Ona tili va o‘qish darslarida sifat so‘z turkumini o‘rganish


Sifatlarda uch xil daraja bor



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə5/12
tarix02.12.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#171269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4 kurs 403 S 5- guruh talabasi shernazarova feruzaning ona tili-fayllar.org

Sifatlarda uch xil daraja bor:
1) oddiy daraja;
2) qiyosiy daraja;
3) orttirma daraja
Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday belgiga qiyos qilinmasa, oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat belgining me'yorida ekanini ko‘rsatadi va u maxsus ko‘rsatkichga ega bo‘lmaydi: go‘zal tabiat, shirin qovun, keng hovli.2) qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday belgidan ortiq yoki kam ekanligining ifodalaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat deyiladi. Qiyosiy daraja leksik-morfologik usul bilan hosil qilinadi.Oddiy darajadagi sifatga -roq affiksini qo‘shish yordamida yasaladi. Bunda gap mazmunidan chog‘ishtirish, qiyoslash ma'nosi anglashilib turadi. Misol: SHu lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq ko‘rinib ketdi. Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi so‘z (har vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. O‘shandan buyon halol dehqonchilik qiladi; o‘rtadan ko‘ra pastroq... xo‘jaligi bor. Bu misolda pastroq belgini kamligi bildiryapti, qiyoslash ma'nosini o‘rtadan ko‘ra so‘zlari ifodalayapti.Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli so‘zlarini keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland, picha kattaroq, xiyol achchiqroq.
Sifatlar quyidagicha yasaladi:
1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan.
2. So‘zlarni qo‘shish bilan.
3. So‘zlarni takrorlash bilan.

1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardir:
1) otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-li: rasmli kitob, kuchli shamol

-dor: aybdor, vafodor

ba-: badavlat, baquvvat

ser-: serhosil olma.

-mand: kasalmand, davlatmand

Yuqoridagi qo‘shimchalar asosdan anglashilgan belgiga egalikni bildiradi.



-siz: tuzsiz ovqat
be-: beg ‘ubor, bexabar

Bu qo‘shimchalar esa (no- qo‘shimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch.) asosdan anglashilgan belgiga ega emaslikni ifodalaydi.



Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin