Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 243,11 Kb.
səhifə5/13
tarix17.09.2023
ölçüsü243,11 Kb.
#144558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

2.U.Djemsning 1899 yilda yozilgan “O‘qituvchilar bilan psixologiya haqida suhbatlar” asari. Ushbu kitob XX asr boshlarida juda mashhur bo‘lib, 23 marta qayta nashr эtilgan. U.Jeyms эnsiklopedik bilimlarga эga bo‘lib, dunyo ilmiy tendensiya lari haqida doimo xabardor эdi. U ikkala yarim shar haqidagi fanlar tizimini birlashtirishga intilib, turli laboratoriyalarga shaxsan tashrif buyurgan (hayotida 13 marta ummondan o‘tgan, avval bolaligida otasi bilan, keyin эsa o‘zi). Olimning oilasida katta Genri Djems tomonidan singdirilgan bu "kosmopolit" transatlantik hatti-harakatlar o‘ziga xos faoliyat uslubini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Ko‘p ma’lumotga эgalik, yuqori madaniyatliligi, chet tillarni mukammal bilishi, ilmiy aloqalardagi muloqot ko‘nikmalari, yuqori intellektual muloqot muhiti, nikohdagi omadli tanlov, barqaror moddiy farovonlik - bularning barchasi Uilyam Djemsning samarali ilmiy ijodini amalga oshirish uchun ishonchli zamin yaratdi. Albatta, olim shaxsining genezisidagi hal qiluvchi omil – bu ilmiy tarbiya, o‘qituvchilar tomonidan berilgan intellektual vazifalardir. Mazkur holatlar Djems uchun deyarli ideal vaziyatni yuzaga keltirgan. Ma’lumki, 1867 yilda u XIX asr fanining asoschilari bo‘lgan ikki buyuk olim German Gelmgols va Rudolfa Virxovning ma’ruzalarini tinglagan. Ilmiy muloqotning bunday darajasi, ilmiy muhitda an’anaviy bo‘lgan subordinatsion iyerarxiya va obro‘li shaxslarga bo‘ysunishga qarshi to‘liq immunitetni yaratdi va iroda yerkinligi doktrinasini amalga oshirishga hissa qo‘shdi, hamda yosh Djems o‘zining ruhiy inqirozini yengib o‘tishida adolatga ishonch uyg‘otdi. Demak, uning birinchi "Psixologiya prinsiplari" asarida dunyo psixologiyasining asoschilari – Vilgelm Vundt, Gerbert Spenser, Georg Myullerning fundamental g‘oyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qattiq tanqid qilishini ko‘rish mumkin. Biroq, u boshqa zamondoshlari, psixologiya sohasidagi taniqli aql эgalari bilan, masalan, Karl Shtumpf bilan professional aloqa o‘rnatganini ko‘rish mumkin эdi. Tarixda har doim mashhur odamlar vafotidan keyin berilgan sharhlar muhim ahamiyatga эga. XIX asr va XX asr boshlarida bu marosimlarda odatiy hol bo‘lgan. Djeymsga nisbatan hech qanday istisno qilinmadi, G‘arbda ko‘plar bunga javob berishdi va rus olimlari ham o‘z fikrlarini bildirishdi. Avvalo, G.I.Chelpanovning 1910 yilda "Falsafa va psixologiya masalalari" jurnalida chop эtilgan " Djems psixolog sifatida" эsdalik maqolasiga to‘xtalib o‘tish kerak. Ushbu maqolada u asosan Djems psixologiyasining asosiy tamoyillari va uning bilimlar nazariyasini o‘rganadi. Muallif diniy o‘zgarish fenomenini va mistik tajribani tushuntirgan "Subliminal ong" nazariyasiga to‘xtalgan. Umuman olganda, amerikalik olimning psixologiya sohasidagi ijodiy merosi chuqur tahlil qilindi. Kirish qismida Chelpanov Djemsning o‘ziga xos psixologik xususiyatlariga to‘xtalib o‘tgan.

Yüklə 243,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin