktant.
7. Lug'at diktant.
8. Ijodiy diktant.
Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi.
Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5—6 marta o'tkaziladi.

Ona tili dasturining bo'limlari „Xat-savod o'rgatish va nutq o'stirish", „O'qish va nutq o'stirish", „ Grammatika, imlo va nutq o'stirish“ deb nomlangan.

Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi:
1) so'z ustida ishlash;
2) so'z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog'lanishli nutq ustida ishlash.
Nutq turlari
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular o'z fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqda o'ylab oladilar. Bu ichki nutq hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va yozilmagan, „o'ylangan" (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi kishining o'ziga qaratiladi. Tashqi nutq tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi — tashqi nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz yuzaga keladi.
Fikrni ifodalash usuliga ko'ra nutq og‘zaki va yozma bo'ladi.
O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan talablar
O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:
1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin.
2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin.
3. Nutq aniq bo'lsin
4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin
5. Nutq tushunarli bo'lsin
6. Nutq ifodali bo'lsin.
7. Nutq to'g'ri bo'lsin
Hozirgi o'zbek adabiy tili ulkan lug'at boyligiga ega. Besh jildlik „O'zbek tilining izohli lug'ati" da 80000 dan ortiq so'z va so'z birikmasi berilgan bo'lib, bular umumiy qo'llaniladiganlaridir.

Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda tutadi:


1. 0 ‘quvchilar lug'atini boyitish, y a ’ni yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar lug'atida bo’lgan ayrim so'zlarning yangi m a’nolarini o'zlashtirish.
2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish.
3. Lug'atni faollashtirish, y a ’ni o'quvchilar m a’nosini tushunadigan, ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni fa o l lug'atiga o'tkazish.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydigan so'zlarni o'quvchilar fa o l lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish.
O'quvchilarn ing mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko'ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo'linadi:
1 ) namuna asosidagi mashqlar;
2 ) konstruktiv mashqlar;
3) ijodiy mashqlar.

Yüklə 52,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin