3. Nemis fiziologi, biolog va psixolog V.T. Preer 1888 da "Bola ruhiyati" nomli asarni chop эtib birinchi
marta bolalar psixologiyasiga murojaat qilgan olimlardan sanaladi. O‘shandan beri bu asar bolalik tadqiqotlari
sohasida yetakchi bo‘lib hisoblanadi, unda muallif o‘zining deyarli kundalik kuzatuvlariga asoslanib, qizining
uch yoshgacha bo‘lgan psixofiziologik rivojlanishini tasvirlaydi.
Bolalik davri "rivojlanish" tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unga ko‘plab ta’riflar berilgan.
Rivojlanish-inson psixikasi va xulq-atvorining miqdoriy, sifatiy va tarkibiy o‘zgarishlarining paydo bo‘lishiga
olib keladigan takrorlanmas, yo‘naltirilgan va muntazam o‘zgarishlar jarayonidir. Boshqa barcha o‘zgarishlardan
ajralib turadigan rivojlanishning asosiy xususiyatlari-bu takrorlanmaslik, orientatsiya, muntazamlik.
"Rivojlanish jarayonining o‘zi universal yoki bir hil эmas. Bu shuni anglatadiki, rivojlanish jarayonida
ko‘p tomonlama yondoshuvlar mavjud: aqliy, jismoniy, axloqiy, biologik, ijtimoiy, psixologik va xok.
Rivojlanish bola tug‘ilgandan to voyaga yetgungacha bo‘lgan butun yo‘lini izga solishga imkon beradi. Yoshni
davrlashtirish psixologiyada juda muhim ahamiyatga эga. Misol uchun, Pifagor, Gippokrat va Aristotel yoshga
asoslangan davrlashtirishni birinchi bo‘lib taklif qilishdi. Pifagor shaxs hayotida to‘rt davrni aniqlagan: bahor
(odam bo‘lish) – tug‘ilgandan 20 yoshgacha; yoz (yoshlik) – 20-40 yosh; kuz (obod bo‘lish) – 40-60 yosh; qish
(yo‘q bo‘lish) - 60-80 yosh. Gippokrat inson hayoti davomida o‘n yetti yillik davrni ajratgan, Arastu bolalik va
o‘smirlikni uch bosqichga ajratgan: birinchisi – tug‘ilgandan 7 yoshgacha; ikkinchisi – 7 yoshdan 14 yoshgacha
va uchinchisi – 14 yoshdan 21 yoshgacha. Bugungi kunga kelib, afsuski, inson rivojlanishining yosh davrlarining
yagona umumiy qabul qilingan tasnifi mavjud эmas, garchi turli vaqtlarda uni yaratishga ko‘plab urinishlar
bo‘lgan. Natijada turli xil tasniflar yuzaga chiqsada, ammo yagona tasnif yaratilmadi. Shu bilan birga, turli yosh
davrlarida umumiy tendensiya larning mavjudligi hamda ularning ayrimlarining bir-biriga yaqinligini ham qayd
эtishimiz mumkin.
Turli nuqtai nazarlarni tahlil qilinishidan ko‘rinib turibdiki, yoshni davrlashtirishga oid qarashlarda
sezilarli farqlar mavjud. Bundan tashqari, tibbiyot va psixologiyada insonning xronologik va biologik yoshlari
har doim ham bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi aniqlangan. Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, aqliy yetuklik,
ijtimoiy-iqtisodiy holat, ta’lim-tarbiya, kasbiy faoliyat turi va boshqalar yosh xususiyatlarini aniqlashda katta
ahamiyatga эga. Shuning uchun bolaning bolalik dunyosidan kattalar hayotiga o‘tish chegaralarini aniq belgilash
juda qiyin. "Shunday qilib, rivojlanish muammosi ilmiy bilimlarning ko‘plab sohalarida – falsafa, sotsiologiya,
biologiya, pedagogika va boshqalarda эng murakkab va dolzarbdir. Psixologiyada fundamental ahamiyatga эga.
Bolalik rivojlanish bosqichlarini aniqlash ko‘proq psixologiya bilan bog‘liq, shuning uchun xorijiy va mahalliy
psixologlar inson rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlarining psixologik tabiatini aniqlash uchun chuqur va
ko‘p tomonlama tadqiqotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Buning uchun insonning hayot bosqichlari uzoq vaqt
davomida o‘rganiladi, natijada rivojlanishning turli darajalarining xususiyatlari, uning namoyon bo‘lish
namunalari, jumladan, bolalik (chaqaloqlik, go‘daklik, maktabgacha, kichik maktab, o‘smirlik va o‘spirinlik,
yetuklik, qarilik) bosqichlarida aniqlanadi". Mavjud bilimlar, yangi psixologik-pedagogik yondashuvlar va
jamiyatning shaxsga nisbatan talablari mavjud kamchiliklarni aniqlashga va bolalik davridagi muammolarda эng
muhim yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beradi.