Fayllar to‘g‘risidagi axborotni chiqarishning qisqa va to ‘liq shakllari. Norton Commander katalog boblarining nomlari haqidagi axborotni ikki xil shaklda: to‘liq
va qisqa chiqarishi mumkin.
Axborot to‘liq shaklda chiqarilganida faylning har bir nomi (to‘g‘rirog‘i - har bir faylning
nomi)dan o‘ng tarafda uning betlaridagi o‘lchami, yaratilgan sanasi va vaqti yoki faylning
so‘nggi modifikatsiyasi chiqariladi. Ostki katalog nomining o‘ng tarafida tasvirlanadi. Boblarning nomlarining eng tepasidagi qatorini poydevor katalog egallaydi
(tabiiyki, diskning tub katalogi uchun bu qator mavjud emas). Nom maydonida katalogi uchun
<<....>> tasvirlanadi, bu yozuvning o‘ng tomonida - joylashadi.
Axborotni qisqa shaklda berishda (12.1 rasmning o‘ng paneliga qarang) faqat faylning nomi
chiqariladi, lekin panelga ko‘proq fayllarning nomlari chiqadi. Fayllarning nomlarini
kataloglarning nomidan shu bilan farqlash mumkinki, fayllarning nomlari kichik harflar bilan,
kataloglarning nomlari bosh harflar bilan yozib chiqariladi.
Fayllar haqidagi axborotni qisqa va to‘liq ko‘rish mumkin. Axborotni qisqa shaklda
chiqarishdan to‘liq shaklda chiqarishga o‘tish va aksincha qilish uchun quyidagi tugmachalarni
bosish kerak:
F9+L+B - boblar nomining paneli chap tarafidagi qisqacha shakli;
F9+R+B - boblarning nomini o‘ng tomondagi qisqacha shakli;
F9+L+F - boblarning nomlari panelning chap tomonidagi to‘liq shakli;
F9+R+F - boblarning nomlari panelning o‘ng tomonidagi to‘liq shakli.
Rasmda ikkala panelda ayni bitta katalog boblarining nomlari keltirilgan, lekin chap panelda
to‘liq shaklda, o‘ngdagisida esa qisqa shakldagisi berilgan.
Mini-maydon qatori. Panel katalogning mundarijasi quyi qismida mini-maydon qatori
joylashgan, u o‘ziga ajratilgan fayl yoki tanlangan fayllar guruhi haqidagi axborotni tashiydi. Bu
axborot, ayniqsa, katalog haqidagi axborotni qisqa shaklda chiqarishda foydalidir.