Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
4. Nemis olimi V. Shtern tomonidan 1915 yilda yozilgan “Olti yoshgacha bo‘lgan davr psixologiyasi”.
V. Shternning bolalar psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlari tahlili natijasida uning XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagi ilk va yetakchi psixologlardan biri эkanligiga guvoh bo‘ldik. U tug‘ilgandan olti yilgacha bola rivojlanishi muammolarini jiddiy o‘rgangan. Bola rivojlanishining to‘liq nazariyasini taklif qilib, bola rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, omillarini tahlil qilib ushbu holatlar orqali bola shaxsining ruhiy jarayonlari va rivojlanishini tug‘ilgandan olti yilgacha o‘rganib chiqdi. Shtern bu yoshdagi bolalar uchun tadqiqot usullarining metodologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini puxta va har tomonlama ko‘rib chiqdi va tadqiqotning ishonchliligi uchun barcha zarur sharoitlarni maksimal darajada oshirishga intildi. V. Shternning maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlarining rivojlanish qoliplarini tadqiq qilishi zamonaviy bolalar psixologiyasining asoslarini yaratdi.
Shtern bola rivojlanishining эng muhim modellarini: impermanensiya (beqaror), bolaning notekis rivojlanishi, rivojlanish davrlarining sezgirligi, spontanlik va boshqalarni aniqlagan. Bu qonuniyatlar ontogenez psixologiyasi uchun doimiy ahamiyat kasb эtadi. V. Shtern bola rivojlanishini bolaning yetakchi faoliyat turiga asoslangan davrlashtirish masalasiga ham to‘xtalgan.
V. Shtern maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasi, idroki, nutqi, tafakkuri, hissiy-irodaviy sohasini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shgan bo‘lib, u bu jarayonlarni shartli ravishda shaxsiy pozitsiyasidan kelib ko‘rib chiqqan.
V. Shtern ilk bolalak va maktabgacha yoshdagi bolalarda sensorli ta’limni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishning ahamiyatini hamda tabiatga bolalarning ijobiy munosabatlarini o‘yg‘otish mumkinligini aniqlash uchun ruxsat maktabgacha yoshdagi bolalar idroki tekshirilganda, real voqeylikni ifoda эtuvchi tasvir bolalar idrokining rivojlantirishda madaniy-tarixiy omil rolini o‘tashini alohida ta’kidlab o‘tgan. Har qanday o‘quv jarayonida jonli tabiat rasmlarining xususiyatlarini alohida ta’kidlab, maktab ta’limida asosan zamonaviy usullar tanlab olinishi shart эkanligiga alohida urg‘u berib o‘tadi.