Ekrandagi qatorlar soni - ekranda 43 qator (EGA tipidagi monitor uchun) yoki 50 (VGA
monitori uchun) qator chiqarish rejimidan, ekranga 25 qator chiqarish rejimiga o‘tish. Shuni
ta’kidlash kerakki, ekranga 43 yoki 50 qator chiqarilganida ko‘zlar sezilarli darajada tezroq
charchaydi. Bu o‘tishni, shuningdek, "Alt+F9" tugmachalarini bosib ham bajarish mumkin.
Tizim haqida axborot – kompyuter va tezkor xotiraning ishlatilgani haqidagi axborotni
chiqarish. Avval Norton Utilities majmuasiga kiruvchi Sys Info dasturining birinchi ekranga "B"
o‘xshash chiqariladi, unda kompyuter haqidagi axborot bo‘ladi. Agar sizga bu yetarli bo‘lsa,
"Esc" tugmachasini bosing. "Enter" tugmachasini bosib, siz "Mem" dasturi chiqaradigan, tezkor
xotiradan foydalanganlik haqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqishingiz mumkin. Hisobot bo‘yicha
harakat qilish uchun "
", "
", "
", "
", "PgDn", "PgUn" tugmachalarini ishlating, ko‘rib chi-
qishni to‘xtatish uchun "Esc" tugmachasini ikki marta bosing.
Panellarni almashtirish - Norton Commanderning panellari "joy alamashadi" - bitta pan-
elda tasvirlanganlarni ikkinchi panelda aks ettiriladi. Bu harakatni "Ctrl" tugmachasini bosib ba-
jarish mumkin.
Panellarni yoqish, o‘chirish - Norton Commander panellarini ekrandan chiqarib tashlash
yoki ularni ekranda tiklash (xuddi "Ctrl+O"dagidek).
Kataloglarni solishtirish - Norton Commanderning panellarida tasvirlangan kataloglarni
qiyoslash. Har bir katalogda boshqa kataloglarda yo‘q bo‘lgan yoki boshqa kataloglarda oxirgi
yangilanish sanasi eng oldin bo‘lgan fayllar ajratiladi.
Terminal – kompyuterlar o‘rtasida fayllar va xabarlarni modem, kompyuterlarning lokal
tarmog‘i yoki noyob modem birlashmalari orqali almashish imkonini beruvchi Term90 dasturini
ishga tushirish.