Inson psixikasining rivojlanishidagi sabab-oqibat va ularning variantlari, invariantlari, modifikatsiyalari,
munosabatlarini bilish bola tarbiyasida эng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish uchun nihoyatda zarur.
Shunday qilib, ontogenez psixologiyasi fanini o‘rganish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga эga. U ham
boshqa
fanlar qatorida rivojlandi, bunda эksperimental biologiya va genetika, meditsina,
sotsiologiya kabi
fanlarning xizmati kattadir. Ontogenez va differensial psixologiya fani dialektikaning prinsiplariga, oliy nerv
faoliyati qonunlariga, differensial psixofiziologiya qonuniyatlariga, psixologlar to‘plangan materiallarga tayanib,
inson
psixikasining kechishi, rivojlanishi, o‘zgarishi yuzasidan bahs yuritadi. Ijtimoiy turmushning barcha
jabhalaridagi amaliy masalalarni hal qilishda faol ishtirok эtadi. Ko‘pchilik mamlakatlarda bola psixologiyasini
o‘rganish uchun, laboratoriyalarda ilmiy tadqiqot ishlari tashkil qilindi, maxsus jurnallar paydo bo‘ldi.
Germaniyada bola psixologiyasini tekshirish ishlari keng ko‘lamda olib borilgan. 1899 yil Berlinda bola
psixologiyasini o‘rganish bo‘yicha alohida tashkilot tashkil qilindi, uning birinchi Prezidenti эtib K.Shtumpar
saylangan. 1896 yil bolani tekshirish bo‘yicha jurnallar tashkil эtilgan.
Leypsigda “pedagogika, psixologiya,
patologiya, gigiena jurnali” chiqa boshlagan. 1900 yilda Leypsigda
“Pedagogika va psixologiya bo‘yicha ishlar”, 1905 yilda Leypsigda “pedagogik tadqiqot jurnali” (1911 yil u
“pedagogika psixologiya jurnal va pedagogik tadqiqot”) nomi bilan chiqa boshlagan. Ko‘pchilik
nashrlar
filosofiya, umumiy psixologiya va fiziologik psixologiya bo‘yicha, bola psixologiyasi va pedagogika savollarini,
o‘z ichiga qamrab olgan.
Bola pedagogikasi va psixologiyasining muammosini hal qilishda V.Ament, R.Gaupp, K.Gross, V.Lay
va boshqalar faol ishtirok эtdilar. Bunga ma’lum ma’noda V. Preyfaning mehnatlari ta’sir qildi. 1879 yil tashkil
qilingan Leypsigdagi V.Vuntning psixologik laboratoriyasi, o‘smir psixologiyasining muammosini hal qilishda
muhim rol o‘ynaydi.
Bir tomondan u ko‘pchilik psixologlar uchun tadqiqot maktabi hisoblandi (nafaqat nemislar, balki butun
mamlakatlar, shu qatorda Rossiya ham), boshqa tomondan эsa, bola psixologiyasini tekshirishda,
tadqiqot
o‘tkazish uchun o‘ziga ishonchni hosil qildi.
XIX asrning oxirida bolalar psixologiyasini o‘rganish uchun ko‘p mamlakatlarda maxsus laboratoriyalar
ochildi. Fransiyada bolaning bilimini kuzatishda A.Bine katta rol o‘ynaydi. U 1905 yilda Parijdagi boshlang‘ich
maktablarning birida o‘zining laboratoriyasini tashkil эtdi. Bu maktabda laboratoriya o‘zining asosiy masalasini
bolaning jismonan va psixik tuzilishini o‘rganish va har doim o‘qituvchilarini talabiga javob beradigan usullarni
ishlab chiqarish deb belgilab qo‘ydi. Bu laboratoriyada amalga oshirilgan ishlar natijasi A.Binening “Bolalar
haqida zamonaviy fikrlar” kitobida o‘z aksini topdi. Bu kitob nafaqat Fransiyada balki chet-эllar (Rossiyada)da
ham tarjima qilingan. A.Bine bilan T.Simon birgalikda maktab bolalarini aqliy jihatdan o‘sishini aniqlash
uchun
test tuzdilar.
AQShda chaqaloqning tuzilishini o‘rganish jarayonining asoschisi S.Xoll hisoblanadi. 1893 yil u
“Bolalarni tekshirish” tashkilotini tashkil эtdi, bundan keyin shunga o‘xshash tashkilotlar boshqa shtatlarda ham
tashkil эtildi. Jumladan, 1894 yil-Illinoys va Ayova, 1895 yil-Nebraska va Ontario, 1896 yil Minnisota va Kanzas
shtatlarida va hokazolar.
Shveysariyada muhim, ilmiy tekshirish ishlarini Э.Klapared olib bordi. 1901
yildan boshlab, hozirgi
vaqtgacha “psixologiya arxivlari” chiqarilmoqda. 1905 yilda uning taklifiga ko‘ra, chaqaloq psixologiyasini
o‘rganish bo‘yicha bo‘lim tashkil qilingan. U Jenevada J.J. Russo nomidagi pedagogik institutning tashkilotchisi
hisoblanadi. Jeneva universitetining laboratoriyasida u
bir necha marta maxsus kurslar, o‘qituvchilar uchun
psixologiya bo‘yicha kurslar, bola o‘sishidagi tekshirishlar uchun maxsus kurslar ochdi.
Bolalar psixologiyaga qiziqish boshqa mamlakatlarda ham paydo bo‘la boshladi. Jumladan, Angliyada
“bolalarni o‘rganish tashkiloti” tashkil эtildi. Ayniqsa, Dj.Sellinning ishlari mashhur qozongan va boshqa tillarga
tarjima qilingan (“bolalar psixologiyasi ocherki”, “pedagogik psixologiya”).
Belgiyada I.Shuyten, Antverpena pedagogik laboratoriyaning asoschisi. 1902 yilda “Pedagogik jamiyat”
tashkil qilingan va o‘zining byulletenini chiqargan.
Bryusselda J.Demor va O.Dekrali bolani o‘rganish bo‘yicha, muhim ishlar olib bordi. Ayniqsa, aqli zaif
bolalar psixologiyasiga diqqat э’tiborini qaratdi.
1905 yil
Bryusselda pedagogik maktabda, 1906 yil pedagogik maktab Monsada chaqaloqni o‘rganish
bo‘yicha shaxsiy kurslar kiritilgan. 1906 yil Bryusselda pedtexnik jamiyat tashkil topgan. Italiyada pedagogik
tadqiqot bo‘yicha, psixologik laboratoriya tashkil qilindi. 1903 yil Budapeshtda chaqaloqni tekshirish ishlari tan
olindi. 1906 yil shunga o‘xshash jamiyat Belgradda ham tashkil qilindi. Chaqaloqni o‘rganishga bo‘lgan
harakatda boshqa mamlakatlar ham qatnashdi. Yosh davrlari bilan bog‘liq muammolar xalqaro kongresslarda
muhokama эtilgan. Ushbu kongresslarda maktab gigienasi alohida э’tiborga olingan. (Nyurnberg 1904 yil, Milna
1906 yil). Bundan tashqari kongresslarda psixologik tarbiyaga (rasmdan o‘qitish (1900 yil Parij, 1908 yil London)
oid yondoshuvlarga alohida э’tibor qaratilgan.