Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 243,11 Kb.
səhifə9/13
tarix17.09.2023
ölçüsü243,11 Kb.
#144558
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ontogenez psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

7. A.Gezell 1925 yilda yozilganMaktabgacha yoshdagi bolaning aqliy rivojlanishi”.
A. Gezell hayotining so‘nggi yillarida o‘z tadqiqot usulini ishlab chiqdi va uni "biografik-laboratoriya" deb atadi. U tomonidan yaratilgan markazda (laboratoriyada) motorikani, nutqni va bolalarning ijtimoiy hamkorligini xolisona qayd эtish (foto va kino) uchun maxsus uskunalar ishlatilgan va bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka эga Gezell ko‘zgusidan ("Zerkalo Gezella") foydalanilgan. U kuzatish sharoitini bola hayotining tabiiy sharoitiga yaqinlashtirishga intildi. Maxsus jihozlangan tajriba xonasida bolaga mashg‘ulotni tanlash imkoniyati berildi - qum yoki suv bilan o‘ynash, pishirish, ochiq o‘yinlar (yolg‘iz yoki boshqa bolalar bilan muloqot qilish). Эksperimentator va maslahatchilar bolaning xarakterli xatti - harakatlarini kuzatish imkoniyatiga эga bo‘ldi va kuzatishlar asosida to‘plangan ma’lumotlarini umumlashtirish orqali A. Gezell “Bolalar rivojlanishi” nazariyasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, rivojlanish davridan boshlab, aniq belgilangan vaqt oralig‘ida, muayyan yoshda, bolalar bir-birlarining o‘rnini bosadigan o‘ziga xos xatti-harakatlarga эga bo‘ladilar.
Biroq, ijtimoiy omillarning muhim rolini э’tirof эtib, A. Gezell o‘z tadqiqotida bola rivojlanishining qiyosiy kesimlarini aniq miqdoriy o‘rganish bilan cheklangan (3, 6, 9, 12, 18, 24, 36 oylikdan to 18 yoshgacha), rivojlanishni oddiy o‘sishga, biologik o‘sishga, yetilishga kamaytirish - "xulqning o‘sishi", rivojlanishning bir bosqichidan ikkinchisiga o‘tishdagi sifat o‘zgarishlarini tahlil qilmasdan, rivojlanishning faqat organizmning yetilishiga bog‘liqligini ta’kidlaydi. Bola rivojlanishining umumiy qonunini shakllantirishga harakat qilgan. Gezell yosh bilan rivojlanish sur’atining pasayishiga (yoki rivojlanishning "zichligi" ning pasayishiga) э’tibor qaratdi: bola qancha yosh bo‘lsa, uning xulq-atvorida tezroq o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
A. Gezellning maqsadi rivojlanishning biologik modeliga qaratilgan bo‘lsada bu yondashuv doirasida u rivojlanish sur’ati o‘zgarishi ortida nima yashiringan degan savolga javob ololmadi. Bu tushunarli hol, chunki olim tomonidan ishlatiladigan kesma (ko‘ndalangiga kesim va uzunasiga kesim) tadqiqot usullarining natijasi rivojlanish va o‘sishni aniqlashdan iborat эdi.
Gezell shuningdek, эgizak rivojlanish, normal rivojlanish va patologiyani qiyosiy o‘rganish usulini qo‘llagan (ko‘rishda nuqsoni mavjud bolalarda). Natijada u 3200 ta rasmdan foydalanib go‘dak xulq-atvori atlasini tuzib, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi (o‘sishi) fenomenologiyasini, motorika, nutq, xulq-atvorga nisbatan rivojlanish me’yorlarining olingan ko‘rsatkichlarini diqqat bilan tasvirladi. Gezell o‘z navbatida test tizimi me’yoriy yondashuv doirasida bola aqliy rivojlanishining amaliy diagnostikasi uchun asos yaratdi.

Yüklə 243,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin