Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Norton Commander dasturini ishga tushirish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
Hhjg

Norton Commander dasturini ishga tushirish. 
Norton Commanderni ishga tushirish buyruq satrida tegishli topshiriqni terish bilan amalga 
oshiriladi. Norton Commander ishga tushirilganidan keyin ekranning yuqori qismida qo‘sh 
ramka bilan chegaralangan ikkita to‘g‘ri burchakli deraza paydo bo‘ladi. (Bundan buyon bu de-
razalar panellar deb ataladi). Bu panellarning pastida DOSning oddiy taklifi joylashadi. DOSning 
odatdagi buyruqlarini o‘sha erdan kiritish mumkin. Undan ham pastroqda Norton Com-
manderning funksional tugmachalarining ma'nolarini eslatuvchi qator joylashgan (rasm). 
Ekranning Norton Commander 
dasturi bilan ishlagandagi
ko‘rinishi. 
Norton Commanderdan 
chiqish 
Norton Commanderdan
1 – rasm chiqish uchun F10 tugmachasini 
bosish kerak. Ekran markazida sizning Norton Commanderdan chiqishni istayotganingizni
tasdiqlovchi so‘rov paydo bo‘ladi. Chiqish uchun Enter yoki Y tugmachasini bosing, chiqishni
istamasangiz Esc yoki N tugmachasini bosing. 
Yordam olish. 
Norton Commander bilan ishlash bo‘yicha yordam olish uchun F1 tugmachasini bosish 
kerak. Agar siz fayllarni ko‘rib chiqish yoki tahrir qilish rejimida joylashgan bo‘lsangiz, unda 
ekranga joriy ish rejimi menyuning ajratilgan bandi va hokazolar haqida axborot (aytib berish) 
paydo bo‘ladi. (1-rasm). Masalan, agar F5 (fayllardan nusxa olish) tugmasi keyin F1 tugmasi 
bosilsa, unda ekranga fayllardan nusxa olish haqida ma’lumotnoma chiqariladi. 
Agar ma’lumotnoma bitta ekranga sig‘masa, uni 

,

, Home, End, PgUp, PgDn tugmachalari 
yordamida "varaqlash" mumkin. Yordam rejimidan Esc tugmachasini bosib chiqish mumkin. 
Yordam ekranining pastki qismida "Next", "Previous", "Index" va "Cancel" yozuvlari joy-
lashgan. Ular bo‘yicha

va 

tugmachalari yordamida harakat qilish mumkin. Zarur yozuvni 
tanlab Enter tugmachasini bosish kerak. Tanlashning boshqa usuli - zarur yozuvning birinchi 
harfli (N,P,I yoki C) tugmachasini bosishdan iborat. Yozuvlar quyidagi mazmunga ega: 


Opratsion tizimlari 
37 
Next - yordamning keyingi ekraniga o‘tish; 
Previous - yordamning oldingi ekraniga o‘tish; 
Index - Norton Commanderning ma’lumotlar axborotining boblari nomlari (mundarijasi)ni 
chiqarish; 
Cancel - yordam rejimidan chiqish (Esc tugmachasini bosgandagidek). 
"Index" yozuvni tanlaganda, ekranga Norton Commanderning ma’lumotli axborot
boblarining mundarijalari chiqariladi, 

va 

tugmachalari yordami bilan mundarijaning kerakli 
bandini ajratish, hamda, Enter tugmachasini bosib, zarur ma’lumotnomani olish mumkin. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin