4-chi davr (1980dan – hozirgi vaqtgacha).: Operastion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (BIS) yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan davrdir. Bu yillarda integrastiya darajasi keskin o’sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan alohida foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi.
Operastion tizimlar bozorida ikkita tizim ustunlik qila boshladilar: MS-DOS va UNIX OT lari. Bir foydalanuvchili MS-DOS OT
80-yillar o’rtalarida, tarmoq yoki taqsimlangan OT lar boshqaruvchi ostida ishlaydigan shaxsiy kompyuterlar keskin tarzda rivojlana boshladi.
Unix operatsion tizim oilasi. UNIX operatsion sistemasini turli firmalar ishlab chiqaradi, bular: AT&T, DEC, Sun, Hewlett-Packard, IBM, SCO va boshqalar. Birinchi UNIX operatsion sistemasi chiqqaniga 30 yil bo’lgan bo’lsada hali ham o’zining ishonchli va zamonaviyligi bilan to’xtovsiz tarqalib bormoqda. UNIX operatsion sistemalarining yutuqlarida AT&T mutaxasislari va Berkli universitetining talabalarining katta hissasi bor. UNIX operatsion sistemalari ko’plab korxona, firmalar serverlariga, stol kompyuterlariga o’rnatilgan.Hozirgi kunda UNIX operatsion sistemalari talablariga javob bera olmaydigan birorta ham kompyuterni topish mumkin emas. UNIX ko’pplatformali, ko’pfunksiyali va ko’p foydalanuvchili operatsion sistemadir. Hozirda UNIXning yopiq kodli, pulli va ochiq kodli tekin(BSD oilasi, Linux) versiyalari mavjud. UNIX operatsion sistemalari POSIX standarti tufayli har qanday dasturiy mahsulotni bir turidan ikkinchisiga o’tkazish mumkin. UNIX operatsion sistemalari o’zining pulli va tekin katta dasturiy maxsulotlar bazasiga ega. UNIX operatsion sistemalar oilasiga BSD (FreeBSD, OpenBSD, NetBSD) oilasi ham kiradi. Bu operatsion sisteamalar Berkli Universiteti tomon idan ishlab chiqilgan bo’lib, turli xil ishlash tamoillariga ega.
1980 yillarda paydo bo’lgan Microsoft operastion tizimi bilan qurollangan shaxsiy kompyuterlar 1990 yillarga kelib, kompyuter bozorida ustunlikka erishdi. Shaxsiy kompyuterlarning texnik imkoniyatlari etarli quvvatga ega bo’lmay Yuniks turli tizimlarini bunday kompyuterlarda qo’llab bo’lmas edi. Modomiki, shaxsiy kompyuterlarning imkoniyatlari shiddatli ravishda o’sar ekan, bunday kompyuterlar uchun Yuniks turli tizimlari paydo bo’lishi tabiiy xol bo’lgan.
1987 yili Linuks tizimining yaratilishiga o’ziga xos xissasini qo’shgan, gollandiyalik professor Andryu Tanenbaum Yuniks turli tizimini yaratadi. Tizimga muallif Miniks nomini berib, uni shaxsiy kompyuterlarda o’quv quroli sifatida ishlatishni tavsiya qiladi. Albatta, Miniks mukammal va benuqson operastion tizim bo’lmagan, lekin uning dastlabki kodi ochiq bo’lib, Tanenbaumning “Operastion tizimlar” kitobida tizimning ishlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bu esa operastion tizimni o’rganishni xohlovchilar uchun bebaho o’quv qo’llanma bo’lgan, shuning uchun Evropa oliygohlarining talabalari bosh ko’tarmay Miniks tizimining 12 000 keltirilgan satr kodini astoydil o’rganishgan. Shunday talabalar qatori Linus Torvalds bo’lgan.
Linus Benedikt Torvalds (1969 y. tug’ilgan) Finlyandiya poytaxti Xelsinki universiteti kompyuter fanlari fakultetining talabasi bo’lib, professor Tanenbaum kitobini sotib olgan. “Tasoddifiy inqilobchining hikoyasi” xotiranomasida Linus: “Kirish qismini o’qiganimdayoq, Yuniks mohiyatiga tushunib, uni qudratli, mustahkam va go’zal operastion tizim ekanligiga iqror bo’lganman, hamda o’sha zahotiyoq Yuniks ishlay oladigan kompyuter sotib olgim kelgan,” - deb yozadi
1991 yili Linus bo’lib-bo’lib to’lash sharti bilan Intel 80386 prostessori asosida yangi kompyuter sotib oladi. Kompyuterga Miniks operastion tizimini o’rnatib, miriqib bir oy o’rganadi, lekin foydalanish jarayonida unda tizimning ishlashiga juda ko’p shikoyatlar paydo bo’ladi. Ulardan asosiysi masofadan ishlab ma’lumot kirituvchi terminal qismidir. Bu qism yordamida Linus uyidan universitet kompyuteriga ulanib, yangiliklar o’qimoqchi bo’lgan. Bu muammoni echish uchun yosh xaker o’zining terminali, shaxsiy dasturini yozishga kirishadi. U Miniks tizimiga tayanmagan holda, kompyuterning apparat qismlariga muvofiq yangi, mustaqil dastur yaratadi. Modomiki, yana, fayllarni universitetdan uyga tortib olmoqchi bolganligi sababli, yo’l-yo’lakay yangi fayl tizimini yaratadi.
Miniks tizimida nafaqat masofadan kiritish qismi yomon ishlar, balki ishlayotgan dasturni vaqtincha foydalanmasdan, boshqa dasturni ishga tushirish imkoniyati ham yo’q edi. Tizimning bu kamchiligini to’g’irlash uchun Linusga boshqa, haqiqatdan yangi operastion tizim tuzish kerak bo’ladi. Dastlab, u sistemali chaqiruvlarini (yangi tizim qismlarini) ketma-ket dasturlashga urinadi. Lekin ma’lumot etishmaganli va chaqiruvlarni ko’pligi sababli Linus ishni uddalay olmay, o’zining operastion tizimining yadrosi bilan Internetda erkin tarqatilayotgan bash – buyruqlar qobiq dasturini ishga tushirmoqchi bo’ladi. Qobiq dastur ishga tushayotgan vaqtda tizimning kerakli qismiga murojaat qilinganda to’xtab qolish sodir bo’lgan. Bu holda yosh xaker o’zi yaratgan tizimning etishmovchi qismini aniqlab, yasagan. Natijada, ish juda qiziqarli jarayonda olib borilib, 1991 yilning avgust oyi oxirlarida qobiq dasturi ishga tushadi. Bu natija juda katta ahamiyatga ega bo’ladi, chunki Linus murakkab qobiq dasturini ishga tushirgach, yana bir necha kerakli dasturlarni yasashga muvofiq bo’ladi. Shunday qilib, yangi operastion tizimning asoslari tayyor bo’ladi.
Xabarda Linus bepul operastion tizimni yaratgani, qanday dasturlar tayyorlaganligi va yana qanday dasturlar kerak bo’lishi haqida maslahat so’rab yozadi. 17 sentyabr kuni esa serverga erkin ko’chirish uchun yangi tizimning 0.01 raqamli naqlini qo’yyadi. Linus operastion tizimga FREAX nomini bermoqchi bo’lganda, Ari Lemke ftp serverida boshqalar ko’chirishlari uchun qo’yilgan tizimning fayllar jildiga pub/OS/Linux deb nom beradi. Keyinchalik ayni shu tizimni Linux(Linuks) nomi bilan atashadi.
1992 yilning fevral oyida Linus, qiziqishga, Linuks tizimni ishlatgan va ishlatayotgan foydalanuvchilarga pochta orqali ochiq xat jo’natishlarini so’raydi. Natijada, dunening har tomonidan yuzlab ochiq xat keladi. Linuksning ishqibozlari Yangi Zellandiya, Yaponiya, Gollandiya, AQSh mamlakatlarida borligi ayon bo’ladi. Linuks yadrosi barcha xohlovchilarga GNU GPL listenziyasi ostida tarqatilgani sababli, tizimning muhlislari keskin ravishda ko’payib boraveradi. Loyihaning boshida Linusga yuzlab, keyin minglab, keyinroq esa yuz minglab ko’ngilli yordamchilar tizimni yaxshilashga qo’mak bera boshlaydi. Linuks GNU loyihasining doirasiga kirib, juda ko’p dasturlar bilan to’ldiriladi va xakerlar o’yinchog’idan amalda qo’llaniladigan jiddiy operastion tizimga aylanadi. Hozirgi kunlarda yangi operastion tizimning nomi “GNU/Linux” deb ham atalmoqda.
1996 yil Internetda bir necha Linuks foydalanuvchilari yangi operastion tizimning emblemasini (tamg’asini) tanlashni taklif qilishadi. Maslahatlashish jarayonida Torvalds pingvinlarni yoqtirishini bildirganida bahslashuv to’xtatalib, faqat pingvin hayvonining tasvirlari tanlovda qoldiriladi. Linus xohishi bo’yicha emblemada pingvincha qorni to’q va baxtli qo’rinishda bo’lishi kerak. Texas shtati universitetining ilmiy xodimi Larri Ivingning (Larry Ewing) grafikasi tanlov g’olibi deb topilgan. Tasvir yaratilishi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Internetning quyidagi sahifasini tafsiya qilishadi: http://www.sjbaker.org/tux/.
Shunday qilib, rasman Linuks operastion tizimning emblemasi bo’lib “Tuks” (Tux) nomli pingvincha qabul qilingan. Pingvinglar huddi nimcha, jilet kiyganday bo’lganliklari uchun emblemadagi tasvirga Tuks – tuxedo (inglizchadan – “jilet”) nomi berilgan. Lekin boshqa tushuntiruvi ham mavjud: (T)orvalds (U)ni(X) --> TUX!