Ona tili va o‘qish darslarida sifat so‘z turkumini o‘rganish



Yüklə 59,25 Kb.
səhifə8/12
tarix02.12.2023
ölçüsü59,25 Kb.
#171269
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4 kurs 403 S 5- guruh talabasi shernazarova feruzaning ona tili-fayllar.org

I bobga doir XULOSA
O‘quvchilar matn yaratishga bosqichma-bosqich: so‘z ustida ishlash, gap va uning mantiqiy bog‘lanishi ustida ishlash, og‘zaki hikoya tuzish va uni yozma shakllantirish tarzida maxsus tayyorlab boriladi.Shunday qilib, muammoli o‘qitishning vazifasi o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirish va aqliy hamda amaliy, mustaqil faoliyatlarini samarali bo‘lishiga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini shakllantirishdan iborat.


II.bob 3- sinflarda «Sifat» mavzusini o'rgatishning ahamiyati.

2.1.Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar

Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-tami, xarakter- xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun sinfdanoq bolalar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi. O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) rejada olib borishni talab etadi.Boshlang'ich sinflarda «Sifat» mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi:


1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I sinf);
2) sifat haqida tushuncha berishdi (II sinf);
3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o'zlashtirish (III, IV sinflar).
Sifat bilan (terminsiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshlanadi. Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifattushunchasini shakllantirish uchun uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi. O'qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko'rsatadi, o'quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma - qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) lenta - uzun, keng, ko'k lenta. Albatta, suhbat asosida o'quvchilar olma, lenta so'zlari nima? so'rog'iga javob bo'lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so'zlar qanday? so'rog'iga javob bo'lib, predmetning' belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini aniqlaydilar. O'qituvchi atrofimizni o'rab olgan predmetlarning o'z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini misol bilan tushuntiradi: (Qanday daraxt? - Katta, chiroyli, sershox, ko'mko'k daraxt. Qanaqa shkaf? - Oynali, baland shkaf.) Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar predmet belgisini bildiradi.O'quvchilar belgi bildirgan bunday so'zlarning nutqimizdagi rolini anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab qo'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O'quvchilar qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob bo'lgan (predmet belgisini bildirgan),so'zlarni o'zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali hisoblanadi:
1) so'roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so'zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so'zlardan gap tuzish;
3) matndan kim? yoki nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni va unga bog'langan qanday? qanaqa? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni tanlab (so'z birikmasini topib) aytish va yozish;
4) tayanch so'zlar va rasm asosida gap va hikoyacha tuzish.Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: «sifat» tushunchasini shakllantirish hamda o'quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish hal qilinadi.«Sifat» tushunchasini shakllantirish o'quvchilarning «predmet belgisi» degan umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga bevosita bog'liq. SHu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so'zlar gruppalanadi va shu so'zlarking xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan birga untsng xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o'quvchilar uning so'z turkumi sifatidagi o'ziga xos ko'rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? so'rog'iga javob bo'ladi, v) gapda otga bog'lanib, shu ot bilan so'z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi.Bu sinfda og'zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog'i yoki parkka sayohat vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoyacha tuzish kabilar)ga katta o'rin beriladi.O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o'stirish uchun: ) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? SHirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday bino? Baland, g'ishtli, chiroyli bino;
2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi..., (tulki);
3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi rolini puxta o'zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonim sifatlar ustida ishlash, o'qish darslarida sifatning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida so'z yasashga oid mashqlarni muntazam o'tkazib borish o'quvchilarda u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi qo'shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og'zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish bilan bog'liq holda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan sifatlarni va ko'mko'k, yamyashil kabi sifatlarni to'g'ri yozish malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o'quvchilarning nutqini o'stirishga qaratiladi.Nazariy ma'lumotlarga asoslanib matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo'yish, gapda sifat bog'langan otni (so'z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so'z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan yaxshiroq, aqlliroq kabi, shunigdek, tiptiniq, sapsariq kabi sifatlar ko'proq bo'lishiga e'tibor beriladi. O'quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin, mashq topshiriqlari ham asta￾sekin murakkablashtira boriladi. SHunday qilib, sifatni o'zlashtirishda uni ot bilan o'zaro bog'liq holda o'rganishga asoslaniladi.Boshlang'ich sinflarda "Sifat" mavzusini o'rgatish metodikasi katta o'rin tutadi. Sababi, 1-sinfdan boshlab o'quvchilarga narsa-buyum belgisini bildiruvchi so'zlar bu sifat-so'z turkumi ekanligi haqidagi tushuncha shakllantirib borilishi natijasida ular bu haqda to'liq ma'lumotga ega bo'ladilar.Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar. Bunday sifatlar orqali predmetning turlishakl-ko’rinishlari, ichki va tashqi forma-lari ifodalanadi dumaloq, yassi,o’zunchoq, qiyshiq, to’garak, do’ng va b.Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bildiruvchi sifatlar ba’zan moskelishi mumkin: semiz, ozg’in, pachoq, bukir kabi. U oriqqina bo’lsa ham qo’li,boldirlari tiqmachoq, uzunchoqroq yonoqlari ham yapaloqroq, «8» rakamigao’xshab ke-tadigan lablari ham etuk qizlarga xos bo’liq tirsillama O‘quvchilarga nazariy ma’lumot tushuntirilgach sinov tariqasida bir nechasavol beriladi. Qoniqarli javob olingach, ularning buni qay darajadao‘zlashtirganligini aniqlash hamda uni mustahkamlash maqsadida mashq bajartiramiz. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, ularni izohlang. Ushbu mashqni bajarishda 6 x 6 x 6 metodidan foydalaniladi. Bu guruhning har bir a’zosini faollik,o‘z fikrini ifoda etish, guruhdoshlarining fikrini tinglash va tanlay olish, o‘rtaga tashlangan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatadi. Ushbu metodda 5,6,7,8 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lishi mumkin. 6 tadan qo‘yilgan stulga o‘quvchilar joylashib olib, bo‘linadi. Mashqdagi gap o‘qiladi. Shakl-ko’rinish sifatlarni topib, ular izohlanadi guruh a’zolarimaslahatlashib javoblarini guruh sardori yozib, javobini eshittiradi. Birinchi vato‘g‘ri, chiroyli yozib bo‘lgan guruh har bir a’zosi rag‘batlantirilib, baholanadi.
1. Kasbning katta-kichigi bo‘lmaydi. (M.Oripova). Katta-kichik zid ma’noli, ma’no umumlashgan.
2. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko‘rinib qoldi. (P.Qodirov). Sarg‘ish-qo‘ng‘ir o‘zaro yaqin ma’noli, ikkiasosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat
3. G‘ir-g‘ir shaboda turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keldi. Turlituman o‘zaro yaqin,ikki asosning juft kelishidan hosil bo‘lgan sifat.
4. Baland-past devorlar orasidagi mevalarning oq, pushti, qizil guliga tabassum bilan qaraysan. (O‘.Umarbekov). Baland-past o‘zaro zid ma’noli ikki asosning juftkelishidan hosil bo‘lgan.
Yuqoridagi mashqda shakl-ko’rinish sifat topib izohlash bilimlari tekshirilib ko‘rilsa quyidagi mashqda esa nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlarning mosini qo‘yibjuft sifat yasash bilimi tekshiriladi. Dastlab orqa partada o‘tirgan o‘quvchilar bittabitta gaplarni ifodali o‘qib berishadi. Mashqni yana guruh bo‘lib bajariladi. Uchtaqatorda joylashgan partalarga qarab o‘quvchilarni 3-guruhga bo‘lib olamiz.Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun tamoyiliga amal qilib, qaysi qatorto‘lib mashq topshiriq asosida jamoada hamjihatlik o‘quvchilarda inoqlikbilganlarini tortinmasdan aytish ko‘nikmasi shakllana boradi.
Bexato va to‘g‘ri, tez bajargan guruh a’zosi taqdirlanadi.
1. Shoshilish, yengil –yelpi ishlarga havas, jahldorlik-nodonlar ishi.

2. Goho-goho keladigan uzuq –yuluq xabardan boshqa aloqa yo‘q.


3. Sehrli qalpoq axtarib eski-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchaksurchaklarni tintuv qilib yurgan edim.
4. Mayda-chuyda narsalar tugilgan ro‘molni ko‘tarib qorovulxonaga kirdi.
5. Mahallaning qora-qura bolalari shoxdan-shoxga tirmashadi.Uyga vazifa.

Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga izoh bering. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Namuna: Esli-hushli yoshlar yurtimiz ravnaqiga hissasi beqiyosdir.


2. G‘adir-budir past-balandliklar tekislanib ulkan binolar qad ko‘tarmoqda.
3. Arzon-garov o‘yinchoqlar o‘zimizda ishlab chiqiladi.
4. Bu yilgi yog‘ingarchilik o‘ydim-chuqur yo‘llarni ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
5. Alg‘ov-dalg‘ov ishlar chek-chegarasi yo‘q edi.
6. Kech kirib, yakkam-dukkam quyoshning nuri qolgan edi.
Uyga berilgan topshiriqni bajarish jarayonida o‘quvchilarning juft sifatlar haqida bilimi boyishi bilan birga ularning ham og‘zaki ham yozma nutqning rivojiga katta hissasini qo‘shiladi.

Yüklə 59,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin