Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja



Yüklə 278,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix22.10.2023
ölçüsü278,93 Kb.
#159597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondoshuv. Reja

1
 Э.Ғозиев 


qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lsa, ontogenez psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik 
taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o‘ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. 
Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ham o‘rganadi. Shuning uchun 
ijtimoiy hayotda, ta’lim va tarbiyada, guruhlar hamda jamoalarda, ishlab chiqarishda, oilaviy munosabatlarda 
ontogenez
 
psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi 
muammosini shaxs psixikasining taraqqiyoti qonunlarini hisobga olmay oqilona hal qilib bo‘lmaydi. Shuning 
uchun XXI asrga kelib “inson omili” masalasi dolzarb mavzuga aylandi. 
Ontogenez psixologiyasining o‘rganish 
predmeti
o‘ziga xos yosh davrlari, bir davrdan keyingi davrga 
o‘tish sabablari va ularning mexanizmlari, tendensiyalari, bosqichlari, shuningdek, umumiy inson taraqqiyoti 
jarayonida psixik rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Bunga insonlarning individual va yosh xususiyatlari, psixik 
jarayonlar va turli faoliyat turlarining rivojlanishi hattoki shaxs sifatlarining shakllanishini ham kiritish mumkin. 
Ontogenez psixologiyasi fanining maqsadi
- inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik 
jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat. Shuningdek shaxsning kamol 
topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik holat, faoliyat va shart-
sharoitlarning o‘zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Qisqacha qilib aytganda turli yosh davrlari 
psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. 
Ontogenez psixologiyasi o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: 
* Psixik taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini hamda bosqichlarini tahlil эtish. 
* Bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tish sabablarini aniqlash. 
* Yosh davrlarini tasniflash. 
* Har bir davrning psixologik portretini yaratish. 
* Rivojlanishning yetakchi omillarini o‘rganish. 
Ushbu vazifalar bilan bog‘liq holda ontogenez psixologiyasining quyidagi funksiyalarini ajratish mumkin: 
Tavsifiy funksiya-inson taraqqiyotining o‘ziga xos yosh davrlaridagi xususiyatlarini tashqi ko‘rinishlari 
va ichki kechinmalari nuqtai nazaridan ta’riflaydi. 
Tushuntirish funksiyasi-inson xulq-atvoridagi o‘zgarishlarning sabablari, omillari va shart-sharoitlarini, 
shuningdek, ularning turli yosh davrlaridagi tajribalarini tushuntiradi va tushuntirishga yordam beradi. 
Predikativ funksiya-har bir yosh bosqichida insonning xulq-atvori va tajribalaridagi muayyan 
o‘zgarishlarni bashorat qiladi. 
Korreksion funksiya-inson rivojlanishini boshqarish uchun optimal sharoit yaratadi. 
Ontogenez psixologiyasi ana shu vazifalarni hal эtish bilan amaliy maqsadlarni ro‘yobga chiqaradi: 
ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, moddiy ne’matlar ishlab chiqarishning 
samaradorligini oshirishga, millatlararo munosabatlarni yaxshilashga, shaxslararo muloqotni to‘g‘ri 
yo‘naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko‘rish sirlarini ochishga, oilaviy 
munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday эkan, 
kamolotning turli davrlarini insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib, yuqoridagi vazifalarni 
hal qilib bo‘lmaydi. 
Ontogenez psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga 
keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan 
bosqichlarini, perinatal davrdan to bir qancha yillarni (keksalik davrigacha) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar 
“doimiy ta’sir эtib turuvchi” omillar - biologik yetilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning 
insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida ularning 
эrishgan darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Rivojlanish belgilaridan biri bo‘lgan yana bir turdagi o‘zgarishlar aniq bir ijtimoiy vaziyatning ta’siri bilan 
bog‘liq bo‘lib, ularni situatsion (ya’ni vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan) o‘zgarishlar deb atash mumkin. Bunday 
o‘zgarishlar inson xulq- atvori va psixikasida tashkil эtilgan yoki maxsus tashkil эtilmagan ta’lim-tarbiya ta’sirida 
vujudga keladi
2
. Z.Nishonova)
Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, ontogenez psixologiyasi har bir rivojlanish 
bosqichining (ulg‘ayish) psixologik mazmunini va ularning dinamikasini ochib beradi. Bundan tashqari, har 
qanday o‘zgarishlar dinamikasi va inson psixikasining rivojlanishiga ta’sir эtuvchi omillarni hisobga olgan holda 
ko‘rib chiqadi. 

Yüklə 278,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin