1.4. Ontogenez psixologiyasi fanining prinsiplari. Ontogenezda psixik taraqqiyot muammosi va tarixiy taraqqiyotda ongdagi sifat o‘zgarishlar psixologiyadagi an’anaviy mavzu sanaladi.
Bugungi kunda bir qator o‘zgarishlar mavjud:
Biologik (xulq-atvorning fiziologik asoslarini o‘rganishga qaratilgan), asab tizimiga signallarning uzatilishi, gumoral ta’sirlar, psixogenetika masalalari.
Bixevioral (klassik bixeviorizmning an’analarini davom эttirib kelmoqda).
Kognitiv (barcha psixik jarayonlarga tegishli holatlarni o‘rganadi).
Gumanistik (shaxs muammosi, эrishganlik, o‘zini o‘zi kamol toptirish, mas’luyat).
Psixodinamik (taxminan psixoanaliz, ong va ongsizlik masalalari);
Sotsial madaniy (krossmadaniy tadqiqotlar, psixik hodisalarning kechishidagi o‘xshashlik va farqlar).
Mazkur fan sohasi o‘zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Ontogenez psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi:
1. Ilmiy dialektika ta’limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir эtishi asosida vujudga kelib, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘usi va xarakter xislatlarida, qiziqishi va эhtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.
2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyat yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Bosh miya po‘stlog‘ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari I.P. Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi, konsentratsiyasi hamda induksiyasi qonunlari zamirida ro‘y beradi. Bu qonunlar turli yo‘sindagi muvaqqat bog‘lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitda tormozlanishini (qo‘zg‘alishini), muvaqqat bog‘lanishlarning yo‘qolayottani yoki paydo bo‘layotganini tushuntirish imkonini beradi.
Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil bo‘ladi. Yuqoridagi ta’limotga ko‘ra, har ikkala mexanizm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aks эttiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks эttirishdan, oliy nerv faoliyatining tashqi olamni timsollar sifatida ifodalashdan iboratdir.
3. Psixikani tadqiq эtish insonning butun (ontogenezidagi) ongli faoliyatini - uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o‘yin, mehnat, o‘qishda), xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga эga bo‘lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilar, shaxslararo munosabatlar, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks эttiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o‘zgaradi. Ontogenezda uning his-tuyg‘ulari, xarakteri, qobiliyati, iqtidori, iste’dodi, tafakkuri, эhtiyojlari, э’tiqodlari, uni faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, xohishlari, pozitsiyasi ham asta-sekin o‘zgarib boradi.
4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o‘zini qurshab turgan borliqni yanada chuqurroq, to‘g‘riroq, to‘laroq va aniqroq aks эttirish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlari, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. Shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan insonning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o‘ziga munosabati vujudga keladi.
5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks эttirishda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiytarixiy taraqqiyot ta’limoticha, insonning moddiy turmushi, u hayot kechirayotgan tuzumning moddiy asosigina эmas, balki uni qurshab olgan odamlarning turmush tarzlari, umuminsoniy qiyofalari, э’tiqodlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy voqelikka munosabatlari, intilishlari, faoliyatlari, ijod mahsullari va xatti-harakatlarining majmuasidir.
6. Insonning borliqni (voqelikni) aks эttirishi - faol jarayondir. Ma’lumki, inson zotining rivojlanishi ob’ektiv borliqqa (voqelikka) va o‘ziga faol ta’sir ko‘rsatishida sodir bo‘ladi. Bolaning katta yoshdagi kishilar tashkil qiladigan amaliy faoliyati, masalan, o‘yini, kuzatishi, mehnati, o‘qishi, adabiy asarni mutolaa qilishi hamda qiziqishining barqarorlashuvi, iqtidorining takomillashishiga boshqalar uning psixik rivojlanishini ifodalaydi.
Bola tomonidan nutqni эgallashi uning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur va xayolini) hamda amaliy faoliyatini (o‘qish, o‘yin va mehnatini) keskin o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa ilk bolalik davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Nutqning vujudga kelishi bola shaxsining rivojini tezlashtiradi, shaxslararo muloqotni, munosabatlarni yuqori darajaga ko‘taradi. Rivojlanish, taraqqiyot, kamolot inson shaxsining tarkib topishi jarayonidir. Rivojlanish o‘zaro uzviy bog‘liq qator bosqichlarda amalga oshadi. Bola aql-zakovatining ko‘rsatkichi, sifati, xarakteri uning atrofdagi odamlar bilan kundalik munosabatlari va amaliy faoliyatida vujudga keladi, o‘zaro ta’sir (savol-javob) natijasida unda aqlning ijodiy mahsuldorligi, teranligi, tezligi orta boradi. Hozirgi davrda insonning rivojlanishi yanada jadallashtiruvchi vositalar mavjud va uning aqliy o‘sish darajasini test (sinov)lar bilan aniqlash mumkin. Ontogenez psixologiyasi predmeti talim rivojlanishni o‘z ketidan эrgashtirib boradi (L.S.Vigotskiyniki), degan qoidaga amal qiladi. Bizningcha, XXI asrda bu talqinni o‘zgacha tarzda ifodalash maqsadga muvofiq: taraqqiyot ta’limni o‘z ortidan yetaklaydi (Э.G‘ozievniki)5. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda va insonnnng ontogenezida psixik rivojlanishini mukammal bo‘lmasa-da, ochib berish imkoniyatiga эga bo‘lgan umumiy, nazariy qoidalar, ya’ni prinsiplar mavjud. Ana shu prinsiplar asosida turli yosh va jinsdagi odamlarda olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlarida metodologik va metodik xatolarga kamroq yo‘l qo‘yiladi. Shunday ishlarda inson tug‘ilganidan umrining oxirigacha qanday o‘zgarib borishi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash mumkin.
1
2
3 Остердихофф Г.В. Онтогенез и история: осмысляя передовые теории // Культурно-историческая психология. 2012. Том 8. № 3. С. 60–69.