Ona tili va o‘qish darslarida sifat so‘z turkumini o‘rganish


O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə4/12
tarix02.12.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#171269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4 kurs 403 S 5- guruh talabasi shernazarova feruzaning ona tili-fayllar.org

1.2O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish
O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni bar tomonlama tasvirlash malakasini o'stirish uchun:
1.berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli — Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob;
2.berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyolkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki);
3.predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o'rnini puxta o'zlashtirishga erishish uchun ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar ustida ishlash, o'qish darslarida sifatning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida so'z yasashga oid mashqlarni muntazam o'tkazib borish o'quvchilarda u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi qo'shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og'zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o'rinli foydalanish ko'nik-masini o'stirish bilan bog'liq holda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan sifatlarni va ko'm￾ko'k, yam-yashilkabi sifatlarni to'g'ri yozish malakasi shakllantiriladi. Tsh mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o'quvchilar nutqini o'stirishga qaratiladi.Nazariy ma'lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo'yish, gapda sifat bog'langan otni (so'z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so'z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq mate-rialini tanlashda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-liniq, sap-sariq kabi sifatlar ko'proq bo'lishiga e'tibor beriladi. O'quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o'zlashtirishda uni ot bilan o'zaro holda o'rganishga asoslaniladi.Predmetning doimiy, o‘zgarmas belgisini ifodalaydigan so‘zlar sifat deyiladi.
Sifat mustaqil so‘z turkumi sifatida uch xil belgiga ega:
1. Leksik-semantik belgi. Sifat belgi ma'nosini bildiradi.
2. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlaridan
biriga javob bo‘ladi. Sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi keng bo‘lib, ma'nosiga ko‘ra bir necha guruhga ajratiladi:
a) rang-tus ma'nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang, yashil, zangori;
b) hajmi ma'nosini bildiradi: keng, tor, baland, past, uzun, chuqur, yirik, mayda;
v) shakl va ko‘rinish ma'nosini bildiradi: dumaloq, yassi, egri, qiyshiq, do‘ng;
g) maza-ta'm ma'nosini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho‘r, taxir, chuchmal, bemaza;
d) xarakter-xususiyat ma'nosini bildiradi: muloyim, odobli, shirinso‘z, chaqqon, sho‘x, yalqov⅝ar nisbiy sifat deyiladi.
Nisbiy sifatlar boshqa so‘z turkumlaridan yasaladi va xoslik, o‘xshashlik, o‘rin yoki paytga munosabat, mo‘ljal ma'nolarini bildiradi:
a) xoslik ma'nosini ifodalaydigan sifat ot turkumidagi so‘zga -iy, -viy qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi: zamonaviy, oilaviy, ma'naviy, siyosiy;
b) o‘xshashlik ma'nosini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so‘zga - simon, -sifat affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: odamsimon, hayvonsifat, devsifat;
v) o‘rin va payt ma'nolarini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so‘zlarga - gi, -qi, -ki, -dagi affikslarini qo‘shish bilan yasaladi: qishki, yozgi, bahorgi, bulturgi, tushki, kechki;
g) mo‘ljallanganlik, xoslik, o‘lchov ma'nolarini ifodalovchi sifatlar ot turkumidagi so‘zlarga -lik affiksini qo‘shish bilan yasaladi: ko‘rpalik, ko‘rpachalik, toshkentlik, ko‘ylaklik.Sifat ba'zan ravish o‘rnida qo‘llanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin: ma'noli gapirmoq, chiroyli yozmoq, yaxshi o‘qimoq kabi.Sifatning belgisini darajalab ko‘rsatishi (qizil, qizilroq, eng qizil, qip-qizil), yasalish sistemasiga egaligi otlashishi uning morfologik belgilaridan hisoblanadi.
3. Sifatning sintaktik belgisi. Sifat gapda otga, ba'zan fe'lga bitishuv usuli orqali bog‘lanadi va o‘zi bog‘lanib kelayotgan so‘zga tobelanadi.Sifat otga bog‘lanib kelganda, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Misol: Biz do‘stlarning eng yaxshi do‘sti, dushmanlarning eng kuchli dushmani ekanligimizni ham oqil odamlar tushunsin.
Sifat fe'lga bog‘lanib kelganda vaziyat holi vazifasini bajaradi.
Misol: Yulduzlar odatdagidan ko‘ra toza, kattaroq, yorqinroq ko‘rinardi.
Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko‘ra nisbatlab farqlash hodisasi sifat darajasi deyiladi.

Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin