Ona tili va o‘qish darslarida sifat so‘z turkumini o‘rganish


Boshlang‘ich sinflarda sifat so‘z turkumini o‘qishda interfaol metodlardan foydalanish



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə9/12
tarix02.12.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#171269
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4 kurs 403 S 5- guruh talabasi shernazarova feruzaning ona tili-fayllar.org

2.2.Boshlang‘ich sinflarda sifat so‘z turkumini o‘qishda interfaol metodlardan foydalanish

Boshlang’ich sinflarda Sifat tushunchasini shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi . Sifat so’z turkumini o’qitishda “Aqliy hujum”, “Davra suhbati”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama￾zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” kabi interfaol metodlardan foydalanilsa o’quvchilar ushbu mavzuni tezroq tushunishga erishadilar.“Zig-zag”metodida o’quvchilar belgi bildirgan so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko’p uchraydigan matn tanlanib zig-zag usulida o’qitiladi, keyin esa sifatlarini tushirib qoldirilib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Har bir o’qituvchining vazifasi o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolarni aniqlashi va ularning yo’l qo’ygan xatolarini kuzatib,to’g’rilab borishdan iboratdir. O’qituvchi o’quvchilarning chalkashishlaridan, noaniq javoblaridan, hodisani esidan chiqarishidagi, taxminiy javoblaridan qoniqish hosil qilmasligi, aniq shakllantirilgan javob va tushuntirishlarini talab qilishi lozim. Nutqimizdagi so’zboyligimizning katta qismi atrofimizdagi narsa va hodisalar, harakat-holatlarning, belgi-xususiyatlarning nomi sifatida vujudga kelgan. Bola maktabga kelgan kunidan boshlab, ta’lim jarayonida tilning lug’aviy birliklarini o’zlashtirib boradi. O’quvchi lug’atining boyishiga, birinchi navbatda, uni o’rab olgan muhit, o’qishfaoliyati, kattalar va tengdoshlari bilan bo’lgan muloqot katta ta’sir ko’rsatadi.Boshlang’ich sinfda ona tilidan nazariy bilimlar, o’quvchilarni o’qishga o’rgatish badiiy matnlar tahlili asosida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham badiiy asar matnlari o’quvchilar lug’atini boyitishda va nutqini o’stirishda eng asosiy manba sanaladi.Boshlang’ich sinf ona tili ta’limida, jumladan, o’qish darslarida ham lug’at ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. Ona tili va o’qish darslarida lug’at ustidagi ishlar o’rgatilayotgan mavzular va o’quv materiallari bilan bog’liq holda olib boriladi. O’quvchilar ma’nosini bilmaydigan yoki aniq anglamaydigan so’zlar barcha so’z turkumlari doirasida uchraydi. Ularning ma’nosi biror usullar yordamida o’quvchilarga yetkazilishi lozim. Aks holda o’quvchilarning nutqi bora￾bora qashshoqlashib boraveradi. O’quvchilarni o’z fikrini aniq va ta’sirchan ifodalashga o’rgatishda belgi bildirgan so’zlar – sifatlarni o’rgatishda ”Davra suhbati”metodi alohida o’rin tutadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifatning rang, shakl, maza, hajm, xususiyat bildiruvchi ma’no turlari o’rganiladi. Biz mazkur maqolamizda rang bildiruvchi so’zlar ustida ishlash orqali o’quvchilar lug’atini boyitish yuzasidan olib borgan tajribalarimiz bilan o’rtoqlashishni maqsad qilib oldik. Bir qaraganda rang bildiruvchi sifatlardan o’quvchilar bemalol va kerakli o’rinda foydalanadigandek ko’rinadi. Aslida esa boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darsliklarida uchragan rang bildiruvchi sifatlarning badiiy nutqda qo’llanadigan turlaridan o’quvchilar nutqda foydalanmayaptilar. CHunki rang bildiruvchi sifatlarning ma’nosini – qanday rangni bildishini o’rgatishga e’tibor berilmaydi. SHu sababli o’quvchilar ko’p hollarda ayrim so’zlarning ot yoki sifat ekanini farqlamaydilar.Vaholanki, boshlang’ich sinf “Ona tili“ va “O’qish kitobi“ darsliklarida o’quvchilar ma’nosini farqlamaydigan rang bildiruvchi sifatlar talaygina. Masalan, darsliklaridagi badiiy matnlarda “zangori, zumrad, malla, jigarrang, yo’l-yo’l, qo’ng’ir, lojuvard, bo’z, alvon, malla-lojuvard, nimrang, olachipor, ola-zangor, targ’il, chipor, moviy,ola-bula,moshrang, sarg’ish-ko’kish“ kabi rang bildiruvchi sifatlar qo’llanganki, ularning ma’nosini o’quvchilardan so’raganimizda aniq aytib bera olmadilar.

Barglarning umri qisqa ekan. Kuz kelishi bilan qo’ng’ir tusga kirib, daydi shamolning hamlasiga dosh berolmay to’kilisharkan. Yuqoridagi misollarda o’quvchilar ma’nosini bilmaydigan “zumrad zangori, yo’l-yo’l“ rang bildiruvchi sifatlar qo’llangan Ularning ma’nosini o’quvchilar qaytarzda tushunganliklari aniqlanishi va tushuntirilishi zarur.“Zumrad“ – “och yashil tusli tosh“, she’rda daraxt yaproqlarining rangini “och yashil tusli yaproqlar“ni bildirib kelgan.“Zangori“ – yashil bilan ko’k o’rtasidagi rang, och havorang“ ma’nosini bildiradi.“Yo’l-yo’l“ – “oq-qora va boshqa chiziqli rang“ ma’nosini bildiradi.“Qo’ng’ir“ – “qora-sariq rang“, “to’q malla“, “qoramtir“, “to’q kulrang“ ma’nosini bildiradi. (Qo’ng’ir“ – to’q jigarrang o’rdak nomi)Yuqoridagi kabi rang bildiruvchi sifatlar ma’nosi boshlang’ich sinfda izohlashni va ulardan foydalanishga o’rgatishni taqozo etadi. Rang bildiruvchi sifatlarning ma’nosini rang ko’rinishi orqali ko’rsatish va rang nomini aytib, aralash berilgan rangli qog’ozlar ichidan topib ko’satish, shu rangdagi narsalarni: hayvonlar, qushlar, o’simliklar va boshqa narsalarni topib aytish, tasvirlab berishkabi ish turlari yaxshi samara beradi.O’quvchilarning diqqatini rang bildiruvchi sifatlarga qaratishda, ularning nutqdagi ahamiyatini anglatishda topishmoq janri juda qo’l keladi. CHunki uning javobini topishda rang bildiruvchi sifatlar yordam beradi. Masalan:


Ko’ylagi qavat-qavat
Tugmalari yo’q faqat.
Ustida yashil to’ni,
Yoz-u qish yechmas uni.
“Aqliy hujum“ metodida rang bildiruvchi so’zlarni yozish topshirig’i beriladi. Matndan rang bildiruvchi so’z(sifat)larni toping. Uning qanday rang ma’nosini bildirayotganini ayting“ kabi topshiriqlar asosida maqsadni amalga oshirishda yaxshi samara beradi. Mazkur darslikdagi misollarga murojaat qilamiz:
Gul-loladay tojlari
Qayrilib qoshga tushgan.
Yurishar gala-gala,
Oq , chipor, kulrang, sara.
She’riy parchadagi “chipor“ sifatining ma’nosini izohlash lozim.“Chipor“ – “ola-bula“ ma’nosini bildiradi. “Ola-bula“ rang bildiruvchi sifatining o’zida turli ranglar ifodalangan bo’lishi mumkin. Masalan, “ola-bula“ –“oq va boshqa ranglarning aralashmasi“, “oq va qora“, “oq va sariq“ kabi. “Kulrang“ sifati ham “oqish qora“, “ko’kish“ rang ma’nosini bildiradi.Erkin o’sha tomonga chopmoqchi edi, chayla oldida yotgan targ’il itni ko’rib qoldi. (“Xazonchinak“, O’. Hoshimov. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 61-bet.) “Targ’il“ –“sarg’ish va qoramtir yo’lli rang“ ma’nosini bildiradi. “Targ’il“ so’zining ma’nosi izohlangach, “targ’il“ so’zini yana qaysi hayvonlarga nisbatan qo’llash mumkin? degan savol berilsa, o’quvchilar undan o’rinli foydalanishga o’rganadi.Lojuvard osmonda turnalar arg’imchog’i “tirov-tirov“ qilib uchib ketyapti. (“Quyoncha“, N.Fozilov) “Lojuvard“ – “tiniq ko’k“ rang ma’nosini bildiradi. O’quvchilarga “lojuvard“ so’zining boshqa ma’nosi, ya’ni “ to’q ko’k, to’q havo rang tusli mineral“ ma’nosi ham aytilsa, bu rang bildiruvchi so’zning qanday yuzaga kelganini bilib oladi.Yoz kunlari Maxdumning bog’i oq, nimrang, ola-zangor (olachipor), mala￾lojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir ko’rinishga kirar edi. (“Gulzorda“, A.Qodiriy. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 210-bet.) Mazkur jumladagi “nimrang“ sifati ham izoh talab qiladi. Chunki bu sifat “rangi och“, “och rang“ ma’nosini bildiradi, o’quvchi uni biror rangning ochiq ma’nosida anglamasligi mumkin.“Ola-zangor“, “malla-lojuvard“ sifatlarining ma’nosini izohlashda ularni tarkibiy qismlar ajratib tushuntirishga to’g’ri keladi. “Ola-zangor“: “Ola“ – oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang, “zangor“ –“yashil va ko’k orasidagi rang, ularning qorishiq tuslisi, och havo rang, moviy“ rang ma’nosini bildiradi. “Ola“ – oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang deyilishidan kelib chiqib, “ola-zangor“ sifati - “yashil va ko’k ranglarning qorishig’i“ ma’nosini bildiradi , degan ma’lumot beriladi “Malla-lojuvard“ sifati (“malla“ – jig’ar ranga moyilroq och sariq rang) –“tiniq och sariq rang“ ma’nosini bildiradi. Bu mavzuni o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda sifat yaxlit holda o’rganiladi va uni o’rganish o’quvchilar shu so’z turkumining belgilarini, vazifasini o’zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo’shimchalarini to’g’ri yozish ko’nikmasini shakllantirishga qaratiladi


Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin